127
127
126
27- MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR
Koreya Respublikasi 2014–2017- yillarda O‘zbekistonga Iqtisodiy taraqqiyot
va hamkorlik jamg‘armasi orqali 250 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘
ajratishni rejalashtirmoqda.
Bungacha 2013- yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, ushbu jamg‘arma tomonidan
O‘zbekistonda yettita loyihani amalga oshirish uchun 230 mln AQSH dollari
ajratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi kichik biznes subyektlari
o‘rtasida mutaxassislar va texnologiyalarni o‘zaro ayirboshlashni tashkil qilish,
davlat, davlat boshqaruvi, bojxona ishi va moliyaviy sektorlarga axborot
texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga
kelishib oldilar.
Mamlakatlar “Surgil” gaz konini jihozlash loyihasi va Ustyurt gaz kimyo
majmuasi qurilishi doirasida ham hamkorlik qiladilar
Samarqand viloyatida quyosh elektrostansiyasi qurilishi loyihasi doirasida
hamkorlik qilish bo‘yicha ishchi guruh tuzishga ham kelishib olindi.
1. Koreya Respublikasi O‘zbekistonda yuqorida keltirilgan loyihalarni amalga
oshirishdan qanday manfaat topadi, deb o‘ylaysiz?
2. O‘zbekiston Respublikasi bu loyihalarni qanday maqsadlarni ko‘zlab amalga
oshirmoqda?
3. Kichik biznes subyektlari darajasidagi o‘zaro aloqalarning qanday o‘ziga xos
afzalliklari bor?
1. Davlatlar nima sababdan o‘zaro savdo-sotiq qilishini tushuntirib bering.
2. Davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqning ahamiyati nimada?
3. Mutlaq va nisbiy ustunlik tamoyillarining bir-biridan farqi nimada?
4. Mamlakatimiz qanday tovarlar ishlab chiqarish bo‘yicha MDH mamlakatlariga
nisbatan mutlaq ustunlikka ega deb o‘ylaysiz?
5. Import va eksportning bir-biridan farqi nimada?
6. Agar bir davlat ikkinchi davlatga biror tovarni eksport qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi
davlat uchun bu tovar nima deb ataladi?
7. Mamlakatning tashqi savdo hajmi nimadan tashkil topadi?
8. Mamlakatning tashqi savdo saldosi qachon manfiy va qachon musbat bo‘ladi?
Bularning qay biri mamlakat uchun foydali?
9. Tashqi savdoning tarkibi mamlakat iqtisodiyoti haqida qanday ma’lumot beradi?
10. “Faqat o‘zimizda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib oling! Bu bilan mamlakatimiz
ishlab chiqaruvchilariga yordam bergan bo‘lasiz! Mamlakatimizdagi narx-navo
shundagina pasayadi!” degan chaqiriqlarga o‘z munosabatingizni bildiring.
11. Dilshod Qayumov firmaning eng yaxshi menejeri. Kompyuterda ishlashni
ham juda yaxshi biladi. Firmaning umumiy ishiga eng ko‘p manfaat keltirish
uchun Dilshod Qayumov qaysi faoliyat bilan shug‘ullangani ma’qul: a) faqat
menejerlik; b) faqat kompyuterda ishlash; d) ham kompyuterda, ham menejer
bo‘lib ishlash. Javobingizni nisbiy ustunlik tamoyili yordamida asoslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |