Jarohatlarda va qon oqishda birinchi tibbiy yordam ko`rsatish. Inson
organizmi har xil jarohatlar olishi natijasida faqat 500 millilitr qon yo`qotishi hayot
uchun xavfsiz hisoblanadi.
Agar kishi 1000 millilitr qon yo`qotsa, hayot uchun xavf tug`iladi. Undan ko`p
qon yo`qotgan taqdirda esa jjabrlanuvchini o`limga olib keladigan xavf tug`iladi.
Agar jabrlanuvchi 2000 millilitr qon yo`qotsa, uning hayotini saqlab qolish
uchun darxol qon berib, organizmni kerakli qon bilan tahminlash zarur.
Agar jaroxat arterial, yirik qon tomirida bo`lsa, kishi bir necha daqiqadan keyin
o`lishi mumkin. Shuning uchun har qanday qon ketishini darxol to`xtaish kerak.
Yosh bolalar, keksa, 70-75 yoshdagi kishilar kamroq qon yo`qotsalar ham, ular
uchun bu xavfli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |