(Oybek), „Kurash nechun?“, „Kapitan Gastello“ (Maqsud
Shayxzoda), „Vatan haqida qo‘shiq“ (Uyg‘un), „Vatan“,
„Chavandoz“ (Òemir Fattoh), „Qurol bering menga ham!“,
„Bizning oila“ (Zafar Diyor), „Òo‘ychi Muhammad“ (Sulton
Jo‘ra), „Onamning aytganlari“ (Adham Rahmat), „Biz yen-
gamiz“ (Hasan Said) kabi asarlarda o‘z ifodasini topdi.
1941- yilning iyul oyidayoq „O‘lim yovga“ adabiy to‘p-
lami bosilib chiqdi. To‘plamdagi shå’rlarda jangda mardlik,
jasorat namunasini ko‘rsatish hamda g‘alabaga bo‘lgan komil
ishonch jo‘shib kuylanadi.
„Vatan uchun“ to‘plami ham shu yilda yuzaga kåldi.
Undagi shå’rlar mavzu jihatdan yanada kångaytirilganligi,
qahramonlik, ona-Vatanga sadoqat g‘oyasi yåtakchilik qilishi
xaraktårlidir.
Ayniqsa, Zafar Diyor yaratgan qahramonlar yosh bo‘li-
shiga qaramay juda qasoskor. Ular tinchlik, osoyishtalik shay-
dolari, nåmis-fashist bosqinchilarini qattiq qahr-g‘azab bilan
la’natlaydilar. Binobarin, ona-Vatanni såvish, ardoqlashning
o‘zi yåtmaydi. U Vatanga munosib o‘g‘lon bo‘lib, uni himoya
qila olish zarur, dågan muqaddas tuyg‘u bilan nafas oladilar.
Shuning uchun ham shoirning qahramonlari qo‘lda qurol bi-
lan nåmis-fashist bosqinchilariga qarshi shårday hamla qilishga
tayyor. Z. Diyor „Qurol bering menga ham!“ she’rida lirik
qahramon tilidan shunday misralarni bitadi:
Meni kichik demangiz,
Kamsitmangiz kuchimni,
57
Bosqinchidan olgumdir
Xalq qasosi — o‘chimni!
Nemis-fashist bosqinchilari barcha qatori yosh bolalarning
ham osuda hayotini buzdi. Ularni daryo, ko‘llar bo‘yida baliq
tutib, hordiq chiqarishdan, bilim olib, quvnoq o‘yin-kulgu
bilan yashashdan mahrum etdi. Shuning uchun ham yosh va-
tanparvar butun xalq bilan bir tan, bir jon bo‘lib, qo‘lida
qurol bilan dushmandan o‘ch olishga shaylandi. Uning:
Qurol bering menga ham,
Qurol bering menga ham.
Razil nemis boshiga
Men ham solay katta g‘am, —
deya shijoat ko‘rsatishi diqqatni tortadi. Urush davri bolalar
adabiyotida front orqasini mustahkamlash ishi ham alohida
mavzu bo‘lib qolgan edi. Zafar Diyorning „Maktab — sening
fronting“, „Poyezd ketar frontga“, „Òemirchilar minbari“,
Shukur Sa’dullaning „Yoshlik“, „Sen nima qilding?“ kabi asar-
larida bolalarning front orqasini mustahkamlashdagi jangovar
mehnatlari namoyon bo‘ladi.
„Sån nima qilding?“ shå’rining qahramonlari o‘zlariga
ham, o‘zgalarga ham talabchan bolalar. Ular har bir kun, har
bir daqiqani måhnat muvaffaqiyati bilan o‘tkazishni o‘z ol-
dilariga maqsad qilib qo‘yganlar. Shuning uchun ham ular
bir-birlariga jiddiy savol båradilar:
— Front uchun nå qilding?
Navbat sånga! So‘yla, qani,
Nimalarni ep bilding?!
Javob ham aniq:
¾ O‘ylab topdim: uyga kirdim,
Kåzdim har yonni bir-bir.
Bog‘lar oshdim, ko‘p yo‘l yurdim,
Yig‘dim tårsag-u tåmir.
„Bular front uchun!“ —
dåya eltdim maktabim sari.
Shu zaylda har bir bolaning qo‘shgan ulushi båsh o‘rtoq
o‘rtasida muhokama qilinadi. Va nihoyat ular: „Bundan o‘q-u
tank bo‘ladi!“ dåya o‘z ishlaridan qanoat hosil qiladilar.
Shå’rda har bir bolaning fikr-o‘yi, orzu-umidi, harakati,
måhnati ishonarli tarzda ifoda etiladi.
58
Urushdan so‘nggi davr bolalar she’riyatida ona-Vatan,
go‘zal diyor, hur o‘lkamiz to‘g‘risida yaratilgan asarlar diq-
qatga sazovordir. „Yashna, Vatan“ (I. Muslim), „Obod o‘l-
kam“, „Yurtimizning yuragi“ (P. Mo‘min), „Mening Vata-
nim“, „Baxtli bolalar“ (Q. Hikmat), „O‘lkamizning tongi
otmoqda“ (A. Rahmat), „Dehqon bobo va o‘n ikki bolakay
qissasi“ (A. Oriðov), „Ona degan so‘z“ (O. Matjon) va hokazo.
Bu mavzuda yaratilgan she’rlarni sanagan bilan tamom bo‘l-
maydi. Abdulla Oriðovning „Dehqon bobo va o‘n ikki bolakay
qissasi“ she’ri bolalar adabiyotining keyingi yillarda qo‘lga
kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo‘ldi. O‘zbek bolalar she’riyatida
O‘zbekiston haqida ko‘plab asarlar bor. A. Oriðov ularni tak-
rorlamasdan, o‘ziga xos original asar yozgan. She’r qahra-
monlari o‘n ikki viloyatdan chiqqan a’lochi, jamoatchi o‘quv-
chi bolalar. Ular o‘z joylarining tarixini yaxshi bilishadi. Po-
yezdda o‘zlariga hamroh bo‘lgan boboning savollariga lo‘nda-
lo‘nda qilib javob berishadi. O‘zbekistondagi har bir viloyat-
ning o‘ziga xos boyligi, shaharlari, bag‘rikeng odamlari kitob-
xon ko‘z o‘ngida bir-bir gavdalanadi.
O‘zaro suhbat asosiga qurilgan bu she’rda boboning yaku-
niy nutqi juda salmoqli. Òo‘rt misra she’r bilan tobora gullab-
yashnab borayotgan, o‘ziga mustaqil bo‘lib, o‘z taqdirini o‘zi
bunyod etayotgan diyorimizning husni jamoli, salobati va
qudrati bir butunligicha ifoda etilgan:
Siz atagan har bir joy
Bitta bo‘ston bo‘ladi,
Hammasini qo‘shsangiz,
O‘zbekiston bo‘ladi.
O‘zbek xalqi avvaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga
ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan. Q. Muhammadiyning
„Etik“, „Buvimning hikoyasi“, H. Yoqubovning „Sirdaryo
oftobi“, Shukur Sa’dullaning „Hovlimizning bolalari“,
„Dastyor qiz“, „Bog‘bon qiz“, Ilyos Muslimning „Oyxon va
rayhon“, „Ishchan asalarilar“, „Sening sovg‘ang“, Po‘lat
Mo‘minning „Dalalarga qarasam“, „Oftob chiqdi olamga“,
Qudrat Hikmatning „Bobo va nabira“, „Jo‘jam, yurma laqil-
lab“, Òolib Yo‘ldoshning „Vaqt qadri“, Yusuf Shomansur-
ning „Baraka“, „Òikuvchi“, Tursunboy Adashboyåvning
„Shanbalik“, Rauf Tolibning „Bobo xursand, Nodira xafa“,
59
Qambar Otaning „Måhnatdan zavq olaman“ shå’rlari båvosita
måhnat mavzusiga bag‘ishlangan.
Istå’dodli shoir Qambar ota uzoq yillardan båri bolalarni
måhnatsåvarlikka chorlab shå’rlar yozib kåladi. „Måhnatdan
zavq olaman“ asari shulardan biri. Asarning lirik qahramoni
sog‘lom va tåtik bola. Buning asosiy sababi uning måhnatkash-
ligida. Bola ishlashni, ayniqsa, kattalarning yumushlariga
astoydil yordam bårishni yaxshi ko‘radi. Lirik qahramonning
måhnati, orzu-xayoli yosh kitobxonning ezgu niyatiga mos
tushadi:
Sog‘lom, quvnoq bolaman,
Måhnatdan zavq olaman.
Agarda ish qilmasam,
Tåz zårikib qolaman.
Kattalarga dastyorman,
Xizmatiga tayyorman.
Måhnat — baxt. O‘sha baxtni qo‘lga kiritish, måhnat unum-
dorligini oshirish uchun esa, eng avvalo, ilm-fanni puxta
o‘zlashtirib olish kårak. Q. Muhammadiyning quyidagi shå’rida
måhnatning zoyå kåtmasligi alohida ta’kidlanadi:
Ilmni bilib olsang,
Mo‘ljaling xato kåtmas.
Måhnatkashlik dunyoda buyuk ish. Kimki bu ishning
etagini tutsa, u håch qachon kam bo‘lmaydi. Bugun ham
shoirlarimiz o‘z asarlarida bolalarni måhnatkash bo‘lishga,
måhnat ahlini hurmat qilishga, ularning påshana tårlari
evaziga bunyod etilgan narsalarni e’zozlashga, asrab-avaylashga
da’vatkor shå’rlar ijod qilmoqdalar.
Bolalarni bog‘cha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat
ruhida tarbiyalash muhim ishlardan biri hisoblanadi. Bolalar
ijodkorlari bu masalaga alohida e’tibor båradilar. „Kichkina
bog‘bon haqida doston“, „Suv bilan suhbat“, „Yuksak tog‘,
kång o‘tloq va mard o‘rtoq haqida qissa“ (Zafar Diyor),
„To‘rt fasl“ (Sh. Sa’dulla); „Bizning bog‘ga kålinglar“ (G‘. G‘u-
Do'stlaringiz bilan baham: |