Shanba kuni uchun shu kunning homiysi Zuhal (Saturn) sayyorasining
rangiga mos qora qasr - mushkfom qasrda shoh Bahrom hindistonlik sayyohning
FarruxvaAxiy haqidagi hikoyati-ni tinglaydi. Unga ko'ra, Hind mamlakati podshosi
Jasratxonning aql-u husnda tengsiz o'g'li shahzoda Farrux tushida bir parivash-ni
ko'rib sevib qoladi. O'sha sanamga yetishish ishqida safarga chiqqan shahzoda
Halab shahrida tushida ko'rgan mahvashni uchratib hushidan ayriladi va taqdir
taqozosi bilan birgina palosga o'ranib og'ir ahvolda qolganida unga saxovati bilan
nom qozon-gan Axiy yordam ko'rsatadi. U bilan suhbatda bo'lgan Axiy Far-
ruxning zakovatiga qoyil qoladi va shahzodaning dardiga davo topishni chin dildan
xohlaydi. Nihoyat, Farruxning ishqi tushgan go'zal o'z ayoli ekanini bilib oladi va
jufti halolini taloq qilib, Far-ruxga nikohlab beradi. Farrux o'z yurtiga qaytadi va
otasi vafot etgani uchun taxtga o'tiradi. Bu orada Axiyning ishlari orqaga ketadi,
tuhmatga uchraydi, o'z yurtidan qochib jon saqlab qoladi. Farrux uylangach
Axiyning mardligidan hayratga tushadi, ayolni o'ziga singil kabi tutadi va do'stini
izlaydi. Axiy esa Hind mulkiga borib qoladi, shu yerda ikki do'st topishadi, Farrux
singlim deya Axiyning o'z ayolini katta to'y bilan nikohlab beradi. Shu tariqa ular
chin do'st sifatida bir-biridan yordam va mehrini ayamay uzoq umr kechiradilar.
Mazkur hikoyat yakunida sayyoh Shoh Bahrom-ga o'zining Axiy avlodidan
ekanini ma'lum qiladi. Shoh uni siylab, saroyda olib qoladi.
29
Alisher Navoiy faqr maslagiga zo‘r ishonch bilan qaragan. Ulug‘ shoir faqr
hollarini alohidaishtiyoq bilan tasvirlaydi, komillik maqomlarini faqr e’tiqodi va
tajribasi ila aloqadorlikda ko‘rsatishga ahamiyat beradi. Bu bejiz emas, albatta.
Ulug‘ shayxlardan biri shunday degan ekan: “Soliqni haqqa vosil aylaydigan
yo‘llar ko‘kdagi yulduzlarning sonidan ham ko‘p edi. Endi o‘sha yo‘llardan faqat
faqr qoldi. Zotan, yo‘llarning eng to‘g‘risi ham shudir”
1
Farruh va Ahiy faqr yo‘lidan chekinmaganliklari, faqrning “shom rang
libos”i talablariga to‘la rioya qila olganliklari uchun ham maqsad manziliga
yetishganlar. Ular himmat, muruvvat va futuvvatda go‘yo bir-birlari bilan
musobaqaga kirishganday ko‘rinsalar-da, oliy matlabga erishish hollari bitta – faqr.
Navoiy buni butun hikoyat davomida goh ochiq, goh ramz va ishoratlar orqali
ta’kidlab boradi. Hikoyatda, xususan, “Qora libos” (“Qora palos” ham deyilgan)
alohida ma’no qimmatiga ega.
Hind hukmdori Jasoratxonning o‘g‘li Farrux “Lutfi ila xulqi haddi g‘oyatsiz,
fahmu idroki xud nihoyatsiz, “ilmu kamol aro mohir”
2
shahzoda edi. Shunga
qaramay, u qari otasining istagiga yon bermasdan, toju taxtni qabul qilmaydi. Zero:
Faqr etib erdi ko‘nglini mashg‘ul,
Aylamas erdi saltanatni qabul.
Farruz tushda ko‘rgani parivashni axtarib ko‘pchilik bilan yo‘lga chiqqach,
g‘urbat mashaqqatlarini torta-torta bir manzilga yetadilar. Shunda u uyquga
cho‘mgan hamrohlariga maktab qoldirib, ulardan ajraladi va yakkayu yolg‘iz o‘zi
ishq safarini davom ettiradi. Shu tunda u:
Egnidin soldi shohvor libos,
Kiydi o‘rniga shom rang palos.
1
Рисолан Қушайрий, 445-бет.
2
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 10-жилд. 142-бет (Бундан кейин мазкур нашрдан олинган
мисолларидир саҳифаси қавс ичида кўрсатилади. И.Ҳ.).
30
Bu libos qora rangli xirqa edi. E’tiborlisi shundaki, xuddi shu libos
sharofatidan Farruxga murod eshiklari ochiladi. Farruxning ishq va poklikda
sobitligiga tan bergan Axiy aql bovar etmas ishni amalga oshiradi: o‘z suyukli
xotinini taloq qilib, unga nikohlab beradi. Biroq o‘zga diyorga ularni
kuzatayotganda, yodgorlik uchun Farruxdan o‘sha “qora libos”ni tilab oladi:
Yodgor istadi palosin aning,
Tilab oldi qora libosin aning.
Albatta, shahzoda ma’shuqasi Axiyning jufti haloli ekanligini bilmasdi. Aks
holda, Axiyning qilgan ishiga aslo ko‘nmas, go‘zal bir ayolning ko‘z yosh to‘kib,
g‘am-g‘ussaga botishiga ham imkon bermasdi. Farrux do‘stining xotinidan bor
haqiqatni eshitishi bilan:
Sen ham emdi shukufta dil bo‘lg‘il,
Manga iki jahon singil bo‘lg‘il.
deya uni singil o‘rnida qabul aylaydi. Yoridan judo bo‘lgach, og‘ir iztirob va
ruhiy qiynoqlarni ko‘nglidan kechirgan Axiy tuhmatga ham giriftor etiladi:
Ki: “Axiy mamlakat qilurg‘a xarob,
Yana bir shohga yasab asbob,
Shohning shahridin uzotibdur,
O‘zni dushmanlar ichra qotibdur”.
degan aybnoma bilan hibsga olinadi. Ko‘p o‘tmay, u hibsxonadan qochishga
muvaffaq bo‘ladi. Va Farrux diyori sari safar qiladi. yo‘l zahmatidan horib, “Bir
buzilg‘on hisor” ichida xastavu behol yotgan Axiyga omad kulib boqadi: shahar
atrofida sayr aylab yurgan Farrux:
Ul buzuq sori chun soldi nazar,
31
Qildi o‘z holi xotiriga guzar.
So‘rdi ul yonki: “Ne g‘arib erkin,
Ki bu mehnat anga nasib erkin?”
Ana shunda hind hukmdori, ya’ni Farrux bir paytlar yodgorlikka berilgan
qora libosni taniydi:
O‘z libosini oshno ko‘rdi,
Notavone palos aro ko‘rdi.
Ahiy hushiga kelgach, ikki do‘sti sodiq zor-zor yig‘lab, quchishib, hol
so‘rashdilar. Shoh qasriga olib borilgan Axiyga ko‘p hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi.
Uzoq muddat o‘tmay tantanali marosim o‘tkazilib, Axiyga yori qayta nikohlab
beriladi. Mahbubasidan
Shohning iffatu muruvvatini,
Pokravlig‘ fanida quvvatini.
eshitgan Axiy necha kun behushu behol yuradi. Nihoyat, xotirjam va
baxtiyor hayot boshlanadi. Axiy “zarboft xil’at” kiyib, shoh yonidan o‘rin
egallaydi, ammo xayr-xosiyatli o‘sha qora libosni kiyishni ham kanda qilmaydi:
Uyga kirgach qaro palosi edi,
Ki safarda aning libosi edi
Tengri shukridakim, tili edi lol,
Toat aylar edi kiyib qaro shol.
Naql etilishicha, Ibrohim Xalilulloh olovga tashlangani zamon Olloh hukmi
bilan Jabroil jannatdan bir ko‘ylak keltirib, unga kiydirgan va shu ko‘ylak tufayli u
olovda yonishdan xalos bo‘lgan ekan. Bu ko‘ylak dastlab Hazrati Ishoqqa, so‘ngra
32
Yoqub alayhissalomga meros o‘tgan. Yusuf payg‘ambar uni kiygani uchun
quduqdan omon chiqqan. Ahli tasavvur xirqada ana shu ko‘ylak sirlarini ilg‘ab,
unga ma’naviy ma’nolar berganlar.
Ali bin Usmon Jullobiy Hujviriyning ta’kidlashicha, xirqaning beli – sabrni,
ikki yoni – xavf va rajoni, ikki oldi – qabz va bastni, belbog‘i – nafsga qarshi
kurashni, yoqasi – yaqinni (shubhasiz ilmni), astari – ixlosni tamsil etgan. U yana
yozadi: “Hirqa safvat (porloqlik), faqr va tariqat maqomlarining barini o‘zida
mujassamlashtirgan bir libosdir. Bu libosdan kechish va uzoqlashish hamma
narsadan uzoqlashish demakdir”
1
. Zero xirqa kiyish Ollohni tanish shartlaridan
hisoblanganki, qora xirqa yopingan so‘fiy o‘z qalbi va vujudini to‘la – to‘kis
Ollohda tasavvur etmog‘i lozim bo‘lgan
2
. Bunday taxayyul va yaqinlik inson
ahloqini nechog‘lik poklasa, ko‘ngli va ruhini o‘shancha go‘zallashtiradi. Nafsi
ammora mag‘lub etilgan muhitda berahmlik, nodonlik, riyokorlik, kibr, qahr kabi
yuzlab hayvoniy va shaytoniy sifatlar o‘z-o‘zidan barham topadi. Mana shuning
uchun odamlar Farrux va Axiydan o‘rnak olib, “qora ko‘ylakni” odatga
aylantirganlar:
Chunki shah xilvati qaro bo‘ldi,
Qora kiymak ulus aro bo‘ldi.
Mana shuning uchun Alisher Navoiy poklikdan, sadoqatdan, muruvvat va
kamolotdan dalolat beruvchi faqr libosini yoqlab:
Qora rang elga toji torakdur,
Kim bu rang ichradur muborakdur.
degan va buni tariqat odobi, naqshbandiylikdagi faqru fano shartlaridan
ajratib talqin qilish shoir ko‘zlagan haqiqatga aslo muvofiq kelmaydi.
1
Али бин Усмон Жуллобий Ҳужвирий. Кашф ул-маҳжуб. Исломобод, 1990. С. 66-67.
2
Курбанмамадов А. Эстетическая докторина суфизма. Душанбе, 1987. С. 42-243.
33
Yana shuni ham inobatga olmoq zarurki, Navoiy ushbu e’tirofi bilan hamma
“qora shol”dan libos kiysin, siyahpo‘shlik barcha uchun umumiy urfga aylanmog‘i
kerak mazmunidagi bir niyatni ko‘zlagani yo‘q. Balki “qora rang”, “qora libos”
ramziga asoslanib, tasavvufiy hayot imtiyoz va imkoniyatlari, tasavvufiy axloq
kuch-quvvatiga ko‘pchilikning nigohini qaratgandir. Chunki tasavvuf, ayniqsa,
faqr tariqi – ishq va ma’rifat, tafakkur va xoksorlik ila insonni shu dunyoda
jannatga vosil etuvchi munavvar bir yo‘l erur. Bu jannat esa oshiq, orif va
faqirning ko‘ngul olamidir.
Qora qasrda shanba kunida aynan hindiy sayyohning hikoya so‘zlashining
sababi, qora rang hindlarda g‘ambodolik ramzi ekanligidir. Bahromning tushkun
holatini ifodalashda qora rangdan foydalaniladi.
Hikoyada zohiriy ma’noda Bahromning tushkunligi ifodalansada botiniy
ma’noda u o‘zgacha tarzda akslanadi. Farrux bir kecha ibodat paytida, sajdada
uyqu kelib, tush ko‘radi. Tushida ustiga qora mato yopilgan bir mahmil – qajala
ham bo‘lib, bir lahzalik shamol pardani uchiradi va Farrux o‘sha kajaladagi pariga
oshiq bo‘ladi. Parda yana yopilib qoladi. Uni qayta ko‘rolmaydi. Lekin ishqi uning
qalbini qiynaydi. Shu chog‘ uning qulog‘iga, “Bu Quds yeri” degan kalimalar
eshitiladi xolos.
34
Bilamizki, Qora rang so‘zimiz boshida ta’kidlaganimizdek, musulmon xalqi
uchun muqaddas rangdir. Qadimda ka’ba o‘rniga Quddus ziyorat etilgan. Ko‘rinib
turibdiki botiniy ma’noda qora rang ostida Olloh vasqi, Olloh uyi – Qudsga ishora
ham qora rang bilan berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |