“mashinasozlik” fakulteti «Yer usti transport tizimlari» kafedrasi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/150
Sana31.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#220003
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   150
Bog'liq
avtomobil yollari

59-rasm. Doimiy ko`prik 
Kema  qatnaydigan  daryolar  orqali  ko`prikli  o`tish  joylarida  doimiy 
ko`priklardan  tashqari  ba’zan  ikki  tavaqali  ko`priklar  quriladi,  kemalarni  o`tkazib 
yuborish  uchun  bu  ko`priklar  bo`yicha  harakat  davriy  ravishda  qisqa  vaqt  to`xtatib 
qo`yiladi. Ikki tavaqali ko`priklar ko`pincha daryolarning dengiz yoqasidagi quyilish 
uchastkalarida,  shaharlarda  quriladi,  bu  yerga  baland  dengiz  kemalari  kirishi 


 
127 
mumkin, shuningdek, bu yerda ko`prikdan shahar ko`chalariga tushish yo`llari qurish 
zarurati  bo`lganligidan  ba’zan  kemalar  yurish  sharoitlari  bo`yicha  ko`prikning 
balandligini ta’minlab bo`lmaydi. 
 
Suzadigan  (qalqima)  ko`priklari  bo`lgan  ko`prikli  o`tish  joylari  ochiq  suv 
oqimlari  orqali  yilning  ancha  ko`p  qismi  davomida  yo`l  bo`lib  xizmat  qiladi,  biroq 
kuzgi  va  bahorgi  shovush  (muz  ko`chishi)  vaqtlarida  va  muz  yupqa  bo`lgan  davrda 
yo`lda harakat to`xtab qolishi bilan xarakterlanadi. Muz transport vositalarining yurib 
o`tishi uchun xavfsiz qalinlikka yetganidan keyin muz ustidan o`tish yo`llari quriladi, 
ular  qish davrida  suzadigan ko`priklar  o`rnini  bosadi.  Kema  qatnaydigan daryolarda 
qalqima  ko`priklar  vaqt-vaqti  bilan  ishlamaydi  va  ko`prik  qismlari  kemalarni 
o`tkazish  uchun  chiqarib  qo`yiladigan  yilning  issiq  davrlarida  ham  ishlamaydi. 
qalqima  ko`priklar  sersuv  keng  daryolarni  kesib  o`tishda  quriladi,  bunda  yil  bo`yi 
to`xtovsiz  harakatni  ta’minlaydigan  doimiy  tayanchli  ko`priklar  qurish  yo`ldagi 
harakat intensivligi bo`yicha hali kerak bo`lmaydi. 
 
Ko`priklar  uzunligi  bo`yicha  uchta  guruhga  bo`linadi.  Odatda,  uzunligi  25  m 
gacha  ko`priklar  kichik  ko`priklar,  25  dan  100  m  gacha  bo`lganlari  o`rtacha 
ko`priklar, 100 m dan uzunlari katta ko`priklar deb ataladi. Uzunligi 100 m dan kam 
bo`lgan,  biroq  prolyotlari  30m  dan  ortiq  bo`lgan  ko`priklar  ham  katta    ko`priklar 
guruhiga kiradi. 
 
Ko`prikning  prolyotlari  (tayanch  oralari)  hamma  vaqt  bir  hil  qilib   
belgilanmaydi. Kema   qatnaydigan   daryolarda kemalarning yurishi turg`un bo`lgan 
hollarda  prolyotlarning  faqat  bir  qismi  kemalarni  o`tkazish  uchun  moslashtiriladi. 
qolgan  prolyotlar  ancha  kichik  qilib  qurilishi  mumkin.  Kichik  prolyotlarning  eng 
foydali uzunligi keraklicha iqtisodiy jihatdan asoslab tanlanadi. 
Katta  ko`priklar  va  ularga  kelish  yo`llarini  qurish  qiymati  yuqori  va  daryo  orqali 
o`tish  joyining  (kechuvning)  joylashuviga  juda  ham  bog`liq.  Shuning  uchun  ancha 
katta  doimiy  ochiq  suv  oqimlarini  kesib  o`tiladigan  joylar  butun  yo`lning  joydagi 
o`rnini belgilovchi punktlar bo`lib hisoblanadi. Daryodan o`tish joyining ancha katta 
uzunligida yo`lning o`q chizig`ini belgilash bunda ko`prik qurish va unga keladigan 
yo`llarni qurish uchun optimal joyni tanlashga bo`ysindiriladi. 


 
128 
 

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish