17
sifatida ko‘rish masalasini hal etish bilan birga quyidagi omillar milliy xavfsizlikni
ta’minlash tizimida axborot xavfsizligining etakchi o‘rin egallashini belgilaydi:
milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash
axborot va axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga
oshiriladi;
inson va uning huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik
qilish - bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obyektlari, balki xavfsizlik
sohasidagi barcha xavfsizlik obyektlarining asosiy elementlari hamdir;
axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali
milliy xavfsizlik masalalarini hal etish mumkin;
milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tavsifiga ega.
Yuqoridagi fikrlarning tasdig‘i sifatida yurtimizda hukumat tomonidan
axborot xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda. Shuningdek, hozirda
alohida axborot xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan markaz ham
faoliyat yuritmoqda.
Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Axborot xavfsizligi va
jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi” davlat muassasasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston
Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-1989-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2013 yil 16 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzurida
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini
ta’minlash markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” 250-sonli
qarorlariga muvofiq tashkil qilingan.
Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi kompyuter hodisalari bo‘yicha
axborotni yig‘ish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini ta’minlashga texnik va
konsultativ yordam berish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona davlat muassasasi
hisoblanadi.
Markaz faoliyatining asosiy maqsadi – iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va
18
sohalarida axborotni muhofaza qilishning zamonaviy vositalari va metodlarini
yanada rivojlantirish va keng joriy qilishni ta’minlash, shuningdek, Internet milliy
foydalanuvchilarini hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlarini axborot xavfsizligiga tahdidlar to‘g‘risida ogohlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 oktyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga
ko‘maklashish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 838-
sonli qaroriga asosan, quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilangan:
axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash, davlat organlari axborot tizimlari, resurslari va
ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni
ta’minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni operativ qabul
qilish bo‘yicha tavsiyalar va
takliflar ishlab chiqish;
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalanish
sohasida
huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa
tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar
makonidagi
ruxsatsiz
yoxud
buzuvchi
harakatlarni
amalga
oshirishda
foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda telekommunikatsiyalar
tarmoqlarining operatorlari va provayderlari, huquqni muhofaza qilish organlari
bilan hamkorlik qilish;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini
attestatsiyadan o‘tkazish;
davlat organlariga axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish;
davlat axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek
Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida
19
axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor
qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha maslahat xizmatlari
ko‘rsatish;
Jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash tizimini to‘laqonli tashkil
etish maqsadida “Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini ichki ishlar
organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari hamda
“Elektron hukumat” tizimlariga integratsiya qilinishi sharti bilan yaratish;
“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish va
keyinchalik uni butun respublika hududi bo‘yicha joriy etish konsepsiyasini ishlab
chiqish;
jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida faoliyatning
samaradorligi va tezkorligini oshirish uchun yagona navbatchi-dispetcherlik
xizmati va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yangi texnologiyalardan
foydalangan holda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida
tegishli qonun va normativ-huquqiy hujjatlar, davlat standartlari hamda qoidalarni
ishlab chiqish;
belgilangan vazifalarga muvofiq axborot xavfsizligi va jamoat huquq-
tartibotini profilaktika qilish va ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni tashkil
qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: