Bog'liq Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)
to'lanadigan fa o liy a t bilan shug‘ullanadigan, shug'ullangan y o k i shug‘ullanayotgan shaxslartushuniladi. Konvensiyaning asosiy m azm un-
mohiyati um um e’tirof etilgan inson huquqlarining migrantlarga ham
taalluqli ekanini tan olishdan iboratdir.
Konvensiyadagi bir qator qoidalarda migrantlar maqomining o'ziga
xos jihatlari aks etgan. U lar orasida «nasl-nasabi daxldor davlatlar» ta-
labi bo'yicha kiritilgan qoidaning e ’tiborli jihati shundaki, davlatlar
migrantlarning madaniy o'ziga xosligi hurmat qilinishini ta ’minlaydi va
ularning nasl-nasabi daxldor davlat bilan madaniy aloqalami amalga
oshirishiga to'sqinlik qilmaydi.