“mashinasozlik” fakulteti «Yer usti transport tizimlari» kafedrasi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/150
Sana31.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#220003
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150
Bog'liq
avtomobil yollari

Estokadalar deb yer yuzasi sathidan ma’lum masofada ko`tarib qurilgan yo`l 
qismiga aytiladi. Ular ko`proq shaharlardagi tezkor avtomagistrallar, temir yo`llar va 
metropolitenlar uchun quriladi.  
Suzib  yuruvchi  ko`priklar  suzuvchi  tayanch  po`kak  (panton)ga  ega  bo`ladi. 
Ular  keng  va  chuqur  daryolarga  qurilgan  doimiy  tayanchli  ko`priklarning 
kostruktsiyasi  qiyin  va  qimmat  bo`lganda  yoki  boshqa  sabablarga  ko`ra  maqsadga 
muvofiq    bo`lmaganda  o`rnatiladi.  Yo`ldagi  harakat  uncha  katta  bo`lmaganda  solli 
olib o`tishdan foydalaniladi. 
Piyodalar,  temir  yo`l  va  avtomobil  yo`llari  ko`priklari  bo`ladi.  Bir  qator 
hollarda  ko`priklar  avtomobil  va  temir  yo`l  transportlarini  uyg`unlashgan  holda 
o`tkazishga  quriladi.  Bunda  ikkala  transport  turlari  harakati  bir  yoki  har  xil  satxda 
ta’minlanadi, piyodalar uchun trotuarlar quriladi.  Ko`priklar ishlash sharoitiga ko`ra 


 
132 
suvdan yuqorida, ochiluvchi, suv ustida bo`lishi mumkin. Ko`priklar harakati ustidan
bunda qatnov qismi oraliq qurilma ustida joylashgan, harakati ostidan, bunda qatnov 
qismi oraliq qurilma ostida joylashgan, harakati o`rtadan, bunda qatnov qismi oraliq 
qurilma  balandligi  chegarasida  joylashgan  bo`ladi.  Ko`priklar  bir  va  ko`p  oraliq 
qurilmaliga  bo`linadi.  Bir  oraliq  qurilmali  ko`priklarda  tayanchlar  bo`lmaydi,  ko`p 
oraliq qurilmali ko`priklarda ular bir qancha bo`lishi mumkin.  Tayanchlar orasidagi 
masofalar  yig`indisi  ko`prik  oralig`i  deyiladi.  Ko`prik  qurilish  balandligi  deb  yo`l 
ustki yuzasidan oraliq qurilmaning eng pastki qismigacha bo`lgan masofaga aytiladi.    
 
 
 
64-rasm. Katta temirbeton ko`prik. 
 
Ko`priklar  tuzilishiga  ko`ra  balkali,  arkali,  ramali  va  osma  turlarga  bo`linadi. 
Ko`priklar  materialiga  ko`ra  temirbeton,  metall,  beton  va  yog`ochdan  bo`lishi 
mumkin.  Balki  ular  aralash  holatda  ham  ishlatilishi  mumkin.  Ko`prik  kengligi 
(gabariti) G harfi va ko`prik chegarasida qatnov qismi kengligini metrda bildiruvchi 
son  bilan  belgilanadi.  Ko`priklar  va  suv  o`tkazuvchi  quvurlarni  hisoblashda 
yuqoridan  tushadigan  yuklarni  transport  vositalari  g`ildirakli  yuklari  ko`rinishidagi 
N-30 va NK-80 yuklariga hisoblanadi.  
Avtomobil  yo`lini  suv  va  boshqa  tusiqlar  bilan  kesishishidagi  inshootlar 
kompleksiga  ko`prikli  o`tish  deyiladi.  Ko`prikli  o`tishga  ko`prik,  suv  bosmaydigan 
ko`tarmadan  tutashma  kiradi.  Ko`prikli  o`tish  suv  qo`yilishi  mumkin  bo`lgan  daryo 
vodiysi  bo`yicha  joylashtiriladi.  Ko`prikli  o`tish  joylarida  daryoning  uzani  va 


 
133 
qayirlari  bo`ladi.  Uzan  bu  daryoning  doimo  suv  oqadigan  qismi  hisoblanadi. 
Avtomobil  yo`llari  o`zaro  yoki  temir  yo`llar  bilan  kesishganda  yo`lo`tkazgichlar 
quriladi. Yo`lni ma’lum balandlikdan o`tkazish va uning ostidan o`tish yoki boshqa 
maqsadlar  uchun  oraliq  masofa  qoldirib  qurilgan  uzun  yo`lo`tkazgichlarga 
estakadalar deyiladi. 
 
 

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish