Og’zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o’qib tushunish.
Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash.
Matndagi munosabat bildirib so’zlash. Mavzu bo’yicha bahs-munozarada ishtirok
etish.
Chempion [ingl. champion < fr. champion - jangchi; kurashchi] -
Sportning biror turi bo‘yicha shahar, viloyat, mamlakat yoki jahon birinchiligi
uchun o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi bo‘lgan sportchi yoki sport jamoasi. Bugun
hammaning og‘zida bir gap: Rustam Qosimjonov - shaxmat bo‘yicha jahon
chempioni!
Boks [ingl. box - musht urish, zarb] - Ikki raqibning maxsus qo‘lqop kiyib,
ma’lum qoidalar asosida yakkama-yakka mushtlashish musobaqasi. Harbiyda boks
sportiga qiziqib, razryad ham olibdi.
Inshoot [qurilishlar, binolar] - Turli maqsadlar uchun qurilgan binolar va
ularning uskuna-jihozlari. Gidrotexnik inshootlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |