10- mavzu. Monologik nutqini shakllantirishning nazariy asoslari Reja



Download 197,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi197,83 Kb.
#217851
  1   2   3
Bog'liq
10-Маruza mashguloti bf71170acb944aa75447542b4160ff6c



10- mavzu. Monologik nutqini shakllantirishning nazariy asoslari 

Reja: 

 

1. Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari. 



2. Monologik nutqni shakllantirish usullari. 

3. Bolalarni monologik nutqni o‘rgatish ishining mazmuni va vazifalari 

4. Monologik nutqni rivojlantirishga doir mashg’ulotlar 

 

Tayanch  tushunchalar:  aksil  va  yaqin  ma’noli  so‘zlar,  sinonimiya,  antonimiya, 

morfologiya,  so‘z  yasash,  sintaksis,  intonatsiya,  reproduktiv  va  qidiruv  savollar, 

imitasiya, dorilfunun. 

 

Моnologik  nutq  bir  kishining  boshqalarga  qaratilgan  nutqi  hisoblanadi  va 



hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zllab berish, o‘zi savol 

berib,  o‘zi  javob  berish  shaklida  namoyon  bo‘ladi.  Bolalarga  keng  yoyilgan  fikr 

tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, ohiri) haqidagi eng 

oddiy  bilimlarni,  gap  bilan  fikrning  tarkibiy  qismlari  o‘rtasidagi  aloqalar  haqidagi 

tasavvurni  shakllantirishi  zarur.  Aynan  ushbu  ko‘rsatkich  (gaplar  o‘rtasidagi  aloqa 

vositasi) nutqiy fikrning ravonligini shakllantirishning muhim shartlaridan biri sifatida 

ishtirok  etadi.  Har  qanday  tugallangan  fikrda  iboralarni  bog‘lashning  keng  tarqalgan 

variantlari mavjud bo‘ladi. Gaplarni bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli– bu zanjirli 

aloqadir.  Olmosh,  leksik  takrorlash,  sinonimik  jihatdan  o‘rin  almashish  mazkur 

aloqaning  asosiy  vositalari  hisoblanadi.  Zanjirli  aloqa  nutqni  yanada  moslashuvchan 

va  rang-barang  qiladi,  chunki  bola  bu  usulni  egallar  ekan,  bir  so‘zni  qayta 

takrorlashdan  qochadi.  Pedagog  bolalarga  gaplarni  parallel  ravishda  bog‘lashni 

o‘rgatishi  zarur,  bunda  gaplar  bir-biriga  ulanmaydi,  balki  taqqoslanadi  yoki  hatto 

qarama-qarshi qo‘yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga yashirinib oldi). 

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o‘rgatishda ularda 

mavzuni  va  aytilgan  so‘zning  asosiy  fikrini  ochib  berish,  matnga  sarlavha  qo‘yish 

qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur. 

Ravon fikrni tashkil etishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi, shuning uchun ayrim 

gaplar  intonatsiyasidan  to‘g‘ri  foydalanish  ko‘nikmasini  shakllantirish,  umuman, 

matnning tarkibiy birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga yordam beradi. 

Kattalar  bilan  bolalarning  birgalikdagi  so‘z  ijodkorligi  monologik  nutqni 

rivojlantirishning  asosiy  sharti  hisoblanadi.  Endigina  besh  yoshga  to‘lgan  bolalar 

tanish  ertaklarni  hikoya  qilib  berish,  voqealar  to‘qish,  shaxsiy  tajribasidan  so‘zlab 

berishga  qiziqishni  namoyon  qiladilar.  Katta  yoshli  kishi  yo‘naltiruvchi  va 

aniqlashtiruvchi savollarni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini 

qo‘llab-quvvatlashi  darkor.  Pedagogning  sekingina  hikoya  mazmunini,  rejasini, 

voqealarning  ehtimoliy  rivojini,  so‘z  shaklini  aytib  qo‘yishi  birgalikdagi  so‘z 

ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir. 

2.  Monologik  nutqni  shakllantirish  usullari.  Bolalarda  grammatik  tizimni  – 

sintaksis,  morfologiya,  so‘z  hosil  qilishni  shakllantirish  o‘zining  alohida 




xususiyatlariga  ega  bo‘lib,  ularni  rivojlantirish  uchun  pedagog  turli  vositalarni 

qo‘llashi  darkor.  Morfologiya  va  so‘z  hosil  qilishni  o‘zlashtirish  uchun 

rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish 

uchun  motivatsiyani  yaratish  muhim.  Ma’lumki,  bolalar  o‘z  iqtidoriga qarab  turlicha 

darajada  rivojlanadi  va  o‘z  navbatida  pedagogning  rahbarligi  ham  bosqichli 

xususiyatga  ega  bo‘ladi.  Bola  hayotining  beshinchi  yilida  pedagog  rag‘batlantirishga 

(gap  so‘z  hosil  qilish  va  so‘z  ijodkorligi  xususida  bormoqda);  oltinchi  yilda  –  gap 

tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z 

o‘zgartirishda);  yettinchi  yilda  –  hosila  so‘zlar  o‘rtasidagi  rasmiy-semantik 

munosabatlarni  oddiy  tahlil  qilishga,  nutqiy  ijodkorlikka,  murakkab  sintaktik 

tuzilmalarni  ixtiyoriy  tuzishga  alohida  e’tibor  berishi  lozim.  Didaktik  o‘yinlar  va 

grammatik  mazmundagi  mashqlar  –  bolalarning  tilga  oid  o‘yinlarini,  ularning 

grammatik  sohasidagi  faolligini  rag‘batlantirishning  muhim  vositasidir.  Pedagog 

bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri 

bog‘lash  qobiliyatini  o‘rgatishi  zarur.  Bolalar  fikrlarida  murakkab  sintaktik 

tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, 

katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi. 

  

Bolaga  bir  turdagi  tuzilmalardan  foydalanmagan  holda  so‘zlarning  to‘g‘ri 



tartibini  qo‘llashni  o‘rganishda  yordam  beradigan  mashqlarga  alohida  e’tiborni 

qaratish  zarur.  Muhimi,  bolada  gap  tarkibi  haqida  va  har  xil  turdagi  gaplarda 

leksikadan  to‘g‘ri  foydalanish  haqida  oddiy  tasavvurlar  shakllansin.  Buning  uchun 

bolalarga  gapda  so‘zlarni  biriktirishning  turli  usullarini,  so‘zlar  o‘rtasidagi  ayrim 

mazmunli  va  grammatik  bog‘liqliklardan  foydalanishni  hamda  gapni  intonatsion 

jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur. Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini 

shakllantirish  jarayonida  sintaktik  birliklar  bilan  amallar  bajarish  ko‘nikmasi 

shakllanadi,  muayyan  muloqot  sharoitida  va  ravon  monologik  fikrlarni  tuzish 

jarayonida  til  vositalarini  ongli  ravishda  tanlash  ta’minlanadi.  Bola  nutqi,  agarda  u 

atrofdagilarga tushunarli bo‘lsagina ishonchli muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu 

esa  fikrni  so‘zlarda  izchil,  ravon  va  to‘liq  ifodalashga,  aniq  so‘zlarni  tanlashga, 

talaffuzning sofligi va to‘g‘riligiga bog‘liq. Qulay shart-sharoitlarda u yoki bu darajada 

ushbu  xususiyatlar  bolada  aniq  reja  asosida  o‘qitish,  turli  metodik  usullarni  qo‘llash 

yo‘li bilan hosil qilinadi. Tarbiyachi bolalarning tafakkurini va uning nutqining barcha 

jihatlarini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va maktabgacha 

ta’lim  muassasasining  maishiy  hayoti,  kishilar  mehnati,  ijtimoiy  voqea  va  hodisalar 

bilan,  jonli  tabiat  va  predmetli  olam  bilan  tanishish  imkonini  beradigan  darajada 

rivojlantiradi.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  borliqni  faol  qabul  qiladilar  va  atrof-

muhitdagi  hayotga  qo‘shilib  ketadilar,  bu  esa  ularda  so‘z  zaxiralarining  tez  ortishiga 

olib keladi. 

Monolog  nutq  yaxshi  xotirani,  nutqning  shakl  va  mazmuniga  diqqatni 

yo'naltirishni talab etadi. Shuning bilan bir vaktda, monolog nutq tafakkurga tayanadi. 

Monolog  nutq  lingvistik  (tilshunoslik)  tomondan  ham  murakkab  hisoblanadi. 

Monolog  nutq  tinglovchilarga  tushunarli  bo'lishi  uchun  yoyik  gaplardan,  aniq  




lug'atdan foydalanish kerak. 

Hikoya  qila  olish  qobiliyati  kishilarning  muloqotda  bo'lish  jarayonida  katta  rol 

o'ynaydi.  Bola  uchun  esa  bu  kobiliyat  bilish  vositasi,  o'z  bilinilarini,  tasavvurlarini 

tekshirish vositasi hisoblanadi. 

Bolalarda monolog nutqning shakllanishi ularda mantikiy tafakkurning rivojlanishi 

bilan bog'likdir. Bundan tashkari, bola nutqi monolog nutqqa aylanishi uchun u tilning 

lug'atini va grammatik tomonini erkin egallagan bo'lishi kerak. 

Ruhshunoslarning  aytishicha,  bolalarda  monolog  nutq  besh  yoshdan  boshlab 

paydo bo'ladi. 

Ruhshunos  D.  B.  Elkanin  bu  hakda  shunday  yozadi:  „Bola  hayot  tarzining 

o'zgarishi,  kattalar  bilan  yangi  munosabatlarning  va  yangi  turdagi  faoliyatlarning 

shakllanishi  nutq  shaklini  va  uning  vazifasini  (xizmatini)  farklashga  olib  keladi. 

Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o'z taassurotlarini, kechinmalarini, 

rejalarini  (niyatini)  kattalarga  yetkazishga  harakat  qiladi.  Nutqning  yangi  shakli  — 

monolog  tarzida  xabar  qilish,  ko'rgan  va  eshitganlari  to'g'risida  hikoya  qilish  paydo 

bo'ladi",  bolalarni  hikoya  qilishga  o'rgatish  jarayonida  barkamol  tarbiya  berishning 

xilma-xil  masalalarini  hal  qiladi,  aqliy  rivojlanishga  yordam  beradi.  Hikoya  qilib 

berishda  mantiqiy  tafakkur,  diqqat  rivojlanadi.  Nutq  grammatik  jihatdan  shakllangan 

bo'lib, o'zini tutish, jamoa oldida so'zga chikish malakasi hosil bo'ladi".

 

 



Shu munosabat bilan bolalar bog'chasida ta’lim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya 

qilishga o'rgatish bo'yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab 

berilgan.

 

Bu  guruh  bolalarini  tanish  hikoya  va  ertaklarni  (tarbiyachining  savollari  va 



kitobdagi  rasmlar  yordamida,  keyinchalik  mustakil)  so'zlab  berishga  o'rgatiladi, 

o'yinchok, buyum va rasm mazmuni bo'yicha hikoyani (3—4 gapdan iborat) takrorlash 

ko'nikmasi  tarbiyalanadi,  tanish  ertaklardan  olingan  parchalarni  sahna-  lashtirishda 

katnashishga o'rgatiladi. 

O'rta  guruhlarda  hikoya  qilishga  o’rgatish  vazifalari  va  ularning  mazmuni  ancha 

murakkablashadi.  Ushbu  guruh  bolalari  birinchi  yarim  yillikda  tanish  hikoya  va 

ertaklarni  mustakil  holda  qayta    hikoya  qilishga,  asar  kahramonlarining  suhbatini 

ifodali so'zlab berishga o'rgatiladi. 

Mashg'ulotlarda  birinchi  marta  o'kib  berilgan  kichik  ertak  va  hikoyalarning 

mazmunini  qayta    hikoya  qilishga,  o'rtoklari  hikoya  kilayotganda  e'tibor  bilan 

tinglashga,  o'yinchoklar,  turli  buyumlar  va  yil  fasllarini  tavsiflovchi  (awal 

tarbiyachining savollari, so'ngra namuna va reja asosida) hikoya tuzishga o'rgatiladi. 

Ikkinchi  yarim  yillikda  bolalarga  tanish  ertak  va  hikoyalarni  tinglashni,  ularda 

ishtirok etuvchi personajlarning gaplarini, o'ziga xos xususiyatlarini tushunishni, asar 

mazmunini  hikoya  kilayot-  gan  o'rtoklarining  Nutqini  diqqat  bilan  eshitishni,  asar 

matnini buzib hikoya kilgan joylarini paykashni o'rgatish davom ettiriladi. 

Katta va maktabga tayyorlov gumhlari uchun „Nutq o'stirish" bo'limida bolalarni 

hikoya  qilib  berishga  o'rgatish  yuzasidan  olib  boriladigan  ishlar.  ularning  mazmuni 




quyidagicha belgilangan: 

Birinchi  yarim  yillik.  Badiiy  asarlarni  qayta    hikoya  qilish  malakasini  o'stirish. 

Adabiy  asarlarni  mazmunli,  mantiqiy  izchillikda,  aniq    va  tasviriy,  ifodali  hikoya 

qilishga o'rgatish. 

Tarbiyachi  qayta  hikoya  qilishni  o'rgatayotganda  bolalar  diqqatini,  ayniqsa, 

ertakning  boshlanmasi,  takrorlanib  kelayotgan  parchalarga,  xulosa  qismiga  : 

hikoyalardagi kahramonlarning o'zaro Nutqi kabilarga karatishi lozim. 

Bolalar  asar  voqealarini  so'zlayotganda  ovoz  ohangining  xilma-xil  turini  (so'rok, 

his-hayajon. hayratlanish, iltimos) qo'llay bilishlariga erishish.

 

Bolalarga o‘yinchoklar 



va buyumlar hakida hikoya tuzishni o'rgatayotganda o'yinchoklarni ta’riflab berishga, 

ularning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  ko'rsatuvchi  belgilarni  (rangi,  shakli,  kanday 

o'ynalishi va boshkalar) aniq  so'zlar orkali ifodalashga o'rgatish. 

Ijodiy  hikoya  qilish.  Bolalarni  tarbiyachi  tomonidan  belgi-  langan  hikoya  yoki 

ertakni  nihoyasiga  yetkazishga, qisqa,  lo‘nda  jumlalar  tuzishga,  tasviriy  vositalardan 

foydalanishga o'rgatish. 

Bolalarning shaxsiy tajribalari va tarbiyachi taklif etgan hayotiy mavzular asosida 

mantikiy  rivojlanib  boruvchi  hikoya  yoki  ertak  tuzish  kobiliyatlarini  rivojlantirish: 

„Kuvonchli  kun“,  „Xafa  bo'lgan  kunim“,  „Mehmonda",  „Bizning  oila“,  „Eng  yakin 

o'rto- g'im“, „Dam olish kuni“, „Dadamga karashdim", ,,Ko'g‘irchok teatriga bordim“ 

va boshkalar. 

Bolalarni  tuzayotgan  hikoya  yoki  ertaklarida  ishtirok  etuvchi  kahramonlarning 

ruhiy  kechinmalarini  bilishga  o‘rgatish;  „Birin-  chi  kor",  „Yaxmalakda",  „Yangi  yil 

bayrami", „Korbobo", „Men sevgan fasl“, „Tashkarida kor, uyimizda bahor", „Xola- 

xola  o‘ynadik“,  „Kim  oladi-yo,  shuginani-yo“  o'yini,  „Men  onamga  yordamchi", 

„Ukamga mehribonman" va boshkalar. 

Bolalarga  suratlar  bo'yicha  hikoya  tuzishni  o'rgatayotganda.  awalo,  ularning 

mustakil  fikrlashlariga,  suratda  tasvirlangan  vokealarga  o‘z  munosabatlarini 

bildirishlariga  imkon  yaratish  kerak.  Shu  bilan  birga,  rasmda  aks  ettirilgan  mavzuli 

vokeaga  karab  ilgari  nima  bo'lgani  va  keyin  nima  bo'lishi  kerakligi  hakida  fikr 

yuritishga undash. Tabiat manzaralari aks ettirilgan suratga karab, undagi go‘zaIlikni, 

nafislikni ifodalay oladigan tasviriy so‘zlar, o'xshatish va sifatlashlar ishtirokida gap 

tuzishga o'rgatib borish. 

Bolalarning  birgalikdagi  hayot  tajribalaridan  olingan  vokealar:  ekskursiya,  sayr, 

mehnat  jarayoni,  jonli  va  ravon  hikoya  qilib  berish  malakasini  tarbiyalash.  Hikoya 

kilayotganda  tevarak-atrof- dagi buyum,  vokea-hodisalarning nomini,  ularning o'ziga 

xos xususiyatlarini, xatti-harakatlarini to'g'ri ifodalashga, vokealarning vakti va joyini 

ko'rsatishga o'rgatish. Topishmoklar o'ylab topishga undash.  

Ikkinchi yarim  yillik. Bolalarni badiiy asarlarni qayta  hikoya

 

qilishga o'rgatishni 



davom ettirish. 

Bolalarni  manzarali  suratlar  bo'yicha  maxsus  hikoyalar  to'kishga  o'rgatish,  ularni 




surat mazmunini tushunishga, suratdagi manzarani tevarak-atrofdagi manzaralar bilan 

taqqoslashga.  o'z  hikoyalarida  tasviriy  so'z  va  iboralardan  foydalanishga  o'rgatishni 

davom  ettirish.  Bolalar  mustakil  hikoya  tuzayotganlarida  og'zaki  Nutq  shakllaridan 

foydalanishlariga erishish. 

Ijodiy  hikoya  qilish:  tarbiyachi  tomonidan  taklif  etilgan  mavzu  bo'yicha  vokeani 

izchil  davom  ettirib,  tugal  mazmunli  hikoya  tuzish  ko'nikmalarini  mustahkamlash, 

vokea sodir bo'lgan joy, vakt, tabiat manzarasini qisqacha tasvirlash, kahramonlarning 

ruhiy  kechinmalarini  ko'rsatishlariga  ahamiyat  berish:  „Gul  bayrami'',  „Navro'z", 

„Onamlarning bayrami'', „Bahor keldi", „Men kushlarga don berdirn", „Men onamga 

yordamchi",  „Tomorkada",  „Mening  mushugim",  „Metroda",  „Avtobusda", 

„Trolleybusda", 

„Ko'chada", 

„Bozorda", 

„Do'konda", 

„Arkon 

o'ynadik", 

„Kuvlashmachok", „Bekinmachok", „Mehmon- mehmon" mavzularida hikoya o'ylab 

topishga undash. 

Mustakil tuzgan hikoyalaridagi personajlarga qisqacha ta'rif berishlariga, ularning 

xatti-harakatlarini baholashlariga ham diqqatni karatish va o'rgatib borish. 

Mustakil  tanlangan  mavzu  bo'yicha  hikoya  tuzishda  vokealarning  izchilligiga, 

tugal  mantikka  ega  bo'lishiga,  tasviriy  ifoda  vositalaridan  o'rinli  foydalanishlariga 

ahamiyat berish. 

Monolog  Nutqini  o'stirishning  yukoridagi  dastur  vazifalari  va  mazmuniga  ko'ra 

bog'chaning  o'rta  guruhidagi  bolalar  hikoya  qilib  berishning  kuyidagi  turlarini 

egallashlari lozim: 

1. 

Tanish ertak va hikoyalarni qayta  hikoya qilib berish. 



2. 

Mashg'ulotlarda  birinchi  marta  o'kib  berilgan  hikoya  va  aytib  berilgan  qisqa 

ertaklarni qayta  hikoya qilib berish. 

3. 


Ko'rib  turgan  narsa-buyumlar:  o'yinchoklar,  o'simliklar,  kiyimlar,  idish-

tovoklar, mebellar va hokazolar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish. 

4. 

Vokeaviy-sujetli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish. 



5. 

Bolalar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari. 

Katta guruh dasturida hikoya qilishning kuyidagi turlari bayon

 

etilgan: 



1. 

Badiiy asarlarni qayta  hikoya qilib berish. 

2. 

Narsa-buyumlar:  o'yinchoklar,  o'simliklar.  kiyim-  kechaklar,  idish-tovoklar, 



mebellar  va  hokazolar  hakida  hikoyalar,  ularning  o'ziga  xos  xususiyatlarini 

ko'rsatuvchi belgilarni tuzish. 

3. 

Rasmlar bo'yicha tasviriy va vokeaviy hikoya tuzish. 



4. 

Xotiradan  o'z  shaxsiy  tajribasida  kuzatgan  vokea  va  hodisalami,  narsalarni, 

bog'chada  va  uyda  nimalar  kilganini,  guruhda  va  uyda  bo'lib  o'tgan  eng  qiziqarli 

vokealar hakida hikoya qilib berish. 

5. 

Ta’limiy o'yinlar asosida tasviriy hikoya tuzish: „Ko'g'irchok, o'yinchokni top", 



„Ko'g'irchok, menda kanaka gul bor", „Ko'g'irchok, top-chi, yonimda kim o'tiribdi?", 

„Ko'g'irchok, ko'limdagi suratlar kaysi ertakdan olinganini top- chi?" va boshkalar. 




6. 

Ijodiy  hikoya  qilishga,  tarbiyachi  tomonidan  boshlangan  ertak  va  hikoyani 

oxiriga  yetkazish,  tarbiyachi  taklif  etgan  mavzu  va  reja  asosida  ertak  yoki  hikoya 

to'kish, berilgan 3 — 4 so'z yordamida ertak yoki hikoya to'kishga o'rgatish. 

Qayta hikoya qilish uchun tanlangan matn bolalar uchun tushunarli bo'lishi kerak. 

Qayta hikoya qilish mashg'ulotlari har bir yosh guruhining shaxsiy xususiyatlarini, 

ularning qayta  hikoya qilish kobiliyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. 

Bu  yoshdagi  bolalarni  qayta    hikoya  qilishga  o'rgatish  ularga  tanish  bo'lgan 

ertaklarni („Bo'g'irsok", „Sholg'oirT, „Bo'ri bilan echki“, „Ochko'z it") takrorlashdan 

boshlanadi.  Tarbiyachi  kichkintoy  bolalarni  qayta    hikoya  qilishga  o'rgatishda 

kuyidagi usuldan foydalanadi. Bolalar tarbiyachining takroriy hikoyasidagi bitta-ikkita 

so'zni yoki to'lik gapni takrorlaydilar: 

— 

Choi bilan kanipir... 



— 

Yashashar ekan. 

— 

Bir kuni chol... 



— 

Sholg'om ekibdi. 

So'ngra  bolalar  sekin-asta  savollar  yordamida  qayta    hikoya  qilishga  o'rgana 

boshlaydilar.  Savollar  vokealar  ketma-ketligini  belgilashga,  ishtirok  etuvchilarning 

nomini aytishga karatilgan bo'ladi: 

— 

Bo'g'ircok kimni uchratdi? 



— 

Kuyonni. 

Agar bola ertakning boshlanishini yaxshi eslab kolgan bo'lsa, u holda uni mustakil 

hikoya  qilib  bera  oladi.  So'ngra  qayta    hikoya  qilish  jarayonida  bola  kiynalsa, 

tarbiyachi  yordamlashadi,  ya’ni  matnni  esiga  tushirishdan  foydalaniladi,  bu  ertak 

mazmunini oson takrorlashga yordam beradi. 

Qisqa  xalk  ertaklarini  qayta    hikoya  qilishdan  so'ng  kichik  hajmdagi  hikoyalarni 

qayta  hikoya qilishga o'tishi mumkin (Mirnuihsin. „Olxo'ri", ,,Tosh“). 

Mashg'ulotda  asarga  ishlangan  illustratsiyalar  ko'rsatiladi.  Ko'rsatish  savollar, 

ko'rsatmalar  berish  bilan  birga  ko'shib  olib  boriladi.  lllustratsiyalarni  asarni  o'kib 

berishdan  avval  yoki  o'kib  bergandan  keyin  ko'rsatgan  ma'kul.  Tarbiyachi  shunday 

deydi: „Hozir men sizlarga rasmlarni ko'rsataman, so'ngra hikoya o'kib beraman" yoki 

„Hozir hikoyani o'kib beraman, so'ng rasmlarni ko'rsataman". 

O'rta guruhda bolalarni qayta  hikoya qilishga o'rgatishda ancha murakkab bo'lgan 

vazifalar  hal  etiladi:  bolalarni  kichik  hajmli  va  tanish  bo'lgan  ertak  va  hikoyalarni 

hikoya qilib berishga o'rgatib kolmasdan, balki asar kahramonlarining gaplarini ifodali 

qilib  bayon  etishga,  boshka  bolalarning  qayta    hikoya  qilishlarini  diqqat  bilan 

tinglashga va matnga taallukli bo'lmagan jumlalarni topishga o'rgatadi. Ushbu guruhda 

bolalar butun yil davomida 8 — 1 0  ta adabiy matnni (o'zbek ertaklaridan „Tulki bilan 

Turna", „Maktanchok kuyon", „Fil va xo'roz", „Ikki o'rtok", A. Oripov- ning „Bobo va 

nabira" she'rining mazmunini qayta  hikoya qiladilar. 

O'rta  guruh  bolalariga  qayta    hikoya  qilishlari  uchun  tavsiya  etilgan  asarlar 




mavzusi,  mazmuni  va  shakli  jihatdan  katta  fark  qiladi.  Shuning  uchun  o'rta  guruh 

bolalarini  qayta    hikoya  qilishga  o'rgatislidagi  muhim  vazifa  —  bu  ularga  asarning 

mantikiy  bog'lanishini,  uning  mazmunini  tushunib  olishga  yordam  berishdir.  Bunga 

asarni dastlabki o'kishdan so'ng o'tkaziladigan suhbat orkali erishish mumkin. Bunday 

suhbatda tarbiyachining savollari asosiy metodik usul bo'lib hisoblanadi. 

Badiiy asarlar yuzasidan ikki guruhdagi savollar berilishi mumkin: 

1) 

asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi



2) 

vokeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi. 

Shuningdek, asar o'kib berilgandan keyingi suhbat bola

 

Nutqidagi lug'at boyligini aniq 



lash  va  faollashtirish,  kahramon-  larning  ovozlarini  ifodali  bayon  etishga  ta’sir  etish 

kabilarni amalga oshirishga yordam beradi. 

Adabiy matn o‘kib berilgandan so‘ng, bolalar asar mazmunini tushunib olganlarini 

aniq lash maksadida matn yuzasidan qisqa suhbat o'tkaziladi. 

Tarbiyachi  bolalarga  shunday  savollar  beradi:  „Ertak  nima  hakida  ekan?  Bu 

ertakdagi kuyon kanday? (ko'rkok, yolg'onchi, tarbiya ko'rmagan.) Kuyon sheriklariga 

nima  deb  maktanibdi  va  u  bilan  kanday  vokea  ro'y  beribdi?  Agar  siz  maktanchok 

kuyonchani  uchratib  kolsangiz,  unga  nima  degan  bo'lar  edingiz?  (Uyalmaysanmi, 

maktanchoklik  qilishga.  Yolg'onchi,  ko'rkoksan-  ku.  Bundaylarni  biz  o'zimizga 

sherik,  o'rtok  qilib  olmaymiz,  u  bilan  birga  o'ynamaymiz.)  Asar  matni  yuzasidan 

suhbat  o'tkazilgach,  u  ikkinchi  marta  o'kib  yoki  hikoya  qilib  beriladi  va  bolalar 

tomonidan qayta  hikoya kildiriladi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: „Endi diqqat 

bilan  tinglanglar. Hozir  men  bu  ertakni  yana  bir  marta  o'kib  (hikoya  qilib) beraman. 

So'ngra sizlar menga qayta  hikoya qilib berasizlar".  

  O'rta  guruhda  tarbiyachi  va  bolaning  birgalikda  (hamkorlikda)  qayta    hikoya 

qilishlaridan  keng  foydalaniladi.  Bola  qayta    hikoya  kilayotganda  tarbiyachi 

jumlalarni uning esiga tushirib turadi, esidan chikargan so'zlarni aytib turadi. Bu qayta  

hikoya  kilislining  ravonligini  ta'minlaydi,  jumlalar  uzilib  qolishining  oldini  oladi. 

Sekin-astalik bilan bolaning qayta  hikoya qilishiga talab orta boradi. Endi tarbiyachi 

boladan hikoyaning to'lik bo'lishini („Sen nima hakida hikoya qilib berishni esingdan 

chikarding?"),  asarni  qayta    hikoya  qilib  berayotganda  bola  diqqatini  asardagi 

personajlarning  so'zlarini  ifodali  qilib  aytib  berishga  jalb  qilish  kerak.  Masalan: 

„Tulki  xo'rozdan  derazadan  karashini  kanday  so'raydi?"  —  „Samimiy,  ayyorona"; 

„Maktanchok kuyon o'rtoklariga nima deb maktandi?" — „Vs-e. Yem bo'lib bo'pman. 

Boshiga  chikib  bir  tepdim,  til  tortmay  o'lib  koldi"  —  (Maktanib,  gerdayib.)  Ushbu 

guruhda  savollar  bo'yicha  qayta    hikoya  kilislidan  ham  foydalanish  mumkin.  Ba’zi 

hollarda  bolalar  asar mazmunini o'z so'zlari  bilan  bayon etadilar. Bunday  holda bola 

tomonidan tanlangan  so'zlarni  muallifning  fikrini  aniq   va  to'g'ri ifodalashini  nazorat 

qilib borishi kerak. 

Bolalarning  qayta    hikoya  kitishlarini  baholash  muhim  uslubiy  (metodik) 

usullardan  hisoblanadi.  O'rta  guruhda

 

bolalarning  hikoyasini  tarbiyachi  baholaydi. 




Bolalarning  qayta    hikoya  qilishini  baholashda  uning  yaxshi  tomonlarini  va 

kamchiliklarini,  harakatchanligini  aytib.  qisqa  tahlil  qilish  lozim.  Bu  bilan  kuyidagi 

dastur  vazifasini  bajarish  zarur:  bolalarda  qayta    hikoya  qilishda  matnga  to'g'ri 

kelmaydigan  joylami  seza  olish  qobiliyatini  tarbiyalash.  Tarbiyachi  bolalarni  qayta  

hikoya qilishga o'rgatish orkali ularning Nutq faolligini, mustakilligini rivojlantirishga 

ta’sir etadi. 




Download 197,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish