Jgut qo`yish qoidalari.
Qo`l-oyoqlar jarohatlanishdagi kuchli qon oqishini to`xtatish uchun jgut yoki
buragichdan foydalaniladi. Ular qo`yilgan vaqti maxsus yozishmada ko`rsatilgan
holatda, jarohatdan yuqoriroqqa yelkaga yoki songa bevosita kiyim bosh yoki maxsus
yumshoq boylagich ustidan 1.5 soat muddatga qo`yiladi.
Jarohatning belgilari.
1. Teri qoplamasi yoki shilliq pardalarning yaxlitligini buzilishi
2. Qon oqishi
3. Og`riq
Aspetik bog`lamani bog`lash qoidasi.
Jarohatni hech qanday suyuqliklar bilan yuvish, unga qo`l tegizish, undagi
kiyim parchalarini, begona jismlarni va boshqa narsalarni olish mumkin emas.
Jarohatning chetlari va uning atrofidagi teri yuzasiga yod surtilgach, bog`lash
uchun shaxsiy paketdan foydalanib jarohatga aseptik bog`lamani boylash,
jarohatlangan narsa katta bo`lsa, asosiy aseptik bog`lamani bog`lash kerak.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |