Taekvando [koreyscha: taz-oyoq, kvon - qo‘l, do-yo‘l: oyoq va qo‘llarning harakat yo‘li, usuli] - Erkak va ayollarning o‘z vazn toifalarida (yakka va
jamoaviy), belgili qoidalar asosida, oyoq va qo‘llar bilan zarbalar berishdan iborat
sport kurashi turi. Xalqaro taekvando federatsiyasi. Tashabbus [tirishqoqlik; barqarorlik, qat’iylik; g‘ayrat, tashabbus] - Biror
ishga boshlovchi, da’vat etuvchi sa’y-harakat, g‘ayrat. Ilg‘orlar tashabbusi bilan boshlangan musobaqa. Tashabbus ko‘rsatib ishlamoq. Karate [yap. “hech narsasiz, yalang qo‘l bilan”] - Qurolsiz o‘zini o‘zi
himoya qilishning yaponcha tizimi: raqib tanasining og‘riydigan, eng nozik
joylariga qo‘l yoki oyoq bilan zarbalar berishga asoslangan sport turi. Xalqaro
105
karate federatsiyasi. Kurash - Yiqitish, g‘olib chiqish uchun ikki kishi o‘rtasidagi, ma‘lum qoidaga
asoslangan olishuv, o‘zaro bellashuv. Milliy o‘zbеk kurаshi хаlqаrо spоrt turlаri qаtоridаn jоy оldi;