Poema liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq, ogʻzaki



Download 81,38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi81,38 Kb.
#216411
Bog'liq
Doston - Vikipediya



Doston

Doston, poema — liro-epik janr; shu

janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq, ogʻzaki

ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng

tarqalgan. D.da muayyan voqea liro-epik

tasvir vositalari yordamida hikoya

qilinadi. Unda hayot, voqelik keng

koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita

bosh qahramon ishtirok etadi,

personajlar esa koʻp boʻladi. Syujeti

sertarmoq, rang-barang . Xalq ogʻzaki

ijodidagi D.lar nazm va nasrav., yozma

adabiyotdagi D.lar nazmda boʻladi, bunda




nasr voqealarni bogʻlovchi vazifasini

oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi D.larda

lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon

D.larida lirik asos yanada salmoqliroqdir.

Jahon mumtoz adabiyotidagi D.lar keng

qamrovligi va hajmining kattaligi, koʻtarib

chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy

muammolari, syujetining sertarmokligi va

dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining

koʻpligi bilan ajraladi. Bunday asarlar

markazida jamiyat va xalq takdiri turadi,

jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir

butunlikda tasvirlanadi, ular oʻrtasida

ziddiyat boʻlmaydi, balki shu xalq, shu

qahramon bilan tashki dushmanlar

oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan

yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi.



Ularda vatanparvarlik, qahramonlik,

insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik

va sadoqat, mehnatsevarlik gʻoyalari

ilgari suriladi. Ilk dostonlar Yunonistonda

paydo boʻldi. Ularda afsonaviy

qahramonlarning jasorati, xudolarning

karomati haqida kuylangan. Gomerning

"Iliada" va "Odisseya", Dantening "Ilohiy

komediya", Firdavsiyning "Shohnoma"

asarlari D. janrining kad. namunalaridir.

D.lar, oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik

("Alpomish", "Farhod va Shirin"),

sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"),

ishqiy-romantik ("Tohir va Zuhra", "Layli

va Majnun"), jangnoma ("Yusuf va

Ahmad", "Saddi Iskandariy"), tarixiy-

memuar ("Shayboniynoma", "Jizzax



qoʻzgʻoloni"), falsafiy ("Hayrat ul-abror"),

fantastik-allegorik ("Lison uttayr"),

didaktik ("Qutadgʻu bilig") turga boʻlinadi.

Qahramonlik D.larida xalq, jamiyat takdiri

tasvirlansa, ishqiy-romantik D.larda

oshiq-maʼshuklarning sarguzashti bosh

oʻrinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud

tarixiy-biografik D.larda biror tarixiy

shaxslar ramziylashtirilib, boʻrttirib

tasvirlanadi. Umuman, D.larda

ideallashtirish, mubolagʻali tasvir ustun

boʻladi, ularda turli afsonalar, asotirlar,

hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar,

ajabtovur otlar ("Alpomish"dagi

Boychibor), sehr-jodu koʻp ishtirok etadi.

Xalq D.lari baxshi, dostonchi va xalq

shoirlari tomonidan dutor, doʻmbira va



xalq cholgʻu asboblari joʻrligida ijro

etiladi. Folklordagi D.lar bilan yozma

adabiyotdagi D.lar shaklshamoyili

jihatidan bir xil koʻrinishda boʻlsada,

yozma adabiyotdagi D.lar yozuvchining

dunyoni oʻziga xos tarzda idrok etishi,

baholashi va oʻz fikr-gʻoyalari,

orzuarmonlarini ifodalash tarzi, usulida

farqlanadi. Garchand, Navoiyning aksar

D.lari, jumladan, "Layli va Majnun", "Saddi

Iskandariy" asarlari asosida folklor

mavzui turgan boʻlsada, shoir ularni oʻz

estetik qarashlari va badiiy niyatidan

kelib chiqib tubdan qayta yaratgan.

Oʻzbek D.chiligi asrlar davomida oʻsib,

kamol topib, shakli rang-baranglashib




bordi. Oʻrxun-Yenisey yozuvida,

Avestoyaa, "Devonu lugʻotit turk" dagi

qadimgi D. parchalarida, turkiy xalqlar

mulki boʻlmish "Kitobi dodam Qoʻrqut"da

va ayniqsa "Alpomish", "Goʻroʻgʻli" turkum

D.larida oʻzbek D.chiligining taraqqiyot

yullari, davrlarini kurish mumkin. Navoiy

"Hamsa"si oʻzbek D.chiligi tarixida yuksak

choʻqqi boʻldi. "Hamsa"da, Gegel iborasi

bilan aytganda, "dunyoning qahramonlik

holati"ni tasvirlash kuchli, uning falsafiy-

axloqiy mazmuni chuqur, unda shaxs

barkamolligi, fozil in-son va adolatli

jamiyat targʻib etiladi, yaxshilik va

yomonlik ildizlari qidiriladi. 20-asrga

kelganda, oʻzbek D.lari hajman toraydi,

lirizm kuchaydi. Dunyoni, voqelikni va



inson ru-hiy olamini, ruhiy kechinmalarini

idrok etish va haqqoniy tasvirlash bosh

fazilat boʻlib qoldi (Mirtemirning "Surat"

dostoni). Hozirgi D.larga afsona, asotirlar

ham faol kirib keldi. E. Vohidovnit "Ruxlar

isyoni", A. Oripovning "Jannatga yoʻl"

D.larida ana shu yangiliklar yaqqol

kurinadi. Hozirgi zamon oʻzbek D.larida

drama janri belgilari (konflikt, dialog),

ayniqsa epik tasvir unsurlari faollashdi.

(E. Vohidov, "Istanbul fojiasi", O. Matjon,

"Paxlavon Mahmud" va boshqalar).

Bundan tashqari, shoirning his-tuygʻulari,

taassurotlari, oʻymushohadalari,

kechinmalaridan iborat boʻlgan lirik D.lar

ham yaratilmoqda. 20-asr oʻzbek




adabiyotida D.lar kamayishini roman janri

rivoji bilan izohlash mumkin. Voqelikni

afsona, asotirlar va ertaklar asosida

bayon etib, bolalarga moʻljallangan yirik

sheʼriy asarlar yozishda ham D. janridan

foydalaniladi.

[1]

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-



yil

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Manbalar



  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval Umarxon III tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Doston&oldid=2029509



" dan 

olindi 

Download 81,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish