Xotiraning boshqalaridan farq qiluvchi turi – statik operativ xotira mavjud
(Static RAM — SRAM). Bu nomlanishni qo‘yilishi shundaki, dinamik operativ
xotira (DRAM) dan farqli ravishda uning tarkibini doimiy regeneratsiya qilish
talab etilmaydi. Bu uning yagona sifati emas. SRAM dinamik operativ xotiraga
nisbatan tezkor sanaladi va zamonaviy protsessorlar ishlovchi chastotada ishlay
SRAM ga kirish vaqti 2 ns. dan ortiq emas; bu shuni bildiradiki bu kabi
xotira bilan 500MGts va undan yo‘qori chastotali protsessorlar bilan sinxron
ishlash mumkin. Har qaysi bitni saqlash ushun SRAM qurilmasi olti tranzistorli
klasterdan foydalanadi. Tranzistorlardan qaysidir kondensatorlarsiz foydalanish
regeneratsiya zarur emasligini bildiradi. (Demak, hech qanaqa kondensatorlar
mavjud bo‘lmasa, u holda zaryadlar yo‘qitilmaydi.) Qachon elektr ta’minot tusha
borsa, SRAM xotiraga saqlash kerak ekanligini tushunadi. Unda nima uchun
SRAM mikrosxemalari butun xotira tizimida ishlatilmaydi? SRAM ni Dinamik
23
operativ xotira bian taqqoslanilganda tezkorligi yo‘qori, zichligi esa past, narxi esa
yo‘qori. Zichlik pastligi shundaki, SRAM mikrosxemalari katta gabaritlarga ega
bo‘lib, ularning axborot sig‘imi past bo‘ladi. Ko‘p sondagi tranzistorlar va ularning
klasterlashtirilganligi, nafaqat SRAM mikrosxemalari gabaritini oshiradi, balki
DRAM mikrosxemalariga o‘xshash parametrlar bilan taqqoslanilganda uning
texnomanik jarayoni narxini sezilarli darajada oshiradi.
Masalan, DRAM moduli hajmi 128 Mbayt yoki undan ko‘p bo‘lsa, shu
vaqtda o‘lchami taxminan unga teng SRAM moduli hajmi 2 Mbayt ni tashkil etadi
va ularning bari bir xil bo‘ladi. Shunday qilib, SRAM gabaritlari dinamik operativ
xotira o‘lchami 30 marta oshadi, shuningdek, bunda uning narxi haqida ham
shunday deyish mumkin. Bularning barchasi SRAM xotira tipidagilarni shaxsiy
kompyuterarda operativ xotra sifatida ishlatishga qarshilik qiladi.
Shunga qaramasdan, ishlab chiquvchilar SRAM tipidagi xotirani ShK
effektivligini oshirish uchun ishlatishadi. Ammo sezilarli darajada narxni
oshishidan kesh-xotira sifatida unchalik katta bo‘lmagan tezkor SRAM xotirasi
o‘rnatiladi. Kesh-xotira taktli chastotada ishlaydi, bu protsessor taktli chastotasiga
yaqin va unga teng bo‘lib, bu xotira o‘qish va yozish protsessorlarida ishlatiladi.
Ma’lumotlarni o‘qish jarayonida tezkopr kesh-xotira operativ xotiradan past
tezlikda yozib oladi, ya’ni DRAM dan. Dinamik operativ xotira kirish vaqti 60 ns
dan kichik bo‘lmasligi kerak (16 MGts taktli chastotaga mos keluvchi). Agarda
shaxsiy kompyuter 16 MGts taktli chastotada (yoki undan past) ishlasa, kesh kerak
bo‘lmasligi uchun DRAM tizimli plata va protsessor bilan sinxronlashtirilgan
bo‘lishi kerak. Protsessor taktli chastotasi 16 MGts ga ko‘tarilsa, DRAM ni
protsessor bilan sinxronlashtirish mumkin bo‘lmay qoladi, shu sababli ishlab
chiquvchilar shaxsiy kompyuterlarda SRAM ni ishlatishni boshladilar. Bu 1986 va
1987 yillarda, 16 va 20 MGts chastotada ishlovchi 386 protsessorli ShK paydo
bo‘lganidan keyin boshlandi. Aynan shu shaxsiy kompyuterlarda dastlabki kesh-
xotiralar ishlatildi, ya’ni protsessor bilan ma’lumotlarni almashib turuvchi SRAM
mikrosxemalariga o‘rnatilgan tezkor bufer. Keshning tezkorligini protsessor
tezkorligi bilan solishtirish mumkin, kesh nazoratchisi protsessorga ma’lumotlar
24
talabini bilishi va tezkor kesh-xotiraga zaruriy ma'lumotlarni yuklaydi. U holda
protsessorga beriladigan xotira manzili ma’lumotlari operativ xotiradan emas, balki
tezkorligi birmuncha past bo‘lgan tezkor keshdan yuboriladi.
Kesh – xotira “soddalik” miqdorini qisqartirishga va kompyuter tezkorligini
oshirishga imkon beradi. Ma’lumotlarni protsessorda hisoblash jarayonida kutish
vaqtini minimallashtirish uchun zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda odatda ikki
tipdagi kesh-xotira qaraladi: birinchi darajali kesh-xotira (L1) va ikkinchi
Do'stlaringiz bilan baham: