Kartografiya va geovizuallashtirish



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/143
Sana31.12.2021
Hajmi5,08 Mb.
#213978
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143
Bog'liq
GE-UZ Cartography and Geovisualization Safarov E UZ

Joylashtirish.Sana  kiritilishi  bu  –  karta  tarkibidagi  ikkilamchi  darajadagi 
ma‘lumotlardan  biri  hisoblanadi  va  shu  sababli  uni  kiritishda  yaqqol  ko‗zga 
tashlanmaydigan  sohaga  boshqa  ikkilamchi  darajali  karta  elementlari  bilan  birga 
tasvirlash  maqsadga  muvofiq.  ―Mualliflik‖  tushunchasi  orqali  kartani  yaratuvchi, 
tahlillarni  amalga  oshiruvchi  va  karta  maketi  tarkibida  ma‘lumotlarni 
umumlashtirishni  amalga  oshiruvchi  odam  yoki  tashkilot    nazarda  tutiladi.  Karta 
yaratilishi bittadan ortiq mualliflar tomonidan amalga oshirilgan bo‗lsa, mualliflar 
tarkibi  to‗liq  ko‗rsatilishiga  amal  qilinadi,  biroq  kartada  mualliflik  ma‘lumotlari 
nafaqat  uni  yaratishni  amalga  oshirgan  korxona,  balki  uning  mualliflari  bilan 
birgalikda  iloji  boricha  bitta  nomlanish  orqali  aks  ettirilishi  maqsadga  muvofiq 
hisoblanadi.  Kartada  mualliflik  ma‘lumotlari  karta  yaratuvchisi  emblemasi  bilan 
aralashtirib yuborilmasligi kerak. Masalan, kartada mualliflik ma‘lumotlari yonida 
keltiriluvchi  emblema  –  bu  kartada  keltirilgan  asosiy  ma‘lumotlarning  tahlillari 
amalga  oshirilgan,  karta  maketi  loyihalashtirilgan  tashkilotga  yoki  ushbu 
yaratiluvchi  kartaga  homiylik  qilgan  tashkilotga  tegishli  hisoblanadi.  Mualliflik 
axborotlari – bu kartadan foydalanuvchi tomonidan ma‘lumotlarning qulay tarzda 
olinishini  ta‘minlab  berish  talab  qilinuvchi  matndir.  Kartaning  yaratilishida 
sezilarli  hissa  qo‗shgan  tegishli  muassasa  haqidagi  ma‘lumotlar  karta  tarkibida 
qandaydir  sohaga  mualliflik  ma‘lumotlari  kiritilganidan  keyin,  unga  nisbatan 
ko‗rinib turuvchi shakldagi sohaga kiritilishi talab qilinadi. 


 
 
77 
Kartaning nashr qilinishi uchun javobgarlik va mas‘uliyatni o‗z zimmasiga 
oluvchi shaxs ko‗rsatilishi,  ma‘lum bir savollar yuzaga kelgan vaziyatlarda (yoki 
ayrim kamchiliklar ko‗zga tashlangan holatda) murojaat qilish uchun ham muallif 
ko‗rsatilishi  talab  qilinishi  muhim  hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  ushbu  muallif 
tomonidan  keltirilishicha,  mualliflik  ma‘lumotlarida  asosiy  mualliflar  nomi 
yaratilgan  karta  tarkibida  ko‗pincha  umumlashgan  axborotlar  tarkibida  ko‗zga 
tashlanmasligi  mumkin,  biroq  kartani  tashkilot,  bo‗lim  yoki  qandaydir  quyi 
tashkilot  bo‗limlari  emas,  balki  aynan  odamlar  yaratganligi  va  ular  kim  ekanligi 
haqida ma‘lumotga ega bo‗lishimiz muhimdir.  
Mualliflik  yoki  karta  ishlab  chiqarilgan  tashkilot  emblemasi  kartaning 
asosiy nomi yoki sarlavhasidan keyin bevosita kartaning burchak sohasiga matn va 
emblema  ko‗rinishida  yoki  alohida  tarzda  kiritilishi  maqsadga  muvofiq.  Agar 
mualliflik  ma‘lumotlari  kartaning  nomlanishi  tagida  keltirilsa,  u  holda  biz  karta 
mualliflari  haqidagi  batafsil  ma‘lumotlarni  va  ulardan  foydalanishda  ayrim 
qulayliklarni kuzatishimiz mumkin.  
Mualliflik ma‘lumotlari tarkibi o‗z ichiga karta yaratilgan tashkilot, uning 
joylashish manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (e-mail), internet sayti 
kabilarni  qamrab  olishi  talab  qilinadi.  Ayrim  tasodifiy  amaliyot  namunalari 
tarkibida  mualliflik  ma‘lumotlarining  alohida  ko‗rinish  va  shakllarda  berilishini 
ham  kuzatish  mumkin,  biroq  ushbu  vaziyatlarda  kuzatuvchining  karta  loyihasi 
mualliflari  haqidagi  asosiy,  umumiy  ma‘lumotlarni  tugallangan  tarzda  tushuna 
olishi  hisobga  olinishi  talab  qilinadi.  Bu  ko‗rinishdagi  uslublar  ko‗pincha  GAT 
karta  loyihalarida  samarali  tarzda  qo‗llaniladi.  Masalan,  karta  loyihasining  bir 
nechta  mualliflar  tomonidan  yaratilishi  holatida  ularni  alohida  ajratib  ko‗rsatish 
maqsadlarida bo‗sh joy qoldirilishi orqali aks ettirilishida foydalaniladi.  

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish