O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Xodimlarning hisobiga doir hujjatlar



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/128
Sana31.12.2021
Hajmi4,18 Mb.
#216023
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128
Bog'liq
buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

4.1. Xodimlarning hisobiga doir hujjatlar. 
Mehnatga haq to’lashning nazariy asoslari. 
Mehnatga  haq  to’lash  jarayonida  xarajatlar  xom-ashyo  yoki  tugallanmagan 
ishlab  chiqarish  yo’nalishida  emas,  balki  ishchi  kuchiga  sarflanadi.  Mehnatga  haq 
to’lash tizimi shaxsiy tarkibga binoan amalga oshiriladi.  
Kadrlar bo’limi. 
Mehnat  haqi  bo’yicha  hisob-kitoblar  uchun  zaruriy  “shaxsiy  harakat  forma”  si 
hujjatlarini kadrlar bo’limi buxgalteriya bulimiga taqdim qiladi. Bu kabi hujjatlar ish 
tasnifi,  ish  haqidan  ushlanmalar,  soatbay  ish  haqidagi  o’zgarishlar  va  mehnat  haqi 
miqdorini aniqlashda yordam beradi. 
Xodimlar 
Kadrlar bo’limi terminallar orqali real vaqt rejimida xodimlar shaxsiy varaqasiga  
o’zgartirishlar  kiritadi.  Bu  o’zgarishlar  yangi  xodimlarining  ishga  qabul  qilinishi, 
mehnat shartnomasining bekor qilinishi, lavozim o’zgarishlari ushlab qolishlar va ish 
holati o’zgarishlari (to’lov stavkasi) kabi holatlarni  ham o’z ichiga oladi. 
Axborotlashtirilgan  ma’lumotlar  bazasi  orqali  korxonada  muayyan  vaqtda  o’z 
ish  faoliyatini  yuritayotgan  ishchi  xodimlarning  ro’yxati  yaratilib,  ushbu  ro’yxatga 
asosan  har  bir  ichchi-xodim  to’g’risida  batafsil  ma’lumotga  ega  bo’lish  imkonini 
beradi. 
Ishchini  ishga  qabul  qilish  mehnat  shartnomasi  va  u  imzolanganidan  keyin 
korxona  rahbarining  ishchini  ishga  qabul  qilish  to’g’risida  imzolagan  buyrug’i 
chiqarilishi  bilan  rasmiylashtiriladi.  Korxona  bo’yicha  xodimlar  jadvali  ishlab 
chiqiladi  va  tasdiqlanadi,  u  barcha  xodimlarning  ro’yxati  bo’lib,  ular  maoshining 
miqdori ko’rsatiladi. 
Xodimlar bo’limida har bir xodimga shaxsiy varaqa to’ldiriladi, rahbar xodimlar 
va  mutaxassislarga,  bundan  tashqari,  shaxsiy  varaqa  bir  xodim  ishga  qabul  qilish 
paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va ish haqini hisobga olishga doir 
barcha hujjatlarga ushbu raqam qo’yiladi
10
. (1-rasm) 
                                                      
10
 Accounting information systems. James A. HALL. 266-bet 


65 
 
Ishlab  chiqarishda  band  bo’lgan  ishchi  xodimlar  va  ma’muriyat  xodimlarining 
mehnat haqi xarajatlari hisobi alohida yuritiladi.  
Tegishlicha  rasmiylashtirilgan  birlamchi  hujjatlar  oy  oxirida  buxgalteriyaga 
topshiriladi,  buxgalteriya  xodimlari  ularni  diqqat  bilan  tekshiradilar,  so’ngra  har  bir 
xodimga  tegishli  bo’lgan  ish  haqini  hisoblaydilar  va  ma’lumotlarni  ishlov  berish 
uchun  
 
 
 
hisoblash  markaziga  topshiradilar.  Hisoblab  chiqarilgan  ish  haqi  xodimning  shaxsiy 
varaqasida ko’rsatiladi. 
Korxona buxgalteriyasi tomonidan ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblarni 
rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan asosiy registr bo’lib hisob-kitob qaydnomasi 
hisoblanadi.  
Xodimning ish kuni davomida ish haqini ishlangan vaqt miqdoridan va bir soat 
ish uchun belgilangan haq orqali aniqlanadi. 
Ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilar quyidagi hujjatlar asosida sarflangan 
vaqt hisobini olib boradi: 

Bajarilgan ish kartasi (job ticket); 

Ishlangan vaqt kartasi. (time cards). 
Tuzilishi bo’yicha ma’lumotnomalar oddiy va murakkablarga bo’linadi.  
Oddiy  ma’lumotnomalar  andozaviy  tuzilishga  ega:  kod,  nom,  qo’shimcha 
ma’lumotlar schyot bo’yicha xizmatlar. 
Murakkab  ma’lumotnomalar  o’z  ichiga  ma’lumotlarning  kiritilganligining 
ikkita  va  undan  ortiq  bosqichlarini  oladi.  U  yozuvlarning  katta  miqdorini  ekranda 
joylashtirib  bo’lmaydigan  katta  hajmdagi  ma’lumotlar  bilan  ishlash  uchun 
mo’ljallangan.  
Dastlabki  axborot  bazaga  birlamchi  hujjatlardan  kiritiladi.  Avtomatlashtirish 
uchun hisob bo’yicha quyidagi andozaviy birlamchi hujjatlardan foydalaniladi.  
-  moddiy  boyliklarning  harakati,  qabul  qilish  dalolatnomasi,  yuk  xati, 
ro’yxatdan chiqarish dalolatnomasi,  


-  moliyaviy  –  hisoblash  operatsiyalari  to’lov  topshiriqnomasi,  kirim,  chiqim 
kassa orderi va boshqalar;  
- asosiy vositalar;  
- mehnat va ish haqi (tabel, naryad);  
- tayyor mahsulotlar – dalolatnomasi. 
Birlamchi  hujjatlarning  axborotlari  asosida  tezkor  axborotlarning  fayllari 
shakllantiriladi,  ularga  tegishli  ma’lumotnomalarni  axborotlari  avtomatlashtirilgan 
usulda kiritiladi.  
Bajarilgan  ish  kartasida,  ishchining  har  birlik  mahsulotga  sarflagan  vaqti 
hisobga olinadi. Ishlangan vaqt kartasida  – ish joyida bo’lgan vaqti hisobi yuritiladi. 
So’ngra  ushbu kartalardan ishchilarning mehnat  haqini hisoblash  maqsadida kadrlar 
bo’limiga yuboriladi.  
Ishchilarning  kunlik  ish  vaqti  grafigi  muntazam  olib  boriladi.  Kartadagi  vaqt 
kunlik ish vaqtini hisobga oladi. Umumlashtirilgan kunlik ma’lumotlar haftalik tarzda 
kadrlar bo’limiga yuboriladi. Ta’rif stavkasidan kelib chiqib, hisob-kitoblarni amalga 
oshirishni nazarda tutadi. 
Korxona  mehnatga  haq  to’lashning  shakli,  tizimi,  hamda  qo’shimcha  to’lovlar 
miqdorini mustaqil ravishda aniqlaydi, amaldagi qonunchilikka binoan. Xodimlarning 
asosiy daromad manbai bo’lib, ish haqi hisoblanadi. 
Ish  haqi  xarajatlari  mahsulot  ishlab  chiqarishda  qilinadigan  xarajatlarning  asosiy 
qismini  tashkil  qiladi.  Ish  haqi,  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  bir  qismi  bo’lib 
mahsulot tannarxini va pirovard natijada korxonaning foydasiga ta’sir ko’rsatadi. 
Korxona buxgalteriyasining asosiy vazifasi bo’lib ish haqi to’g’ri hisoblanishi va 
o’z vaqtida berilishi hisoblanadi. 
Aniq  biror  bir  mansab  bilan  bog’liq  bo’lmagan,  xodimlar  haqida  umumiy 
axborotlarni  saqlash  uchun  (pasport  ma’lumotlari  va  boshqalar)  menyu  Kadrlar 

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish