N A JM ID D IN K U BR O V A K U BR O V IY A TA RIQ ATI
(1145-1221)
0 ‘rta Osiyoda ta saw u r falsafasining rivojlanishida xorazmlik
buyuk alloma, sarkarda, dinshunos olim, falsafa ilmining zukkosi,
shoir A hm ad ibn Um ar Abdul Janob N ajm iddin K ubro al-
X ivaqiy al-X orazm iy
o ‘ziga xos munosib o ‘rinni egallaydi. Yozma
manbalaming guvohlik berishicha, alloma Xorazm, Bag‘dod, Iskan-
dariya va Tabrizda o ‘z davrining mashhur allomalaridan saboqlar
olgan va tasavvuf falsafasi ilmining yetuk ustozlaridan b o ‘lib
kamol topgan. Taniqli faylasuf olim Erkin Yusupov: «Buyuk
vatandoshimizning nomidagi «Najmiddin», «Kubro» so‘zlari uning
yetuk iste’dodini hisobga olib berilgan ilmiy darajalardir. «Najmid
din» so‘zi dinning yulduzi, «Kubro» esa ulug‘ degan m a’noni
anglatib, o ‘nta turli mamlakatlarda berilgan ilmiy darajalami
ifodalaydi»1, — deydi. Najmiddin Kubro ta ’limoti asosida shakl-
langan kubroviya tariqati Sharq va G'arbdagi juda k o ‘plab
mamlakatlarga tarqalgan. Erkin Yusupovning xulosasiga qaraganda,
buning natijasida Firdavsiya tariqati, Nuriya tariqati, Rukniya tariqati,
Hamadoniya tariqati, Nurbaxshiya tariqati, Nematulloiya tariqati
singari yo'nalishlar yuzaga kelgan.
Tarixiy manbalaming guvohlik berishicha, Najmiddin Kubro
qalamiga mansub asarlar soni o ‘ntaga yaqin. U asos solgan kubroviya
1
Орчф Усмон.
Баховуддин Накшбанд ва унинг таълимоти хакида. - Т., 1993, 52-бет.
VII bob. IX XII asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
277
tariqati «oltin tariqat» deb ham atalgan. Najmiddin Kubroning
o ‘zi «Risolatut-turuk» asarida uni «Tariqush shutto» (ishq ahli
beboshliklarining yo‘li) deb ham ataganligi m a’lum. Bu risolada
«kubroviya» tariqatining o ‘nta usuli qisqacha zikr etilgan:
1. Tavba — sodir b o ig a n xatolar, gunohlardan pushaymon
b o iib , Xudoga yuz tutmoq.
2. Zuxd-taqvo — parhezgarlik, Allohdan qo‘rqib, man etilgan
ishlardan o ‘zini saqlash.
3. Xudoga tavakkul qilish — o ‘z ishlarini butunlay Xudoga
topshirish.
4. Qanoat — ozga rozi b o iib , ko‘pdan voz kechish, tamagir-
likning zidi.
5. Uzlat — boshqalardan ajralib yakka o ‘tirmoq.
6. Doimiy zikr — ham til, ham yurak bilan Xudoni yod etmoq.
7. Butun vujud bilan Tangriga tavajjuh qilib siginm oq.
8. Sabr — boshga tushgan o g ir ahvoldan nolimay chidash,
chidam ko‘rsatmoq.
9. Muroqaba — Tangri borligining dengiziga botib, ilohiy
olamga boqmoq.
10. Rizo — Tangri irodasiga qarshilik ko‘rsatmasdan, qazo va
qadar — taqdir hukmiga bo‘ysunish.
Kubroviya tariqatida diniylik bilan dunyoviylik chambarchas
bo g ianib ketgan. Unda kishilaming diniy e ’tiqodi, Xudoga b o ig a n
ishonchi, halollik, odamiylik mol-u dunyoga hirs qo‘ymaslik o ‘z
nojo‘ya ishlaridan tavba qilish, shahvoniy hirs-u havolardan saqlanish
lozimligi singari axloqiy g ‘oyani talablari bir-biri bilan bogianib
ketgan. Kubroviya tariqatining qator axloqiy qoidalari bizning
kunlarimizda ham g ‘oyatda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Najmiddin Kubro katta badiiy ijod egasi ham b o ig an. Uning
faoliyati va ijodi b o ‘yicha m aium otlar bizgacha deyarli yetib
kelmagan. Ammo uning she’riyatidan saqlanib qolgan b a’zi bir
namunalar shoiming chuqur ichki dunyosi go‘zalligidan xabar
beradi, uning hayot nashidasini surmoqqa intilishi, katta dunyoviy
muhabbat egasi bo iganligi va oliyjanob insoniy fazilatlami o ‘zida
mujassamlashtirganligini ko‘rsatadi. Biz uni quyidagi satrlarda
yaqqol ko‘ramiz:
Ishq yetsa ко 'ngilga, dilga dard aylar,
Dardi dili m ard mardni boz m ard aylar.
278
VATAN TARIXI
О 'z otashi ishqida yonar ul, vale,
Do 'zaxni chu о 'zgalar uchun sard aylar.
Najmiddin Kubro Xorazmda xonaqo qurib, ta sa w u f ilmi bobida
juda ko ‘p sadoqatli va nomdor shogirdlar tayyorlaydi. Ana shulardan
biri m utasaw u f olim «Mantiqut-tayr» asarining muallifi Farididdin
Attordir. Najmiddin Kubro ona yurt boshiga kulfat tushganda
sadoqatli bir farzand sifatida uni ko‘krak kerib himoya qilishga qodir
lashkarboshilik qobiliyatini ham k o ‘rsatadi. 1221-yilda m o‘g ‘ullar
bosqini davrida 76 yoshli Najmiddin Kubro fojiali halok b o iad i.
Do'stlaringiz bilan baham: |