10-modda. Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari jumlasiga o‘z mablag‘lari, jalb
etilgan mablag‘lar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan
moliyalashtiriladigan davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar, dori vositalari, tibbiy
buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek farmatsevtika faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar kiradi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga taalluqli davolash-profilaktika
muassasalari fuqarolarning ayrim guruhlariga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatadilar. Bunday
xizmatlarning hajmi, ro‘yxati, ularni ko‘rsatish tartibi hamda kompensatsiyasi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy
yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash masalalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qarori bilan tasdiqlangan Imtiyozli toifaga kiruvchi
bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davolash
qiymatini to‘lash tartibining V-bo‘limida belgilangan.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli “O‘zbekiston
Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonining 5-bandiga
muvofiq nodavlat davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan, aholiga pulli tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi
xususiy davolash-profilaktika muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadigan ro‘yxatga muvofiq imtiyozga ega bemorlarga 20 foizga qadar bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi
va bu xizmatlar budjet hisobidan moliyalashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli
“Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil
10-noyabrdagi PF-2107-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “1998-2005-yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh
qilish konsepsiyasi”ning 2 bo‘limi.
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarida faqat qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda qo‘llanilishiga ruxsat etilgan profilaktika, tashxis qo‘yish hamda davolash
vositalaridan foydalaniladi.
Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlari belgilangan tartibda tibbiy
hujjatlarni yuritishi hamda statistika ma’lumotlarini taqdim etishi shart.
(10-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-118-sonli Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 40-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |