22
Matn yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq:
a) matnni o‘qing, rus tarjima qiling;
b) O‘zbekiston Milliy bog‘i bayramda qanday bo‘lishini ta’riflab bering.
c) tasvir asosida xalq sayli mavzusida ixcham bayon yozing.
d) Navro‘z bayrami dasturini yozing.
GRAMMATIKA.
O’zbek tilida so’z yasalishi.
O'zbek tili lug'at tarkibidagi (shuningdek nutqimizda qo'llanadigan) so'zlar
dastlab tub va yasama so'zlarga bo'linadi. Masalan: paxta-tub so'z, paxtakor esa
yasama so'z; bug'doy, rang so'zlari alohida-alohida olinganda tub so'zlar, ammo
bug'doy rang (rangning bir turi)-yasama so'z; tog'-tub so'z, ammo tog'ma-tog'
yasama so'z; besh, o'n tub so'zlar, o'n besh yasama so'z; qo'l, so'zlari alohida-alohida
tub so'zlar sanalsa, qo'l qo'ydi yaxlit holda yasama so'z hisoblanadi.So'z yasovchi
affiksi bo'lmagan so'zlar tub so'z deyiladi. Ma'lum bir so'z negizida ma'no jihatidan
(ba'zan ham ma'no, ham grammatik jihatdan) undan farqlaydigan yangi so'z (yangi
leksik birlik) hosil qilish so'z yasash deyiladi, qiyoslang: ish- ishchan, jon-jonlandi,
oq-oqla, g'alla-g'allazor. Hozirgi o'zbek tilida so'z yasashning asosan ikki usuli
ajratiladi: 1) affiksasiya (yoki morfologik) usuli; 2) kompozisiya (yoki sintaktik)
usuli; O'zakka so'z yasovchi qo'shimcha qo'shish orqali yangi leksik birlik hosil
qilish affiksasiya usuli bilan so'z yasashdir.Masalan: mevali daraxt, serhosil yer kabi
birikmalardagi mevali, serhosil yasama so'zlar bo'lib, ular meva o'zagiga-li, hosil
o'zagiga ser-affikslarini qo'shish orqali yasalgan so'zlardir.Ikki va undan ortiq so'z
formalarining (ko'pincha mustaqil so'zlarning qo'shilib (yoki tizilib) bir so'zga
aylanishi kompozisiya usuli bilan so'z yasashdir.Masalan: belbog', oshqazon,
mehmondo'st, so'z boshi, bir yuz o'n, ahd qilmoq, bir oz va boshqalar.Juftlik modeli
(qolipi) da qo'llangan ayrim so'zlar ham yasama so'z sanaladi, masalan: yildan-yilga,
zo'r-bazo'r, uyma-uy kabi.O'zbek tilida so'zlar tuzilish jihatdan ham turlarga
ajratiladi, chunonchi: sodda so'z, qo'shma so'z, juft so'z (takroriy so'z), murakkab
so'z. Sodda so'z bitta o'zak morfemasi bo'lgan so'zdir. Masalan: bola, bolalik,
bolalar, bolalarimiz kabi.Kunboqar, gultojixo'roz, Oqqo'rg'on, sohibjamol kabi
so'zlar qo'shma so'z deyiladi. Bu kabi so'zlar ikki va undan ortiq so'z yoki so'z
formalaridan tashkil topib, bir urg'uga birlashadi va bir tushunchani ifodalaydi.
Tarkibi alohida-alohida yoziladigan leksik va grammatik ma'nolari ayrim holda
ham, bir butunlik hosil qilgan holda ham izohlanishi mumkin bo'lgan so'zlar
murakkab so'z deyiladi. Masalan: to'q sariq, och jigar rang, yigirma besh ming,
borib keldi, sotib yubordi kabi.Nutqimizda qo'llanadigan opa-singil, non-pon, tog'-
23
tosh, onda-sonda, tez-tez, xirmon-xirmon, chala-chulpa, o'n-o'n besh, suv-puv kabi
so'zlar juft so'z deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |