Kartografiya va geovizuallashtirish



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/143
Sana31.12.2021
Hajmi5,08 Mb.
#213978
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   143
Bog'liq
GE-UZ Cartography and Geovisualization Safarov E UZ

Internet  (International  Network  –  Xalqaro  kompyuter  tarmog‗i)  butun 
dunyoni  qamrab  olgan  yagona  tilda  muloqot  qiluvchi  kompyuterlarning  global 
tarmog‗idir. Hozirgi kunda internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100 
millionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 5–10% ga ortib bormoqda.  
Tarmoqdagi  barcha  kompyuterlar  TCP/IP  tili  deb  nomlangan 
tarmoqprotokollaridan  foydalanadi  va  bu  til  orqali  o‗zaro  ma‘lumot 
almashadi:TCP  (Transmission  Control  Protokol–Uzatishlarni  boshqarish 
protokoli),  IP  (Internet  Protokol–Internetprotokoli).  Bular  birga  standart  tilni 
tashkil etadi va global tarmoq kompyuterlari ma‘lumotlarni almashadi. 
Internet dastlab 1969 yilda Amerika Qo‗shma Shtatlarihukumatiga qarashli 
ilg‗or  tadqiqot  loyihalar  agentligi  (Advanced  Research  Projects  Agency) 
tomonidan yo‗lga qo‗yilib, u ARPANet deb atalgan. Uning dastlabki maqsadi bir 
universitetdagi  tadqiqot  kompyuteri  bilan  ikkinchi  universitetdagi  tadqiqot 
kompyuterlari  orasida  ―suhbat‖ni  amalga  oshirish  bo‗lib,  o‗sha  davr 
nuqtainazaridan  ARPANetning  afzalligi  shunda  ediki,  xabar  bir  necha  tarmoq 
orqali  yuborilishi  va  hatto  tarmoqning  bir  qismi  ish  holatida  bo‗lmasa  ham, 
tarmoqning qolgan qismi o‗z vazifasini bajarishda davom eta olishi mumkin edi. 
Bugungi  kunda  esa  internet  dunyo  bo‗ylab  yuz  millionlab  insonlarning 
foydalanishi mumkin bo‗lgan jamoatchilik ishlarini yuritish, o‗z-o‗zini boshqarish 
tashkilotlari uchun qulay vosita sifatida o‗z o‗rniga ega bo‗lib bormoqda. Moddiy 
jihatdan  olib  qaralganda,  internet  foydalanuvchilari  butun  bir  jamoa  sifatida 
telealoqalar  tarmoqlarining  bir  qismi  hisoblansa-da,  texnik  jihatdan  internetning 
TSR/IP  protokollari  foydalanuvchilaridir.  Internetning  eng  keng  foydalaniladigan 


 
 
120 
qismi  esa  WWW  hisoblanib,  uning  o‗ziga  xos  xususiyati  –“hypertext”gipermatn 
yordamida  internetning  istalgan  qismiga  sayohat  qilish  mumkin.  WWW 
internetning  bir  qismigina  bo‗lishiga  qaramasdan,ko‗pchilik  ularni  bir-birining 
o‗rnida ham ishlatishini kuzatishimiz mumkin.  
1995 yil 24 oktyabrda Federal Network Council (FNC) internetning ta‘rifini 
keltirgan rezolyutsiyani taqdim qildi. Bu ta‘rif Internet boshqaruvi va Intellectual 
Property  Rights  jamiyatlari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  bo‗lib,  ushbu 
rezolyutsiyada internet quyidagi tarzda ta‘riflanishiga kelishildi:  
•  IP  ga  asoslanib  yoki  uning  kengaytmalaridan  foydalanib  global  yagona 
manzil bilan mantiqiy bog‗langan; 
•  TSR/IP  dan  yoki  uning  kengaytmalaridan  foydalangan  holda  aloqani 
ta‘minlaydigan; 
•  foydalanuvchilar uchun, butun omma va alohida cheklangan soha uchun 
yuqori  darajadagi  aloqa  tizimini  ta‘minlaydigan  global  axborot  tizimiga  internet 
tarmog‗i deyiladi. 
Oddiy  texnologiya  bo‗lishiga  qaramasdan,internet  ko‗plab  odamlarning 
hayot  tarziga  aylanib  qoldi.  Bugungi  kunda  internet  har  qanday  sohaga  tegishli 
ma‘lumotlarni  qidirib  topishning  eng  maqbul  vositasiga  aylanib,  har  kuni  undan 
millionlab kishilar, mutaxassis hamda nomutaxassislar foydalanib kelmoqda. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish