Axborot kommunikatsion texnologiyalar


IV BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,8 Mb.
#215814
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   132
Bog'liq
АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИ Ўкув Кулланма

IV BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING 
APPARAT-DASTURIY VOSITALARI 
 
4.1§ Axborot himoyasini ta’minlashning dasturiy vositalari 
 
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoya ostiga olish deganda, 
berilayotgan,  saqlanayotgan  va  qayta  ishlanilayotgan  axborotni  ishonchliligini 
tizimli  tarzda  ta’minlash  maqsadida  turli  vosita  va  usullarni  qo‘llash,  tashkiliy 
choralarni ko‘rish va amaliy tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan. 
Arxivlangan  fayl-bu  faylning  ixchamlangan,  siqilgan  holati.  Amalda  fayllar 
bilan  ishlashda,  ya’ni  fayllarni  bir  kompyuterdan  ikkinchi  kompyuterga 
ko‘chirishda,  diskka  joylashda,  saqlab  qo‘yishda,  elektron  pochta  orqali  axborot 
yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug‘iladi.  
Fayllarni arxivlash - fayllarni arxivlash jarayoni orqali siqilgan, ixchamlangan 
holatda  diskda  saqlash  demakdir.  Arxivlash  qattiq  disk  ishdan  chiqishi  yoki 
faylning  tasodifan  o‘chirilishi  sodir  bo‘lgan  hollarda  joriy  faylni  qayta  tiklash 
uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo‘llaniladi.  
Umuman  arxivlash  -  bu  uzoq  muddat  saqlanuvchi  fayllar,  kam 
qo‘llaniladigan, eski hujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm 
va  boshqalarni  saqlash  uchun  qo‘llaniladi.  Arxiv  bir  qancha  qismlardan  iborat 
bo‘lishi va unda har bir fayl alohida ko‘rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv 
fayllari  ko‘p  tomli  deb  ataladi.  Shunday  arxivlardan  katta  hajmli  ma’lumotlarini 
qismlarga  bo‘lib  disketalarga  sig‘adigan,  qulay  ko‘rinishga  keltirish  uchun 
foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi. 
Arxiv  hosil  qilish  jarayoni  arxivlash  (arxivatsiya)  deyiladi.  Siqilgan  faylni 
eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar 
guruhi,  to‘liq  fayllar  strukturasi  bo‘yicha  yoki  papkalar  bo‘yicha  ham  qilish 
mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko‘p bo‘lsa, ularni oldin bitta papkaga 
yig‘ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan 
holdagi ma’lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi. 


69 
Arxivlash  jarayonida  ayrim  fayllar  juda  yaxshi  ixchamlanishi, ba’zi  hollarda 
arxivlash  natijasida  boshlang‘ich  fayl  10-20  baravar  siqilishi  ham  mumkin. 
Masalan,  dastur  fayllariga  nisbatan  tekst  va  rasm  fayllari  ancha  yaxshi 
ixchamlanadi. 
Hozirgi  kunda  har  xil  arxivatorlar  bir-biridan  siqish  darajasi,  tezligi, 
foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo‘yicha farq qiladi. Foydalanuvchi 
har  xil  turdagi  arxiv  fayllarini  kengaytmasi  bo‘yicha  farqlaydi.  Siqish  turi  shu 
arxivning formati deyiladi. 
Arxivlangan  fayl  arxivda  qaysi  fayllar  borligini  bildiruvchi  sarlavhaga  ega 
bo‘ladi.  Arxiv  sarlavhasida  unda  saqlanuvchi  har  bir  fayl  uchun  quyidagi 
ma’lumotlar saqlanadi: 
­  fayl nomi; 
­  fayl saqlanuvchi katalog haqida ma’lumot;  
­  faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti
­  faylning diskdagi va arxivdagi o‘lchami; 
­  arxivning  to‘liqligini  tekshirishda  ishlatiladigan  har  bir  faylning  tsiklik 
tekshirish kodi. 
Arxiv  fayllari  oddiy  fayllar  kabi  nomlanadi.  quyida  biz  Windows  muhitida 
fayllarni arxivlash uchun yaratgan WinRar dasturi bilan tanishib chiqamiz. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish