Mustaxkamlash ishlari Yo`l asosi qirg`oqlari ko`p yillik o`tlarni
mexanizatsiya yordamida ekish bilan mustaxkamlanadi. Ular kam chiqim bilan tezda
mustaxkam o`t qoplamaga ega bo`ladi. Ko`kalamzorlashtirish ishlari asosan bahorda
va kuzda amalga oshiriladi. Nam iqlimli va yog`ingarchilik ko`p bo`lgan hamda yo`l
qirg`oqlari sun’iy yomg`ir bilan namlanadigan joylarda ko`kalamlashtirish ishlari
yozda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ko`p yillik o`tlarni suvli ekish ishlari avtomobil shassisiga o`rnatilgan maxsus
ekish moslamasi bilan amalga oshiriladi. Ishchi aralashma ko`p yillik o`t urug`i,
mineral o`g`it, parda hosil qiluvchi ashyo va suvlardan iborat bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |