ADHAM RAHMAT
(1909 — 1983)
144
bag‘ishlab yozgan quvnoq shå’rlari, qanotli qo‘shiqlari, ajo-
yib-g‘aroyib ertak-dostonlari har bir xonadonga, har bir bo-
lalar bog‘chasiga kirib borgan. Bunga uning qushlar, par-
randalar hamda hayvonlar haqida yaratgan asarlarini misol
qilib ko‘rsatishimiz mumkin. „Kåling, qushlar“ asari o‘ynoqi
ohangi va fikrning ochiq-ravonligi bilan ajralib turadi. Bola
tilidan hikoya qilingan bu asarda qushlar o‘zga yurtlarda
qishlab qaytib kålgunlariga qadar bizning ona o‘lkamizda
qanchadan-qancha ijobiy ishlar amalga oshirilganligi — kanal-
lar qazilib, cho‘l-biyobonlar o‘zlashtirilib, bog‘lar bunyod
qilinganligi, ayniqsa, qushlarning erkin parvoz qilib, quvnab,
sayrab yashashlari uchun båqiyos katta imkoniyatlar muhay-
yo etilganligi chiroyli ifodaga ega:
Kåling, qushlar,
Qanot yoyib
Kåling, qushlar,
Zårikmayin
Kålinglar!
O‘ynangiz.
Bizlar qurgan
Xo‘p yoqimli
Kanallarni
Kuylarni siz
Ko‘ringlar.
Kuylangiz.
Sizlar uchun
Kåling, qushlar!
Yangi bog‘lar
Kåling qushlar!
Qildik biz,
Kålinglar!
Mirzacho‘lga
Shu guliston
Noyob gullar
Chamanda sayr
Ekdik biz.
Qilinglar!
Hayotda hamma bolalar ham parranda va jonivorlarga
muhabbat bilan munosabatda bo‘lavårmaydilar. Ayrim bolalar,
ayniqsa, qushlarning qishloq xo‘jaligida turli zararkunanda,
qurt-qumursqalarni yåb, bobodåhqonlarga katta madad bårish-
larini bilmaydilar. Adham Rahmat bunday holga båparvo qara-
maydi, „Qushcha o‘g‘risi“ shå’rini yozadi. Qosim o‘jarlik qilib
na o‘tkinchi cholning: „Qushning bolasiga ozor bårma, uvol
bo‘ladi, xudo bu ishing uchun såni jazolaydi“, dåyishiga, na
ona qushning shoxdan-shoxga uchib chirillab yalinib-yolvo-
rishiga qaramay, polaponlarni olayotganida daraxtdan qulab,
qo‘li sinadi. Adham Rahmat o‘jar Qosimga ortiqcha pand-
nasihat qilmaydi. Aksincha, kimki o‘jar, o‘zboshimcha bo‘lsa,
o‘zidan kattalarning gaplariga quloq solmaydigan bo‘lsa, un-
day bolalarni hayotning o‘zi jazolaydi, dågan chiroyli xulosani
to‘rt misra shå’rida bårib qo‘ya qoladi:
145
Qushning azobin
Tortdi bir oylab,
Sindirib qo‘lin
Yotdi voy-voylab.
Adham Rahmatning „Qaldirg‘och, ilon va båshiktårvatar“
asari juda zavqli. Yosh kitobxon asarni o‘qiy boshlashi bilan
såhrlanib, oxiri nima bilan yakunlanishini sabrsizlik bilan ku-
tadi. Asar g‘oyasi juda oddiy va hayotiy. Qushlarning bolasini
ilon yaxshi ko‘radi, dåydi bobolar. Buni Adham Rahmat ma-
salda juda chiroyli, hayajonli qilib bårgan. Ona qaldirg‘och
ovqatga kåtgan. Vaqtdan foydalanib, ilon xariga yopishib po-
laponlarning oldiga chiqadi. „Oh, onasi kålmasa, ish bo‘ladi
ko‘p yomon!“
Ona qaldirg‘och voqåadan xabar topib, do‘sti båshiktår-
vatarni zudlik bilan topib kåladi. Båshiktårvatar ilonning do-
dini båradi:
Bolalarni yåyman dåb
Rostlaganda o‘zini,
Birdan båshiktårvatar
O‘yib oldi ko‘zini.
Ilon ko‘zdan ayrilib
Tushdi yårga yumalab.
Bir tåshikka kirdi u
O‘zin zo‘rg‘a amallab,
Shunday qilib qushchalar
Qutilishdi o‘limdan.
Masalda birovga choh qazisang, unga o‘zing yiqilasan,
dågan fikr ilgari suriladi.
Shoirning „Hayvonot bog‘ida“ nomli shå’ri ham qushlar
mavzusidadir. Turli hayvonlar qatorida bu yårda to‘ti haqida
gap kåtadi. Shå’rning boshqa bandlari kabi to‘tiga bag‘ish-
langan misralar ham jozibali chiqqan. Shoir badiiy adabiyot-
ning dialog komponånti yordamida o‘zining didaktik qarash-
larini ifodalaydi. Shå’rda olti yoshli Karima ismli qizcha bilan
to‘tining savol-javoblari kåltiriladi. Qizcha qafasdagi to‘tini
ko‘rib, såvinganidan uning yoniga kåladi va „To‘ti!“ dåb cha-
qiradi. To‘ti bo‘lsa, Karimadan yuzini o‘girib oladi. Shunda:
Achchiqlanib to‘tiqushdan Karima,
Dådi: „Någa många salom bårmaysan?“
10 — Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish
146
To‘ti g‘azab bilan uning yuziga
„Någa, — dådi, — båt-qo‘lingni yuvmaysan?“
San’atkor kichkinagina dåtal vositasida ozoda bo‘lish, yu-
vinib-taranib yurish lozimligini juda o‘rinli targ‘ib qiladi.
Adham Rahmat o‘zining qushlar, parrandalar haqidagi
shå’rlarida kichik yoshdagi bolalar hayotidagi, psixologiyasidagi
muhim tarbiyaviy tomonlarni qalamga oldi. Ularda qanotli
do‘stlarni madh etdi, o‘zaro hamkorlik va måhr-oqibat, måh-
natsåvarlik, kattalarga hurmat va yaxshi fazilatlardan o‘rnak
olish g‘oyalarini tashviq qildi.
Kichkintoylarning muayyan muhitga, voqåa va hodisa-
larga, turli munosabatlarga qarashlarining o‘zi ajib bir olam
ekanligini ijodkor shå’rlari misolida ko‘rish mumkin.
„Hayvonot bog‘ida“ nomli shå’rida turli hayvonlar va
ularning xilma-xil få’l-atvorlari ham bolalarcha sodda, o‘ynoqi
qilib bårilgan. Hayvonot bog‘iga kålgan kichkintoylarning diq-
qat-e’tibori har xil jonivorlarni ko‘rishga oshiqish bilan band
bo‘ladi, ularning har biri haqida oz bo‘lsa ham so‘rab-bilib
olish, har qaysisining harakati, qilig‘i, ovqat yåyishi, hatto
yotish-turishlarigacha kuzatishga qaratiladi. Shoir ham kich-
kintoylarning ana shu holatdagi fikr-o‘ylarini haqqoniy aks
ettirishga intilgan. Shå’rning qariyb har bir bandida turli hay-
von kulgili mubolag‘a yo‘li bilan go‘yo ongli, fahm-farosatli
zot sifatida tasvirlanadi:
Maymun bilan hazillashsa bolalar,
Qarab turar qora xachir o‘ksinib.
Agar kimki, xachir bilan o‘ynashsa,
Tulki turar qovoq solib, xo‘rsinib.
Jahon bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan
biri Sårgåy Mixalkov Adham Rahmatning „Dum“ asari
haqida so‘z yuritib: „Bu dumning uzilib tushmay, bolalarni
kuldirish uchun haligacha qimirlab turgani yaxshi, albatta“,
dåb ertak-dostonning tarbiyaviy ahamiyatiga yuksak baho
bårgan edi. Haqiqatan ham Adham Rahmatning (sujåti
Vitaliy Biankidan olingan) bu ertak-dostoni kitobxonlar
orasida katta shuhrat topdi va ularning såvimli asarlaridan
biriga aylanib qoldi.
Bu asar bolalarning tushunchasini kångaytirishda va so‘z
boyliklarini oshirishda katta rol o‘ynaydi, ularni aqlli, fahm-
147
farosatli bo‘lishga da’vat etadi, haddan ziyod o‘y-xayolga
bårilmaslikka chaqiradi.
Fahm-farosatsiz pashsha hayvon, jonivor va hasharotlar-
dagi o‘zlariga yarashiq dumlarni ko‘rib, o‘zida ham ana shun-
day chiroyli dum bo‘lishini orzu qilib qoladi. U o‘zining bu
orzu-niyatini amalga oshirish maqsadida turli narsalardan dum
so‘raydi, farosatsizligi tufayli o‘zini-o‘zi sharmanda qiladi.
Mana kiyikning pashshaga javobi:
— O‘zing qanday maxluqsan,
Dumni bårib bo‘lmaydi.
Agar dumim bo‘lmasa
Bolalarim ko‘rmaydi.
Quvib qolsa bo‘rilar
Båkinaman o‘rmonga,
Bolalarim yugurar
Mån båkingan tomonga.
Mån båkingan joyimdan
Chiqarmayman unimni,
Ko‘rsataman ularga
Faqat oppoq dumimni.
Dumni ko‘rgan bolalar
Måni topib olarlar.
Dushmanlarim topolmay
Og‘zin ochib qolarlar.
Surbåt pashsha barchadan dakki eshitishiga qaramay, dum
so‘rashda davom etadi. Oxiri sigirga murojaat qiladi.
Sigir oqko‘ngillilik bilan uning iltijosini rad etadi. Låkin
surbåt pashsha undan uzr so‘rab, nari kåtish o‘rniga sigirning
ustiga qo‘nib, uni chaqa boshlaydi. Shoir ham:
Jahli chiqdi sigirning,
Indamayin tik turdi.
Pashsha yana chaqqanda
Dumi bilan bir urdi.
Dum zarbidan pashshaning
Nafaslari tiqildi.
Til tortmasdan shum pashsha
Shunda yårga yiqildi, —
dåya asarga yakun yasaydi.
Shoir qurt, baliq qizilishton, tulki, sigir obrazlari orqali
bolalarga hayvonlar, turli jonivorlarning tuzilishlarini, ular-
148
ning hayotlarini hikoya qilib bårish vositasida pashshaning
iflos, zararkunanda ekanligini ochib tashlaydi.
Adham Rahmatning „Botir bola“ ertak-dostonini kichik
bolalar såvib tinglaydilar. O‘zbåk xalqining „Urto‘qmoq“ nomli
juda ajoyib bir ertagi bor. Ertakda kambag‘al-qashshoq ovchi
chol va uning kampiri ishtirok etadi.
Ovchi cholning tuzog‘iga nogahon turnalarning podshohi
tushib qoladi. O‘sha turnaning sovg‘a-salomlari bilan chol bi-
lan kampir boyib kåtishadi.
Bolalar shoiri bu sujåtni saqlab qolgani holda chol o‘rniga
bola obrazini ijod cho‘qqisiga ko‘taradi. Bu esa yosh kitobxon
uchun ma’qul tushadi. Dåmak, xalq ertagi asosida yozilgan bu
ertak-dostonda kambag‘al-qashshoq ovchi bola haqida gap
boradi. Ovchi kunlardan bir kuni turna-podshoni tutib oladi.
Turna yigitdan måni qo‘yib yubor, dåb iltijo qiladi. Ovchi
ishonuvchan. Bu kambag‘al yigit hayotda hammaga ishonadi,
hatto turnaga ham. Bola qo‘lidan ozod bo‘lgan turna:
— Rahm qilding många sån,
Yaxshi bola ekansan.
Ko‘p tortiqlar bårurman
Agar borsang sånga mån, —
dåb unga va’da båradi.
Kambag‘al bola yaxshi niyat, katta umidlar bilan turna-
podshonikiga boradi. Turna va’dasida turib, bola talab qilgan
„Ochildasturxon“ni båradi. Bu dasturxon oddiy emas, såhrli
ekan:
Såvingandan bolajon
Dåbdi: „Ochil, dasturxon“,
Kång ochilib kåtibdi
Birdan shunda dasturxon.
Turli-tuman ovqatlar
Dasturxonga to‘libdi,
Ona-bola yåyishib,
To‘yib xursand bo‘libdi.
Kambag‘alni tuyaning ustida it qopibdi, dåganlaridåk, das-
turxonning ta’rifini shu yårning podshosi eshitib qolib, uni
boladan tortib oladi.
Oddiy ovchi bola endi podshodan qanday bo‘lmasin qasd
olish, o‘zi kabi ezilgan, båva-båchoralar uchun jangga kirish
149
o‘y-xayoli bilan yonadi. Bu yo‘lda unga do‘sti turna-podsho
yordam qo‘lini cho‘zishi — qovoqni bårishi va bolaning
dovyuraklik bilan jangda g‘olib chiqishi o‘quvchilarda yaxshi
taassurot qoldiradi:
Podsho qarab turarmish,
Bola qo‘yib qovog‘in
Dåbdi: „Qani, chiqinglar!
Chuqurlarga tiqinglar!“
Shunda qovoq ichidan
Båhad askar chiqibdi.
Ular zolim podshoning
Askarlarin yiqibdi.
Bola yångib podshoni
Xursand bo‘lib kåtibdi.
El-yurti bolani
Quchib tabrik etibdi.
Bugina emas, Adham Rahmat „Bizning bog‘chamiz“,
„Pilla qurti boqamiz“, „Oilamiz“, „Yoz oylari“ kabi asarlarida
ham kichik bolalarni kattalarning måhnatlari bilan tanishti-
radi, bolalar ham måhnat jarayonida ota-onalariga båvosita
ko‘mak båradilar.
Adham Rahmat „Abdulla Nabiyåv“, „Do‘stlik“ pyåsalari
bilan ham katta-kichik bolalar o‘rtasida yaxshi tanilgan.
Adham Rahmat urushdan so‘ng harbiy vatanparvarlik ru-
hi bilan sug‘orilgan bir nåcha kitoblar yozdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |