1.4. O’zaro almashinuvchanlik asoslari va vazifasi.
Ko’p sonli yoki ko’p nusxali maxsulot ishlab chiqarishning shartlaridan biri
bir xildagi detallar, uzellar, zaxira qismlar va mahsulotlarni o’zaro almashtirishga
asoslangandir.
O’zaro almashinish deb, bir nomdagi, turdagi bir-biriga bog’liq bo’lmagan
holda tayyorlangan detallarni, aynan shu nom va turdagi shunday detal bilan
almashtirish amaliga aytiladi.
Loyihalovchilar mashinalardagi, asbob va mexanizmlardagi detallarni
o’zaro almashinadigan qilib, ya‘ni mashinani yig’ish yoki ta‘mirlashda biror detalni
o’sha nomli va o’sha nomerli boshqa detalga almashtirish mumkin bo’ladigan qilib
yaratishga intiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |