Shakl berish ishlari -yerli asosga yo`l qismining tayyor bo`lishiga qarab ohirgi
shakl beriladi va qirg`oqlariga o`tlar ekiladi. Qishda bu ishlar tuproqlar erigandan
keyin amalga oshiriladi. SHakl berish ishlarini bajarish davrida barcha kirish va
chiqish yo`llari olib tashlanadi.
Yo`l yoqasidagi marzalarga qoplama o`rnatilgandan keyin mayda ashyolar
sepiladi. Marzalarga tuproq tashish ishlari yon tomondan ashyo to`kadigan
ag`dargichli avtomobillar bilan bajariladi. Yo`l yoqasidan qirqib olingan tuproqni
birdaniga marzalarga to`kish ishlarini bajaradigan mashinalardan foydalanish
samarali bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |