O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/128
Sana31.12.2021
Hajmi4,18 Mb.
#216023
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

Yoyilma 
(Расшифровка) 
tugmachasining 
mavjudligi bilan ajralib turadi. 
 
7.8.Standart hisobotlar 
Standart  hisobotlar  buxgalteriya  hisobining  schyotlari  bo’yicha  qoldiq  va 
oborotlari, subkonto va buxgalteriya o’tkazmalari bo’yicha ma’lumotlarni olish uchun 
xizmat qiladi. 
Standart hisobotlar asosan ichki iste’molchilar buxgalteriya hisobni yurituvchilar 
uchun mo’ljallangan. 
7.9.Universal hisobotlar 
Buxgalteriya hisobi registrlari ikkiyoqlama yozuv usuliga muvofiq yuritiladigan 
jurnallar, qaydnomalar, kitoblar va tasdiqlangan blankalardan (shakllardan) iboratdir. 
Buxgalteriya  hisobi  registrlari  texnika  vositalaridan,  axborot  tizimlaridan  va 
axborot  texnologiyalaridan  foydalanilgan  holda  elektron  hujjat  tarzida  yaratilishi, 
ishlov berilishi va saqlanishi mumkin. 
Buxgalteriya  hisobi  registrlarida  boshlang’ich  hisob  hujjatlaridagi  ma’lumotlar 
tizimlashtirilishi va to’planishi kerak. 
Buxgalteriya  hisobi  registrining  majburiy  rekvizitlari  quyidagilardan  iborat: 
registrning nomi; 
buxgalteriya hisobi sub’ektining nomi; 
                                                      
17
 http://uz.denemetr.com/docs/768/index-211739-1.html?page=4  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
   
 
   
 
 
 
.  


registrni  yuritish  boshlangan  hamda  tugallangan  sana  va  (yoki)  registr 
tuzilgan  davr;  xo’jalik  operatsiyalarining  xronologik  va  (yoki)  tizimli 
guruhlanishi; 
xo’jalik operatsiyalarining o’lchov birligi ko’rsatilgan holda puldagi o’lchov 
miqdori;  registrni  yuritish  uchun  mas’ul  bo’lgan  shaxslarning  lavozimlari, 
familiyalari hamda 
ismi  va  otasi  ismining  bosh  harflari  ko’rsatilgan  holdagi  imzolari  yoki  ushbu 
shaxslarni identifikatsiya qilish uchun zarur bo’lgan boshqa rekvizitlar. 
Buxgalteriya  hisobi  registrlariga  tasdiqlanmagan  tuzatishlar  kiritilishiga  yo’l 
qo’yilmaydi. 
Registrlar  deganda  –  turli  xil  shakldagi  jadvallar  bo’lib,  ularga  buxgalteriya 
hisobining  dastlabki  hujjatlari  va  ma’lumotlar  bazasi  asosida  to’ldiriladi.  Registrlar 
uch guruhga bo’linadi: - Ma’lumotlar registrlari; 

Jamg’ariladigan 
registrlari; -  Buxgalteriya 
registrlari. 
Regsitrlarning  asosiy  vazifasi  hujjatlar  asosida  shakllangan  ma’lumotlarni 
saqlash  hisoblanadi.  Quyidagi  jadvalda  guruhlar  bo’yicha  registrlar  namunasi 
keltirilmoqda. 
Ma’lumotlar registrlari 
Jamg’ariladigan registrlari  Buxgalteriya registrlari 
Ma’lum kombinatsiya yoki 
vaqt 
bo’yicha 
yoilgan 
ma’lumotlarni 
saqlash 
uchun 
mo’ljallangan 
registrlardir. 
Material,  pul,  tovar  va 
boshqalar 
to’g’risidagi 
axborotning  mavjudligi  va 
ularning  harakati  haqida 
ma’lumotlarning 
hisobi 
uchun foydalaniladi. 
Registrlar yakuniy 
ma’lumotlarni ko’rsatadi 
Xo’jalik 
operatsiyalari 
buxgalteriya 
hisobida 
qanday 
aks 
ettirilishini 
ko’rsatib 
berishda 
foydalaniladi.  Yuu  ob’ekt 
o’z  mavjud  emas,  lekin  u 
aniq 
buxgalteriya 
hisobining  schyotlar  rejasi 
bilan bog’langan. 
Masalan, 
Soliqlar stavkasi. 
Hisob  
siyosati 
 
bo’yicha 
ma’lumotlar. 
Amortizatsiya 
 
parametrlari 
bo’yicha  ma’lumotlar.  Va 
boshqalar 
Masalan, 
Hisoblangan YaST. 
Daromadlar  to’g’risdagi 
ma’lumotlar va JShDS. 
O’rtacha ish haqi. 
Va boshqalar. 
Masalan, 
Buxgalteriya 
 
o’tkazmalari kitobi. 


115 
 
 
Kross-jadval/ro’yxat  hisobot  tanlab  olingan  sanada  jamg’ariladigan  registrlari 
bo’yicha  qaydnomalarni  olishga  imkon  beradi.  Registrning  ma’lumotlari  ro’yxat 
shaklida yoki kross-jadval ko’rinishda chiqarilishi mumkin. 
 
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi sub’ektining hisobot sanasidagi moliyaviy 
holati,  hisobot  davridagi  faoliyatining  moliyaviy  natijasi  va  pul  mablag’larining 
harakati to’g’risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir. 
Yillik  moliyaviy  hisobot  quyidagilarni  o’z  ichiga 
oladi:  buxgalteriya  balansi;  moliyaviy  natijalar 
to’g’risidagi  hisobot;  pul  oqimlari  haqidagi  hisobot; 
xususiy  kapital  to’g’risidagi  hisobot;  izohlar,  hisob-
kitoblar va tushuntirishlar. 
Xalqaro  standartlar  bo’yicha  tuziladigan  moliyaviy  hisobotga  doir  talablar 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi. 
Buxgalteriya  hisobi  sub’ekti  moliyaviy  hisobotni  tuzishda  mustaqil  balansga 
ajratilgan  o’z  vakolatxonalarining,  filiallarining  va  boshqa  tarkibiy  bo’linmalarining 
buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak. 
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi. 
Byudjet  tashkilotlarining  moliyaviy  hisoboti  byudjet  to’g’risidagi  qonun 
hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi. 
Moliyaviy  hisobotning  tarkibi  va  mazmuni  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Banklar  va  boshqa  kredit  tashkilotlari  moliyaviy  hisobotining  tarkibi  hamda 
mazmuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. 


1  yanvar  -  31  dekabr  kalendar  yili  yillik  moliyaviy  hisobotning  hisobot 
davridir. 
1  yanvardan  boshlab  davriy  moliyaviy  hisobot  tuzilayotgan  davrning  hisobot 
sanasini ham qamrab olgan davr kalendar yil mobaynida tuziladigan davriy moliyaviy 
hisobot uchun hisobot davridir. 
Yangidan  tashkil  etilgan  yuridik  shaxslar  uchun  yuridik  shaxs  huquqi  qo’lga 
kiritilgan  sanadan  boshlab  o’sha  yilning  31  dekabriga  qadar  bo’lgan  davr,  yuridik 
shaxs bo’lmaganlar uchun esa, ular davlat organlarida ro’yxatdan o’tkazilgan sanadan 
boshlab  o’sha  yilning  31  dekabriga  qadar  bo’lgan  davr  birinchi  hisobot  yili  deb 
hisoblanadi. 
Agar  yuridik  shaxs  (byudjet  tashkilotlaridan  tashqari)  1  oktyabrdan  keyin 
ro’yxatga olingan bo’lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi. 
Ro’yxatdan  o’tilguniga  yoki  yuridik  shaxs  huquqi  olinguniga  qadar  amalga 
oshirilgan  xo’jalik  operatsiyalari  to’g’risidagi  ma’lumotlar  birinchi  hisobot  yilining 
moliyaviy hisobotiga kiritiladi. 
Moliyaviy  hisobot  quyidagilarga  taqdim 
etiladi: davlat soliq xizmati organlariga; ta’sis 
hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; 
davlat  statistika  organlariga;  qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga. 
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin. 
Moliyaviy  hisobot  yilning  har  choragida  taqdim  etiladi.  Kichik  korxonalar  va 
mikrofirmalar  buxgalteriya  balansidan  hamda  moliyaviy  natijalar  to’g’risidagi 
hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi. 
Moliyaviy  hisobotni  taqdim  etish  muddatlari  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  buxgalteriya 
hisobining  ayrim  sub’ektlari  uchun  moliyaviy  hisobotni  taqdim  etishning  boshqa 
muddatlari belgilanishi mumkin. 

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish