7-Laboratoriya ishi:
Oqava Suvlarining sifati va uni tozalashning asosiy usullari
Suvning sifat ko’rsatkichlari quydagilarga bo’lnadi
Fizik ko’rsatkichlar: temperstura, suv tarkibidagi muallaq zarrachalarning
bo’lishi, rangi, xidi, mazasi va boshqalar.
Ximyaviy ko’rsatkichlar: qattiqligi, ishqoriyligi, aktivligi, oksidlanishi, quruq
cho’kma mavjudligi va boshqalar.
Biologik va bakterialogik ko’rsatkichlar: bakterialarning umumiy soni, koli
indeks va boshqalar.
Suvning xarorati
Mavsumga qarab yer usti suvlarining xarorati katta oraliqlarda o’zgaradi. (0.1
C dan 30 C gacha) yer osti suvlari nisbatan turg’un xolda (8-12 C gacha) qulay
ko’rsatgich 7-11 C gacha
Loyqaligi
Suvda qum, loy, zarrachalari, suv o’tlari, yomg’ir, yerigan muzlar, toshqinda
qirg’oqlarini yuvilishi natijasida xosil bo’ladigan iflosliklar. Muallaq zarrachalar
birnecha mg/l dan (ko’l, suv ombori) bir necha yuz mg/l (toshqin daryolarda) va
hatto birnecha ming mg\l gacha (O’rta osiyo daryolari) Gost 2874-82 tog’ ichimlik
suvi bo’ycha muallaq zarrachalar 1.5mg\l dan oshmasligi kerak
Rangi
Platina kobalt shkalasi bo’ycha taqqoslanadi. yerning yuqori qatlamida torfli,
botqoqli qismidan sizib o’tgan suv havzalarida suv o’tlari sifatida
115
tarqaluvchi yuqori molekulyali moddalardir. Suvning rangi gradusda
o’lchanadi 200 dan oshmasligi kerak . sanoatda suv rangiga katta ahamyat berladi.
Xidi va mazasi
Organik moddalar birikmalarning bo’lishi bilan belgilanadi. O’tkir xidli va
tamli suvni 5 balli sistemada aniqlanadi. Gost bo’yicha xidi va mazasi suv xarorati
200C da 2 baldan oshmasligi kerak
Erigan moddalarning bo’lishi
Erigan moddalarning umumiy miqdori (gazlardan tashqari) suvda yerigan
moddalarning quruq qoldiq xoldagi miqdori bilan aniqlanadi. Filtirlangan suvning
bug’langandan keyingi qoldiqni ko’rib o’zgarmas massaga ega bo’lgandagi og’irlik
xissoblanadi. Meyori 1000 mg\l ayrim xollarda 1500 mg\l dan oshmasligi kerak.
PH aktivligi
Ichimlik suvi uchun PH-6÷9 undan past ko’rsatkichlari beton va temirni
yemiradi.
Qattiqligi
Magniy va kaltsiy tuzlarining bo’lishi bilan belgilanadi. Korbanat qattiq
suvlardagi magniy va kaltsiy tuzlarining nordon birikmalari va korbanatsiz qattiq
suvlarni magniy va kaltsiyning boshqa tuzlari. (sulfatlar, xloridlar, nitradlar) ning
bo’lishi bilan belgilanadi. Umumiy qattiqlik ulining yig’indisidan iborat. 7 mg\l dan
oshmasligi kerak SES tomonidan ayrim xollarda 10mg\l gacha ruhsat beriladi. Suv
agrigatligi so-500mg\l xloridlar-350 mg\l . kaltsiy va magniyning suvdagi sulfat va
xloridli tuzlarini korbanatsiz qattiqligini belgilaydi.
Ftorning bo’lishi
Muxit sifatiga bog’liq bo’lib 0.7-1.5 mg\l bo’lishi kerak
Temir birikmasining bo’lishi
0.3 mg\l bo’lishi kerak 1mg\l ga SES ruxsat bergan dog’ bo’lishi bilan ko’rnadi
(engil sanoatda materialni sifatini buzadi)
Azot birikmalarining bo’lishi
Nitral NO5
Nitral NO5 Amoniy tuzi NH larning birikmalari Gost 2874-82 bo’ycha nitrallar
45 mg\l dan oshmasligi kerak.
Gazlarning bo’lishi
Kislorod O 2 nordon uglerodli gazlar bva oltin gugirtning HS vodorodli
birikmasi karroziyaga olib keladi O2 va SO 2 suv sifatiga ta’sir ko’rsatishi xam
lekin korroziya temir metalga ta’sir ko’rsatadi. Oltingugurtning suvdagi brikmalari
xid beradi.
Bakterial zararlanishi
1 ml suvdagi bakteriya bo’lishi bilan belgilanadi. Gost bo’ycha 100 ta bakterya
1ml da 100donadan oshmasligi kerak Kasallik tarqatuvchi ichak tayoqchalarning
1litr suv dagi soni- koli indeks yoki 1ta ichak tayoqchasi bo’lgan eng kam suv
miqdori- koli titr. Gost bo’ycha 1 litr suvda 3 ta ichak tayoqchasi ruhsat etiladi.
Ichimlik suvida shuningdek 0.05mg/l-mishyak 1mg/l-mis 5mg/l-tsink 0.003-
ruh 0.5mg/l-alyuminiy
Mavzu yuzasidan savollar:
1.Tabiiy suvlarning sifat ko’rsatkichlari qanday?
2. Suvning sifatini yaxshilash inshootlarining asosiy vazifalari, ularda
kechadigan texnologik jarayonlar nimalardan iborat?
3. Suv tozalash stantsiyalarining asosiy va yordamchi inshootlari qanday?