gillarning sevgani) asari ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy
qarashlari bayon etilgani bilan xaraktårlidir. Navoiy unda ijobiy
fazilatlarning namoyon bo‘lishida avvalo ulardagi halollik va
soddalik, samimiylik asosiy omil ekanligini ta’kidlaydi va bu
måhnatga muhabbatning natijasi sifatida talqin etiladi.
„Mahbub ul-qulub“ uch qismdan iborat. Kitobning 1-
qismi „Halollik ahvoli va af’oli va ahvolining kayfiyatida“,
ya’ni kishilarning fe’l-atvori va gap-so‘zlarining ahamiyati ha-
qida bo‘lib, bunda Navoiy donishmand va murabbiy, ulkan
madaniyat arbobi sifatida ilm-fan, san’at va adabiyotning aha-
miyatini targ‘ib qiladi, malakali, iqtidorli o‘qituvchilarni, olim-
larni, shoirlarni, san’atkorlarni maqtaydi, ularni hurmat qi-
lishga va qadrlashga chaqiradi. O‘qish ham, o‘qitish ham og‘ir
va mas’uliyatli ish, u qunt, havas va mehnat talab qiladi, deb
uqtiradi Navoiy. Bu o‘rinda u murabbiylarning halol xizmat-
larini alohida ta’kidlaydi:
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Kitobning 2- qismi, asosan, axloqiy masalalarga bag‘ish-
langan. Bu bobda yaxshi fazilat va yomon xislatlar tahlil
qilinadi. Òo‘g‘rirog‘i, insonda bo‘lishi kerak bo‘lgan odob-
axloq haqida gap boradi. Masalan, qanoatni olaylik. Navoiy
qanoatli odamlarni sevadi, ularga havasi keladi. Kimki qano-
77
atli bo‘lsa, unday odamni el sevishini, e’zozlashini ta’kidlaydi.
Mutafakkir qanoatni bir buloqqa — chashmaga o‘xshatadi.
Negaki buloq suvini qancha olgan bilan qurimaydi, u bir
xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi. U bir
ekinzorki, urug‘i izzat va shavkat hosilini beradi. U bir
daraxtki, unda qaram bo‘lmaslik va hurmat mevasi bordir.
Bu bobda sabr, tavoze haqida ham ko‘p ibratli gaplar aytiladi.
„Òurli foydali maslahatlar va maqollar“ deb nomlagan 3-
qismida turli tashbehlar berilgan. Bu qismda ko‘proq o‘qish,
ilm olish, kasb-kor egasi bo‘lish va boshqa masalalar o‘rtaga
tashlanadi.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida xalq og‘zaki ijodidan, ay-
niqsa, maqollardan samarali foydalanish bilan birga, o‘zi
ham ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, maqollarga yaqin
bo‘lgan bir qancha hikmatlar yaratadi. Masalan:
Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q.
Òilga e’tiborsiz — elga e’tiborsiz.
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
Bilmaganni so‘rab o‘rgangan — olim,
Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
Shunday qilib, otashnafas shoir qariyb olti asr davomida
o‘z she’riyatining båpayon maydonida yangi-yangi avlodlarni
kutib olarkan, måhr-u shafqatdan, adolatdan, do‘stlikdan sa-
boq bårib kåldi. Har qaysi asrda ma’rifat va adolat uchun ku-
rashning oldingi saflarida turib, ikkiyuzlamalik va jaholatni,
loqaydlik va takabburlikni, ig‘vogarlik va yolg‘onchilikni fosh
qildi, oliyjanob inson shaklini jo‘shqin misralarda tasvirladi.
Navoiy zamondoshlariga juda kårak, håch kim aytol-
magan, ammo xalqqa g‘oyat zarur katta fikrlarni aytgan qud-
ratli san’atkor edi. U kåyingi asrlar, avlodlar uchun ham aziz
va mo‘tabar bo‘lib qoldi. Navoiyning buyukligi shunda ediki,
u o‘z davrini kång ko‘lamda, to‘la ifodalab bårdi. Qahramon-
lari obrazida ahamiyatini aslo yo‘qotmaydigan chinakam in-
soniy, umumbashariy xislatlarni aks ettirdi.
Shuni ta’kidlash lozimki, håch qaysi davr bizning mus-
taqillik davrimiz kabi ulug‘ shoirning qadriga yåtmagan va
xalq ommasiga shunchalik yaqinlashtirmagan edi.
78
Ha, bugun Hazrat Navoiy har bir uyga kirib kåldi. Uning
nuroniy siymosi bilan birga bizning zåhnimizga va qalbimizga
bitmas-tuganmas ruhiy boylik va hayajon abadiy hamroh bo‘-
lib qoldi. Odatda, badiiy adabiyot orqali xalq o‘zini taniydi,
tarixiy ahvolini, jamiyatda tutgan o‘rnini tushunib oladi. O‘z-
båk xalqi ham Navoiy asarlarida o‘zini tanidi va qadimdan båri
o‘z kuchi, iste’dodiga komil ishonch bilan qarab kålganini
angladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |