Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari
10
10
T.S.Malikov, D.R.Vahobov Moliya: chizmalarda (o’quv qo’llanma) Toshkent. iqtisod-moliya – 2010
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari
Markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi qat’iy
maqsadli xususiyatga ega moliyaviy mablag’lar yig’indisidir
Davlat umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy chora-
tadbirlarni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik
shaxslarda shakllanayotgan moliyaviy resurslarning bir qismini moliyaning
taqsimlash funksiyasi orqali davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari
ixtiyoriga jalb qiladi
Har bir alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo’g’ini hisoblanadi
Moliyaviy mablag’larning sharllanishi, taqsimlanishi va resurslardan
maqsadli foydalanish bevosita moliyaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan
muvofiqlashtiriladi va tartibga solinadi
Ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, muayyan bir aholi qatlami yoki
investitsion dastur ehtiyojlarini nazarda tutib, mamlakatda yaratilayotgan
milliy daromadni qayta taqsimlash orqali tashkil
14
Maqsadli byudjetdan tashqari fondlar tartibga ko‘ra davlat hokimiyat
organlari tasarrufida bo‘ladi. Ammo ularning operativ boshqarilishi turli
maxsus
tuzilgan
ma’muriy bo‘g‘inlar tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqaruvchi tizimlar qonunda ko‘rsatilgan muayyan bu fondlardan foydalanish
bo‘yicha huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning izchil faoliyati natijasida aholi
kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
ham rivojlantiriladi.
Ayni paytda byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalari nafaqat
davlatning daromadlar bazasini ta’minlashi va kelib tushgan pul mablag‘larini
xarajat qilishi lozim, balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda
aholining optimal bandligini ham ta’minlashi zarurdir. Chunki, O‘zbekistonda
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish maqsadida amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan maqsad aholi turmush
farovonligini yaxshilashdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek,
«Bizning hamma ishlarimizda – bu iqtisodiy siyosatimizni shakllantirish
masalasi yoki iqtisodiyotni isloh etish va modernizatsiya qilish dasturini hayotga
tatbiq etish bo‘ladimi, ijtimoiy soha tizimida ertangi va uzoq muddatli istiqbolga
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish bo‘ladimi –
bularning barchasida biz uchun faqat bitta masala eng ustun va hal qiluvchi
o‘rinda turadi. U ham bo‘lsa, inson manfaatlarining ustuvorligidir. Xalqimizning
turmush darajasi va hayot sifatini izchil va bosqichma-bosqich yuksaltirib borish
bo‘yicha bizning asosiy maqsadimiz ham ana shundan iborat»
11
.
Rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasiga tayangan holda Davlatning
byudjetdan
tashqari
jamg‘armalari
quyidagi
shartli
ikki
yo‘l orqali tashkil etiladi:
11
Karimov I. Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh
maqsadidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi. 2008.
15
1. Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan muhim
umumjamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan muammolarni hal etish uchun ma’lum
bir xarajatlarni tashkil etish;
2. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armasini shaxsiy, maxsus ajratma
va badal mablag‘lari hisobidan shakllantirish.
Moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari kabi Davlatning byudjetdan tashqari
jamg‘armalarini tashkil etishning moddiy manbalari milliy daromad hisoblanadi.
Bunday jamg‘armalarning aksariyat qismi milliy daromadni taqsimlash va qayta
taqsimlash jarayonida vujudga keladi.
Amaliyotda milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni orqali Davlatning
byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadini shakllantirishning asosiy
metodlari quyidagilar hisoblanadi:
1.
Maxsus soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar;
2.
Davlat byudjeti mablag‘lari va zayomlar.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlarini tashkil
etishning asosiy metodi maxsus soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar hisoblanadi.
Ushbu manbalar hisobidan jamg‘armalar daromadlarining 80-90 foiz va xatto
100 foiz ham shakllanishi mumkin.
Davlat byudjeti hisobidan shakllanayotgan mablag‘lar amaliyotda qaytarib
bermaslik sharti bilan dotattsiya va subvensiya ko‘rinishida beriladi. Ayrim
hollarda fond daromadlariga har xil muddat va qiymatda (foizli, foizsiz) bo‘lgan
zayomlar ham berilishi mumkin.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari bir qator vazifalarni
bajaradi. Ularning ko‘lami keng, ammo asosiylari quyidagilardan iborat:
Iqtisodiyotning ustuvor sohalarini qo‘shimcha moliyaviy resurslar bilan
ta’minlash (ekologiya fondlari, ilmiy Bitiruv malakaviy ish va tajriba-
konstruktorlik ishlari va boshqalar);
Har xil maxsus jamg‘armalar ko‘magida aholiga ijtimoiy xizmatlar
ko‘lamini kengaytirish.
16
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari bevosita davlat ixtiyorida
bo‘lsada, alohida shaklda faoliyat ko‘rsatadi va davlat tomonidan moliyaviy
resurslarini o‘z-o‘zidan olib qo‘yishga ruxsat berilmaydi. Ularning Davlat
byudjeti va unga tenglashtirilgandan farqli tomoni shundaki, bu fondlarning
moliyaviy resurslaridan foydalanish qat’iy maqsadli xususiyatga ega.
3-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |