Mahsulot va xizmatlarning tannarxi hisob-kitob-ma’lumotnomasi hisobot
oyida ishlab chiqarilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlar tannarxiga ishlab
chiqarish xarajatlarini taqsimlashni ko’rsatadi.
Bilvosita xarajatlarni taqsimlash hisob-kitob-ma’lumotnomasi hisobot oyida
umumishlab chiqarish va umumxo’jalik xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab
chiqarishga taqsimlash ko’rsatadi.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish hisob-kitob-ma’lumotnomasi hisob
hujjati hisoblanadi. Hisobot oyida ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo’shilgan
xarajatlar tarkibi va ularning miqdoriy hamda puldagi xarakteristikasi ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |