Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari


Hududiy  o ‘zgarishlarda  fuqarolik  masalasining  hal  etilishi



Download 8,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/379
Sana31.12.2021
Hajmi8,46 Mb.
#216417
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   379
Bog'liq
Hozirgi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari (I.Lukashik, A.Saidov)

Hududiy  o ‘zgarishlarda  fuqarolik  masalasining  hal  etilishi.
Bir davlat  hududining boshqasiga o'tishi  chog'ida aholining  fuqaro­
lik  masalasi  xalqaro  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunday  vaziyatda  fuqarolik 
masalasi  yalpi  xususiyatga  ega bo'lishi  natijasida  ushbu  m uam m o yana­
da  jiddiy  tus  oladi.  Topshirilayotgan  hudud  aholisining  yalpi  ravishda 
boshqa davlat  fuqaroligiga o'tishi transfert,  deyiladi. 
U turli vaziyatlarda 
turlicha  о ‘ziga  xosliklarga  ega  bo ‘ladi.
Bir davlatning  boshqasiga  qo'shilishida aw algi  davlatning  fuqaroligi 
barham  topadi.  Boshqa  hollarda  transfert  optatsiya,  ya’ni  mavjud  yoki 
imkoni  bor holatlarning  ikki  yoki  undan  ko'prog'i  orasidan  tanlab  olish 
huquqi  bilan  birgalikda  amalga  oshiriladi.
Bir  davlat  hududining  boshqasiga  o'tish i  bilan  bog'liq  hollardan 
tashqari,  boshqa  vaziyatlarda,  masalan,  o'zga  fuqarolikka  ega  bo'lgan 
shaxs bilan  nikohga  kirish  paytida,  tug'ilishiga  ko'ra  ikki  fuqarolikka  ega 
bo'lgan shaxs balog'at yoshiga yetganida ham optatsiya qo'llanilishi m um ­
kin.  SSSRning  tarqalib  ketishi  davrida  bu  borada  hayotning  o'zi  katta 
tajribani  amalga  oshirdi.  O'shanda yangi  mustaqil  davlatlar  —  sobiq  itti­
foqdosh  respublikalar tomonidan yalpisiga  «aholining hudud  izidan  bori­
shi»  prinsipi  qo'llanildi.  Ittifoqdosh  respublikalar  o'z  davlat  mustaqil- 
ligini  e ’lon  qilar  ekan,  odatda,  o'z  hududidagi  jami  aholiga  o'zlarining 
fuqaroligi  huquqini  berdi.  Ko'pincha  ushbu  huquq  optatsiya bilan  birga­
likda  amalga  oshirilmasdi.  Ammo,  asta-sekin  yangi  davlatlar  optatsiya 
bilan  birgalikda  yalpi  ravishda  fuqarolik  berish  tom on  yuz  tutdilar.
Fuqarosizlik.  Fuqarosizlik  shaxs  biron-bir  davlat  fuqaroligiga  ega 
bo'lm agan  yuridik  holatdir.  Bunday  shaxslar 
apatridlar  deyiladi.  Agar 
tug'ilgan  joyining  qonuni  va  ota-onasi  fuqarolari  bo'lgan  mamlakat 
qonuni qon huquqi prinsipiga asoslangan bo'lsa,  u  holda shaxs tug'ilgan 
paytidan  shunday  holatga  tushib  qolishi  m umkin.
Hozirgi zamon xalqaro huquqi fuqarosizlikka nisbatan butunlay salbiy 
m unosabatdadir.  1961 -yildagi  Fuqarosizlikni  kamaytirish  to'g'risidagi 
konvensiya  davlat  zimmasiga  o'z  hududida  tug'ilgan  va  apatrid  bo'lish 
ehtimoli  mavjud har qanday shaxsga fuqarolik berish  majburiyatini  yuk- 
laydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1954-yildagi  Apatridlar  maqomi  to'g'risidagi 
konvensiya  ularning 
maqomini  chet  elliklar  maqomi  bilan  tenglashtirishni  talab  etadi.  Bu 
hali  o'z  vatani  hisoblangan  davlatning  diplomatik  himoya  etishi  bora­
sida  chet  elliklar ega  bo'lgan  huquqni,  shuningdek,  ularning  mamlakati 
bilan  tuzilgan  shartnom alarda  ko'zda  tutilgan  huquqlami  bildirmaydi, 
albatta.  Ammo  bu  borada  davlatning  o 'z  hududida  doimiy  yashab  tu r­
gan  fuqarosiz  shaxslarga  nisbatan  diplomatik  himoya  etish  huquqi  to- 
bora  tan  olinayotganini  kuzatish  mumkin.

Download 8,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish