7-modda. Sog‘liqni saqlash tizimi
O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari
yig‘indisidan iborat yagona sog‘liqni saqlash tizimi amal qiladi.
8-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni
saqlashni boshqarish organlari, ularning shahar va tuman bo‘linmalari kiradi. Davlat sog‘liqni
saqlash tizimiga davlat mulki bo‘lgan va davlat sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruv
organlariga bo‘ysunuvchi davolash-profilaktika va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tibbiyot va
farmatsevtika xodimlari tayyorlaydigan hamda ularni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazadigan
o‘quv yurtlari, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari,
sud-tibbiy ekspertiza muassasalari, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab
chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq
boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar kiradi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy-tadqiqot institutlarining klinikalari, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari,
muassasa va tashkilotlari barpo etadigan davolash-profilaktika muassasalari va dorixonalar
davlat sog‘liqni saqlash tizimiga kiradi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat
tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko‘rsatadi. Bepul tibbiy yordam ko‘rasatish
hajmi va tartibi qonun hujjatlar bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Bepul tibbiy yordam ko‘rsatadigan davolash-profilaktika muassasalari ro‘yxati O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash
tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni bilan
Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari tomonidan davlat budjet mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam
ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslarning ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2008-yil 18-martdagi 48-sonli qarori bilan Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Davlat budjeti mablag‘lari
hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tasdiqlangan. Imtiyozli toifaga
kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablag‘lari hisobiga
davolash qiymatini to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-
sonli qarori bilan tasdiqlangan (2-ilova).
LexUZ sharhi
Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Davolash-profilaktika muassasalarida budjet
mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyotga oid mahsulotlarni tarqatish, hisobga olish
va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibi (ro‘yxat raqami 639, 18.02.1999-y.).
Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmining belgilangandan ortiqcha
tibbiy va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatish qo‘shimcha xizmatlar bo‘lib, aholi tomonidan
belgilangan tartibda haq to‘lanadi.
LexUZ sharhi
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashhis qo‘yish va davolash sifati
standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam
ko‘rsatish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-sonli qarori
bilan belgilangan (1-ilova).
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida
ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son
Qonuniga muvofiq uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y.,
5-son, 124-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |