27-modda. Tibbiy aralashuvni rad etish
Fuqaro yoki uning qonuniy vakili tibbiy aralashuvni rad etish yoki uning to‘xtatilishini
talab qilish huquqiga ega, ushbu Qonunning 28-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno. Bunday hollarda shifokor yozma tasdiqnoma olishga, agar tasdiqnoma olishning iloji
bo‘lmasa — tibbiy aralashuvni rad etishni guvohlar ishtirokida tegishli dalolatnoma bilan
guvohlantirib olishga haqlidir.
Basharti tibbiy aralashuvni bemorning qonuniy vakili rad etsa va bu hol bemor uchun
og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lsa, shifokor bu haqda vasiylik va homiylik
organlarini xabardor qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |