Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


BO‘LAJAK PEDAGOGDA KASBIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

BO‘LAJAK PEDAGOGDA KASBIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY 
VAZIFALARI 
Amonova Maqsuda  Savurovna 
Buxoro tuman 18- umumiy òrta ta'lim maktab boshlanģich  sinf òqituvchisi 
 
Bo‘lajak  pedagog-tarbiyachilar  kasbiy  rivojlanishlarini  ta’minlashga  yo‘naltirilgan  pedagogik 
jarayonni tashkil etishda talabalarning mavjud bilimlari, kasbiy mayllari, ehtiyojlarini o‘rganish lozim. 
Pedagog-tarbiyachilar  o‘z  faoliyatlari  davomida  hamkasblari  va  bolalar  jamoasi  orasida  sog‘lom 
muhitni vujudga keltira olishlari, jamoada obro‘ qozonishlari kerak. 
Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar, birinchi navbatda, ijodkor, keng tasavvur, dunyoqarash va tafakkur, 
kuchli  xotira,  yuqori  darajada  hissiy  o‘z-o‘zini  boshqarish  layoqatiga  ega  bo‘lishlari  zarur.  Bo‘lajak 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarida bunday sifatlarning hosil bo‘lishida auditoriyadagi o‘quv 
jarayoni  bilan  bir  qatorda  pedagogik  amaliyot  ham  muhim  o‘rin  egallaydi.  Talabalarning  pedagogik 
amaliyotda  faol  ishtirok  etishlari,  tajribali  metodistlar  va  tarbiyachilarning  ish  faoliyatlari  bilan 
tanishishlari, ulardan kasbiy mahorat sirlarini o‘rganishlari istiqbolda o‘z pedagogik faoliyatlarini samarali 
tashkil  etishlari  uchun  zarur  hisoblanadi.  Bo‘lajak  pedagog-tarbiyachilarning  ilg‘or  tajribalarni 
o‘rganishlari  ularning  o‘z  kasbiy  rivojlanish  darajalarini  ob’ektiv  baholashlari,  mavjud  bo‘shliqlarni  o‘z 
vaqtida ko‘ra olishlariga ko‘maklashadi. 
Bo‘lajak  pedagog-tarbiyachilar  kasbiy  rivojlanishlarini  ta’minlashga  yo‘naltirilgan  pedagogik 
jarayonni tashkil etishda talabalarning mavjud bilimlari, kasbiy mayllari, ehtiyojlarini o‘rganish lozim. 
Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarda quyidagi kasbiy sifatlar shakllangan bo‘lishi lozim: 
Bilimdonlik, vaziyatni o‘z vaqtida va to‘g‘ri baholay olish, ijodkorlik, mulohazalilik, kuchli xotira 
va mustaqil fikrlash layoqatiga egalik tezligi, mantiqiy xulosa chiqara olish, diqqatning barqarorligi kabi 
intellektual sifatlar. 
Fikrni to‘g‘ri va ta’sirchan bayon qila olish, nazokat bilan so‘zlash, xushmuomalalilik, hozirjavoblik, 
samimiylik, o‘zgalar fikrini tinglay olish, mustaqil fikrga ega bo‘lish, bolalar bilan dialog o‘rnata olish kabi 
kommunikativ sifatlar. 
Qat’iyatlilik, jur’atlilik, shijoatlilik, mardlik, jasurlik, tartib-intizomlilik, vaziyatni to‘g‘ri baholash 
hamda  oqilona  qarorlar  qabul  qila  olish,  vazminlik,  insonparvarlik,  mehribonlik,  mehr-shafqatlilik, 
mustaqillik,  shijoatlilik,  jismoniy  barkamollik,  faollik,  sabr-toqatlilik,  bardoshlilik,  chidamlilik, 
harakatchanlik kabi irodaviy sifatlar. 
Nafosat hissiga egalik, ozodalik, saranjom-sarishtalik, jozibadorlik, qaddi- qomatni to‘g‘ri tuta bilish, 
nutqning ta’sirchan bo‘lishiga erishish, emotsionallik, ijodkorlik, improvizatsiya va fantaziyaga moyillik 
kabi estetik sifatlar. 


 
98 
 
Shu  bilan  bir  qatorda  oliy  pedagogik  ta’lim  jarayonida  tahsil  olayotgan  bo‘lajak  pedagog-
tarbiyachilar ijtimoiy-g‘oyaviy jihatdan yetuklik, ijtimoiy faollik, faol fuqarolik pozitsiyasi kabi sifatlarga 
ham ega bo‘lishlari kerak. 
Bo‘lajak  pedagog-tarbiyachilarda  kasbiy  shakllanish  jarayoni  kommunikativ  ko‘nikmalar  va 
pedagogik  mahoratni  egallashdan  boshlanadi.  Bo‘lajak  pedagog-tarbiyalarning  kasbiy  tayyorgarligini 
ta’minlashga xizmat qiladigan bilimlarni ularga taqdim etishda zamonaviy yondashuvlar, konsepsiyalarga 
tayanish lozim. Shunga ko‘ra,bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarga zamonaviy kasbiy bilimlarni taqdim etishda 
xalqaro  tajribalarni  ham  alohida  hisobga  olish  kerak.  Chunki  maktabgacha  ta’limning  bugungi  kungi 
taraqqiyot  darajasi,  uni  ta’minlovchi  pedagogik-psixologik  bilimlarni  o‘zlashtirmasdan  turib,  yetuk 
mutaxassis bo‘lish mumkin emas. 
Abu Rayhon Beruniy insonni tabiatning uzviy ajralmas qismi sifatida talqin qiladi. Shunga ko‘ra, u 
o‘zining pedagogik qarashlarida inson, uning baxt-saodati, ta’lim- tarbiyasi va kamoloti kasbiy faoliyatning 
asosini belgilashini ta’kidlaydi. 
Alisher Navoiy  esa o‘zining bir qator “Hayrat-ul  Abror”, “Farhod va  Shirin”,  “Saddi  Iskandariy” 
kabi  asarlarida  inson  muayyan  bir  kasbni  egallashi  lozimligi,  uning  ustasi  bo‘lishi  zarurligini  ijtimoiy 
ehtiyoj mahsuli ekanligini e’tirof etadi. 
Ko‘rinib  turibdiki,  bo‘lajak  pedagog-tarbiyachilarni  kasbiy  faoliyatga  tayyorlashda  dastlab  kasbiy 
ehtiyojni shakllantirish, ularning qiziqish va mayllarini aniqlash asosida ularga pedagogik mahorat sirlarini 
o‘rgatish, bosqichma-bosqich kasbiy tayyorgarlik darajasini tahlil etish asosida o‘quv jarayoniga tuzatishlar 
kiritishi talab qilinadi. 
Qobiliyat  shaxsning  muayyan  faoliyatni  egallashga  layoqatlilik  darajasini  ifodalaydi.  Layoqat-bu 
nasldan-naslga  o‘tadigan  irsiy  xususiyat  bo‘lib,  insonda  barcha  turdagi  faoliyatga  nisbatan  layoqat 
kurtaklari mavjud. Lekin bu layoqatlar o‘z-o‘zidan qobiliyat darajasiga ko‘tarilmaydi. Buning uchun qulay 
ijtimoiy-pedagogik  muhit,  sharoit  va  shaxsning  faolligi  zarur.  Bularning  barchasi  kasbiy  faoliyatni 
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Kasbiy- pedagogik qobiliyat tadrijiy tarzda rivojlanadi. 
Bo‘lajak  pedagog-tarbiyachi  o‘z  kasbini  chuqur  o‘zlashtirishi,  pedagogik  jarayonlarni  samarali 
boshqarish san’atini egallashi lozim. Buning uchun u bolalarda yangi bilimlar va ko‘nikmalar hosil qilishi, 
ularning  rang-barang  faoliyatlari,  bilish  jarayonlarini  samarali  boshqarish  mahoratini  egallashi  kerak.  U, 
birinchi  navbatda,  tarbiyalanuvchilar  orasida  jamoani  shakllantirishi,  ularni  mashg‘ulotlarga  jalb  qila 
bilishi, kasbiy ko‘nikmalaridan o‘z o‘rnida foydalana olishi talab qilinadi. 
Pedagog-tarbiyachining muhim sifatlaridan biri bolalarni sevishdir. Bolalarni sevish tarbiyachilarga 
ularda muayyan ko‘nikmalarni osongina shakllantirish imkonini beradi.Bola qalbiga yo‘l  topish, u bilan 
samimiy  muloqotga  kirishish,  uni  har  tomonlama  rivojlantirish  ta’lim  jarayoniga  tayyorlashda 
tarbiyachilarga qulaylik tug‘diradi. 
Pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar mashg‘ulotlar mazmunini bolalarga 
tushunarli tarzda bayon etishi, ularni mustaqil fikrlash, faollikka o‘rgatishi, qiyin topshiriqlarni oson bayon 
qilish usullarini topishi, bolalar bilan osongina muloqot o‘rnata olishi, maktabgacha ta’lim pedagogikasi va 
psixologiyasiga oid manbalar bilan tanishishi, ular ustida ishlay olishi, o‘zining kasbiy rivojlanishi yo‘lida 
mustaqil  bilim  olishi,  tarbiyalanuvchilarning  psixologik  holatini  his  eta  olishi,  ularning  qalbini  zabt  eta 
olishi,  ertak  va  topishmoqlarni  bolalarga  jonli,  obrazli  o‘qib  bera  olishi  lozim.  Shu  bilan  bir  qatorda, 
tarbiyalanuvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish vositalari, usullari va metodlarini puxta egallagan bo‘lishi 
zarur. 
Adabiyotlar : 
1. 
Ahmadxo‘jayev  H.  T.,  Mirdadayev  K.M.,  Qozoqov  O.S. Menejment va strategiyani 
boshqarish. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2004. – 36-39-b. 
2. 
Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Voris, 
2006. – 264 b. 
3. 
Zvereva V.I. Organizatsionno-pedagogicheskaya deyatelnost rukovoditelya shkolы. – 2-e 
izd., pererab. i dop. – M.: Novaya shkola, 1997. – 320s. 
4. 
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Ta’lim menejmenti. – Toshkent, 2006. – 73 b. 
5. 
Kalinin  I.V.  Strategiya  podbora    kadrov  kak  stilevaya  xarakteristika  upravlencheskoy 
deyatelnosti rukovoditelya: Diss kand. psixol. nauk. – M., 1996. – S. 33-36. 
6. 
Komilov N., Begmatov A., Quronov M. Rahbar va xodim. – Toshkent: Akademiya, 1998. 
– 170 b. 
7. 
Murakayev I.U., Saifnazarov I.S. Menejment asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 
8. 
2001. – 191 b. 


 
99 
 
9. 
Petrovichev  V.M.  Regionalnoye  obrazovaniye:  organizatsiya,  upravleniye  razvitiyem.  – 
Tula: Priokskoye izd., 1994. – S.6. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish