Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna



Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/398
Sana31.12.2021
Hajmi4,06 Mb.
#215865
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   398
Bog'liq
Ozbek tili oum

 
Matn yuzasidan topshiriqlar. 


154 
 
1-topshiriq: 
a) matnni o‘qing; 
b) matn yuzasidan savollar tuzing, mazmunini so‘zlab bering; 
c) matnni rus tiliga tarjima qiling; 
d)  I.A.Karimov  asarlarining  mazmun-mohiyati  nimalardan  iborat?  Fikringizni 
bildiring. 
 
 
GRAMMATIKA.Маtn tahlili va tahriri. 
 
Matnni tahrir qilish. 
      
Matnni  tahrir  qilish  uchun  dastlab  u  bilan 
yaxshilab  tanishib,  to‘lig‘icha  o‘qib  chiqish, 
masalaning mohiyatini tushunib olish lozim.  Birinchi 
o‘qishdanoq 
tuzatishlar 
kiritishga 
shoshilish 
xatoliklarga  olib  kelishi,  bu  tuzatishlar  muallif 
muddaosini  anglamasdan  amalga  oshirilgan  bo‘lishi 
mumkin.  Matn  haqida  tasavvurga  ega  bo‘lingandan 
keyin,  matn  til  jihatdan  tahrir  qilinadi.  Bunda 
so‘zlarning  imlosi  ham,  tinish  belgilari  ham,  uslubiy 
kamchiliklar  ham  e’tibordan  chetda  qoldirilmaydi. 
Mana  shu  tuzatishlar  jarayonida  asosiy  matndagi 
ba’zi  o‘rinlar  kengaytirilishi,  olib  tashlanishi, 
o‘zgartirilishi mumkin. 
Axborot  texnologiyalari  rivojlanayotgan  hozirgi 
vaqtda  matnni  qiyoslash  usulida  yangi  qadam 
tashlandi.  Bunga  muharrirning  mehnati  zamonaviy 
texnika vositalari bilan ta’minlanganligi sabab bo‘ldi. 
Muharrir matn talqinlarini qiyoslash uchun, ularni bir 
vaqtda  displey  ekraniga  chaqirish  imkoniga  ega 
bo‘ldi. 
 Bunday qiyoslash ham qulay. Chunki ikki qiyoslanuvchi talqin muharrir ko‘z 
o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ladi va qulaylik tug‘diradi. 
   Biror  so‘z  yoki  biror  iboraning  ma’nosi  haqida  fikr  bildirishda  uning  turli 
muqobillari bilan izohlash mumkin. Tilshunoslik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, “pishib 
yetilmagan”  so‘zlarni  ikkinchisi,  ya’ni  maqbul  varianti  bilan  almashtirib  yoki 
o‘rnini,  ifodasini  o‘zgartirib  erkin  birikmaga  kirishida  ma’naviy  farqlanishini 
kuzatish zarur. 
Muharrir  matn  bilan  tanishar  ekan,  u  haqiqiy  mutaxassis,  bilimdon  sifatida 
namoyon bo‘lishi kerak.  
Tahrir ma’naviyat, 
madaniyat va 
ma’rifatga bevosita 
daxldor jarayondir. 
Tahrir so‘zi arabcha 
bo‘lib, yozma ishni
asarni tuzatishlar 
kiritib yaxshilash, 
tuzatish ma’nolarini 
anglatadi. 
 
 


155 
 
Tafsilotlarga    chuqur  va  keng  qamrovli  nazar 
tashlay  olganlargina  ishining  haqiqiy  ustasi  sifatida 
muharrirlikni kasb qilib olgan «hunarmand»lardan farq 
qiladi.  O‘z  ishining haqiqiy  bilimdonigina  arzimasdek 
tuyulgan  g‘ayriodatiy  narsada  ham  katta  ma’no 
ko‘radi, zero uni chuqur tushunadi. Muharrir mutolaasi 
ko‘p  jihatdan  ilmiy  mutolaaga  o‘xshab  ko‘rinadi.  Har 
ikkala  o‘qishda  ham  tushunarsiz  bo‘lgan  hech  narsa 
qolmasligi 
lozim. 
Bunda 
tushunarsiz 
ifoda 
qolmasligidan  tashqari,  matndagi  murakkab  bandlarni 
chuqur mulohaza qilib ko‘rish, mazkur mavzu bo‘yicha 
adabiyotlar  bilan  tanishish  shart.  Lekin  shuni 
unutmaslik kerakki, bunday vaziyatda to‘la aynanlikka 
erishish amrimahol. 
Muharrirlik  faoliyati  andozaviylikni  mutlaqo  rad 
etadi.  Zero,  tuzatishning  har  qanday  matnga  nisbatan 
qo‘llash mumkin bo‘lgan qolipi yo‘q. Muharrir tuzatish 
usulini o‘zi tanlash huquqiga ega, lekin bu usul to‘g‘ri, 
asoslangan  bo‘lishi  lozim,  Shuningdek,  uni  to‘g‘ri 
qo‘llay bilishi ham kerak. 
Musahhih  va  muharrir  o‘qishidagi  maqsad  alohida, 
boshqa-boshqadir. 
Musahhih 
chop 
etishga 
tayyorlangan matnni o‘qish jarayonida uning tahrirdan 
chiqqan,  muallif  bilan  kelishilgan  va  tasdiqlangan 
matniga to‘la mos ekanligiga erishadi. Matnni imloviy, 
tinish  belgilari  bilan  bog‘liq  xatolardan  holi  qiladi. 
Ensiklopedik 
asar 
matnidagi 
qisqartmalar 
va 
havolalarni  bir  xildaligi  va  aniqligini  ta’minlaydi. 
Izohlar  matndagi  ko‘rsatkichlarga  mosligi  va 
hokazolarni  to‘g‘riligini  tekshiradi,  shuningdek,  zarur 
tuzatishlarni amalga oshiradi. 
Muharrirning o‘qib tuzatishidan maqsadi matnni 
sidirg‘a  o‘qishdan  iborat.  Muharrir  bu  tur  o‘qishni 
amalga 
oshirganda 
uning 
mazmuni, 
tuzilishi 
(kompozitsiyasi)dagi,  shuningdek,  uslubiy  xatolarni 
aniqlaydi.  O‘qish  jarayonida  muharrir  geografik 
nomlar,  shaxslar  ismi  va  familiyalari,  taxalluslari  bir 
xil  berilishi,  iqtiboslar,  raqamlar,  sanalar  aniq 
bo‘lishiga 
e’tibor 
qaratadi, 
uzunlik, 
miqdor 
Tahrir uslubiyatida 
tuzatishning to‘rt turi 
farqlanadi. Bular 
quyidagilar: 
a) o‘qib tuzatish
b) qisqartirib tuzatish; 
s) ishlov berib tuzatish;  
d) o‘zgartirib tuzatish. 
 
Mohirona amalga 
oshirilgan tuzatishlar 
matnning yaxlitligi va 
mazmuniy uyg‘unligiga 
putur yetkazmaydi. 
Aksincha, uning 
tuzilishidagi ayrim 
nuqsonlarni istisno 
etadi, muallif fikrini
g‘oyasini 
oydinlashtiradi.
 
Tahrir usulida asosiy 
e’tibor matn talqin 
(variant)larini 
qiyoslashga qaratiladi. 
Bunda, ya’ni qiyoslash 
jarayonida, tabiiyki
tuzatishlar kiritiladi, 
natijada matnning ikki 
talqini yuzaga keladi: 
birinchisi, 
muvaffaqiyatsiz 
chiqqani bo‘lsa, 
ikkinchisi tuzatilgan 
namunasi.
 


156 
 
o‘lchamlarining  o‘rinliligi  va  to‘g‘riligini  tekshiradi. 
Shuningdek,  sarlavhalarning  matn  bilan  uyg‘unligi, 
mosligini; tasvirlar osti yozuvlarining rasm, chizmaga 
mosligini tekshirish ham uning vazifasiga  kiradi. 
Ayrim 
hollarda 
bunday  o‘qish  tahririyatning  malakali  va  tajribali 
mutaxassisiga 
topshiriladi, 
lekin 

materialni 
tayyorlagan muharrirning zinhor o‘rnini bosa olmaydi. 
Uning  vazifasi  matndagi  kamchiliklarni  aniqlash, 
ko‘rsatish,  tuzatish  emas.  Ammo,  tabiiyki,  aniq 
ko‘rinib  turgan  punktuatsion,  grammatik,  imloviy  xatoliklar  bundan  istisno. 
Shuning  uchun  bunday  o‘quvchining  malakasi  juda  yuqori  bo‘lgan  taqdirda  ham 
mazkur jarayonda yetakchi muharrir ishtirok etadi va muammolarni hal qiladi. 
Matnda  qisqartirib  tuzatishlarni  amalga  oshirishdan  maqsad,  avvalo,  matn 
hajmini  kichraytirish  va  shu  yo‘l  bilan  uni  maqbul  o‘lchamga  keltirish,  qolaversa, 
ortiqchaliklardan holi qilishdir.  
 
2-topshiriq. FSMU jadvalini to‘ldiring.  
Nimaga  asoslanib  Islоm  Kаrimоvni  taniqli  jаmiyatshunоs  оlimlar  qatoriga 
kiritamiz?  
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 4,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish