Yo`llarning texnik xolatini ushlab turish. Bu ishlarga yo`l, inshoatlar va
ajratish bo`laklarini kerakli xolatda ushlab turish uchun yil davomida muntazam
ravishda o`tkaziladigan hizmatlar kiradi. Bu ishlar ham yiriklashtirilgan kilometr
o`lchovlar asosida rejalashtiriladi. Qish davrida yo`l texnik xolatini ushlab turish
vazifasiga yo`l qatnov qismini qordan tozalash va saqlash bilan transport
vositalarining me’yoriy tezlik bilan harakatlanishini ta’minlash, yo`l va inshoatlarni
saqlashni ta’minlovchi sharoit yaratish kiradi. Avtomobil yo`llarini ekspluatatsiya
qilishga topshirgan davrdan asosiy va o`rta ta’mirlargacha, shuningdek sanalgan
ta’mirlar orasidagi vaqt mos ravishda yo`l kiyimining ta’mirlararo hizmat muddati
deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |