31-modda. Ixtisoslashgan tibbiy yordam
Ixtisoslashgan tibbiy yordam profilaktika, tashxis qo‘yish, davolashning va murakkab
tibbiy texnologiyalardan foydalanishning maxsus usullarini taqozo etuvchi kasalliklarga
chalingan fuqarolarga ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashgan tibbiy yordam davolash-profilaktika muassasalarida mutaxassis
shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladi.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Sog‘liqni saqlash muassasalarida ko‘rsatiladigan ixtisoslashgan tibbiy yordamning
turlari, hajmi va sifat standartlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |