HOJI BAYRAM
(1352–1429)
O‘z davrida shoir va shayx sifatida juda katta e’tiborga sazovor
bo‘lgan Hoji Bayram Chubuk daryosining vodiysidagi Zulfozil qish-
log‘ida dunyoga keldi. Uning otasi Ahmad dehqonchilik bilan
shug‘ullangan. Boshlang‘ich ma’lumot olgach, tahsil olishni mad-
rasada davom ettiradi. Hijoz va Shomga borib tasavvuf shayxlaridan
ta’lim oladi. Bursa va Oqsaroyda bo‘lib, so‘ngra Anqaraga kelib
mudarrislik qiladi. Tasavvuf ta’limotini puxta o‘rgangan Hoji Bay-
ramning o‘zi ham pirlik maqomiga yetib “Bayramiylik” (Malomati-
ylik) tariqatiga asos soladi. Malomatiy tariqatidagilar o‘zlarining
fazilatlarini ko‘z-ko‘z qilmas, keng xalq ommasidan o‘zlarini yuqori
qo‘ymas, aksincha xalqning og‘irini yengil qilishga harakat qilardi-
lar. Hoji Bayram asos solgan tariqat darveshlari o‘zlarini
ko‘pchilikdan olib qochmay foydali ish bilan shug‘ullanishi darkor
edi. Dehqonchilik, tijorat, hatto lozim bo‘lsa askarlik ham qilishardi.
Umuman, xalqqa foydali bir ish bilan shug‘ullanish ularning maslak-
laridan bo‘lgan. Bayramiylik tariqati tasavvuf oqimining xalqqa foy-
dali, xalq manfaatini ko‘zlovchi yo‘llaridan biri desa bo‘ladi. Bay-
ramiylik tariqati xalvatiylik va naqshbandiylik tariqatlari asosida
vujudga kelgan deyish mumkin. Bunda Hoji Bayramga Oqsaroydagi
Shayx Hamidiy Valining ta’siri kuchli bo‘lgan. Hoji Bayramning
tasavvufiy ruhda she’rlar aytuvchi tekke shoiri va shayx sifatida
obro‘si shu qadar oshib ketdiki, undan cho‘chigan sulton Murod II
uni Edirnaga yuboradi. Keyinchalik yana Anqaraga kelishiga ruxsat
berib, hatto uning darveshlarini soliqdan ozod qiladi. Hoji Bayram
Anqarada jome mudarrisi bo‘lsa ham dalada muridlari bilan barobar
mehnat qilgan. Tirikchilik uchun lozim narsalarni o‘zlari ishlab
topib, ortiqchasini muhtojlarga ulashgan. Tasavvufning buyuk
shayxlari va fozillari orasida Hoji Bayram juda obro‘li bo‘lib, uni
Anqaraning ma’naviy qiyofasi sanardilar. Mavlono Jaloliddin Rumi-
ydan keyingi ulug‘ shayx va shoir deb bilardilar. Hoji Bayram tekke
shoiri sifatida dovruq qozongan ekan, turk tekke she’riyati haqida
biroz ma’lumot berish o‘rinlidir.
51
Tekke-ma’lum bir tariqatdagi darveshlarning yig‘iladigan dar-
gohi. Ilk tekke Shomda (Suriya) VIII asrda Abu Hoshim tomonidan
qurilgan. Har bir tariqatdagi darveshlarning salomlashishi, kiyinishi,
soch-soqol qo‘yishlari o‘ziga xos bo‘lgan. Tariqatdagi zikr tushish
usullari ham turlichadir. Tekkelarda asosan tasavvufiy ruhda she’rlar
o‘qilib, musiqaga solingan. Tekke shoirlarining ko‘pchiligi
tariqatlardan yetishgan shayx va darveshlardir. Fikriy asosi islomiyat
va tasavvuf. Ollohning go‘zal sifatlarini madh etish, jamoli mutlaqqa
oshiqlik, ishqi ilohiy ular she’riyatining asos mazmunidir. Tekke
shoirlari devon shoirlaridan farqli o‘laroq, keng xalq ommasiga xito-
ban she’rlar yozganlar. Tariqatlarning markazdan uzoq qishloqlarda
ham keng tarqalganligi, ommaning asosiy qismi savodsiz bo‘lganligi
sabablari ham tekke shoirlarining sodda tilda, xalq ommasiga
tushunarli tarzda yozishlarini talab qilgandir. Tekke shoirlari o‘z as-
arlarini o‘qimishli fozillardan savodsiz cho‘pongacha tushunishlarini
istardilar. Ko‘pchilik tez ilg‘ab olishi uchun asarlarni kuyga solib,
qo‘shiq tarzida kuylashardilar.
Tekke shoirlari ko‘proq Anado‘li shahar, qishloqlarida yashab
ijod etganlar. Ommaning ma’naviy yuksalishida, bilim va hunar
egasi bo‘lishida bu shoirlarning xizmati kattadir. Ularning o‘zlari
ham ilmli kishilar bo‘lib, arab, fors tillarini bilar va zamonaviy bilim
saviyasidan ham xabardor bo‘lganlar. Chuqur falsafiy fikrlarni xalq
tushunadigan tarzda, sodda tilda anglata olganlar.
Tekke shoirlari asarlarini devon shoirlaridek g‘azal, masnaviy
shaklida yoki xalq qo‘shiqlari (ko‘shma, turku) tarzida yozganlar.
Maxsus tekke nazm shakli yo‘q. Vazn asosan barmoq vazni bo‘lib,
aruz ham qo‘llanilgan. Tekke shoirlari nazm tiliga alohida e’tibor
berganlar. Tekke she’riyati tili devon she’riyatidek murakkab, yoki
soz shoirlarinikidek juda sodda ham bo‘lmagan. Buning sababi
ularning she’rlarida tariqat tushunchalari, ilmi, falsafasi aks etishi va
ayni paytda ko‘pchilik anglay oladigan bo‘lishi kerakligidir. Aytish
mumkinki, tekke shoirlari tili devon va soz shoirlari tili oralig‘idagi
she’r tilidir. Tekke shoirlari asosan so‘fiyona ishq, dunyoning fo-
niyligi, nafsning qabohati, insoniy axloq mavzularini qalamga olib
jo‘shqinlik bilan kuylaganlar. Ruhning holati, sog‘inch va istaklar
ilohiy va real hayotning go‘zal tasvirlari bilan qorishiq holda aks et-
tiriladi. Bu yo‘lda tekke shoirlari devon she’riyatida xalq she’riyatida
qo‘llangan majozlar, ramzlardan, xalq maqol, matallaridan, tariqat
52
atamalaridan ustalik bilan foydalanadilar. Turk tekke she’riyati XIII
asrdan boshlanib, XIV–XV asrlarda eng gullagan davridir. XX
asrgacha tekke shoirlari asarlar yaratsa-da, avvalgi shukuhi susaygan
edi. O‘rta asrlar turk she’riyatidagi asosiy uch yo‘nalishning biri
bo‘lgan tekke she’riyati (yana devon shoirlari va soz shoirlari ijodi
ko‘zda tutiladi) o‘ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib turadi.
Ana shunday o‘z yo‘liga ega bo‘lgan shoir Hoji Bayram tariqatda
o‘z yo‘lini ochganidek, she’riyatda ham “maktab” yaratganini turk
adabiyotshunoslari alohida ta’kidlaydilar (mn: A. Qaboqli). Uning
xalifasi bo‘lgan yoki tariqati shayxlaridan yetishib chiqqan shoirlar
Vizoli Qayg‘usiz (?-1562) Ahmad Sarbon (1545-1646), Shayx Ibro-
him (?-1655), G‘oibiy (?-1663), Idrisiy Muxtefiy (?-1615), Sari Ab-
dullah (?-1660) kabi shoirlarni Hoji Bayram izdoshlari deyish mum-
kin.
Hoji Bayramning she’rlari Yunus Emre she’rlariga ham-
ohangdek. Bir misra yoki baytda ishqi ilohiy haqida, biror falsafiy
fikrni tushunarli tarzda bayon qilib berish Hoji Bayram she’rlarining
xususiyatlaridan. Turkiy tilda so‘fiyona qarashlarni nozik lirik uslub-
da ifodalash, o‘ynoqilik xos uning she’rlariga. Shoir yonib yash-
amoqni, ko‘ngli hamisha ilohiy ishq o‘tida yonishini istaydi.
Ne bo‘ldi bu ko‘nglum, ne bo‘ldi bu ko‘nglum
Dardu g‘am ila to‘ldi bu ko‘nglum
Yondi bu ko‘nglum, yondi bu ko‘nglum
Yonmoqda darmon topdi bu ko‘nglum
Yon, ey ko‘ngul yon, yon ey ko‘ngul yon!
Yonmoqdan bo‘ldi dardimga darmon
Parvona kabi, parvona kabi
Sha’m ishqida yondi bu ko‘nglum
17
.
(tarjima bizniki – A. A.)
XIV asr oxiri XV asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan tekke
shoirlarining peshqadami, faylasuf, bayramiylik tariqatining asoschi-
si Hoji Bayram millat ma’naviyatining yuksalishida muhim xizmati
singgan shaxslardandir.
17
Ќабоќли А. Турк адабиёти. 2-жилд. – Истанбул, 1997. – Б.394.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |