Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

Birinchi  tashabbus –  yoshlarning  musiqa,  rassomlik,  adabiyot,  teatr  va  san’atning  boshqa  turlariga 
qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. 
Ikkinchi tashabbus –  yoshlarni  jismoniy  chiniqtirish,  ularning  sport  sohasida  qobiliyatini  namoyon 
qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. 
Uchinchi tashabbus – aholi va ва yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan  samarali 
foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 
To‘rtinchi tashabbus –  yoshlar  ma’naviyatini  yuksaltirish,  ular  o‘rtasida  kitobxonlikni  keng  targ‘ib 
qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. 
Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlash masalalarini nazarda tutadi. 
Davlat rahbarining bu ezgu g‘oyasi O‘zbekiston xalqi, ayniqsa, yoshlari tomonidan katta qiziqish   bilan 
qarshi olinib, qisqa vaqt ichida mamlakat bo‘ylab keng quloch yozdi. 
Kelgusida  real  hayotga  keng  joriy  etiladigan  ushbu  besh  tashabbusga  ko‘ra,  hududlardagi  madaniyat 
markazlari,  musiqa  va  san’at  maktablarining  moddiy-texnik  bazasi  va  ulardan  foydalanish  holati  keskin 
yaxshilandi, yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha yana 1,5 mingta to‘garak tashkil etiladi. Hatto 
eng chekka qishloqlardagi madaniyat markazlarida ham badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari 
va «Yoshlar klublari» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 


 
63 
 
Shuningdek,  mamlakat  miqyosidagi  12  mingdan  ziyod  sport  inshootiga  yoshlarni  maksimal  darajada 
qamrab olish choralari ko‘rilib, barcha umumta’lim maktablari sport anjomlari bilan to‘liq jihozlanadi. Shu bilan 
birga,  olis  va  chekka  hududlarda  yengil  konstruksiyali  sendvich  panellardan  kichik  sport  zallari  va  sun’iy 
qoplamali maydonlar quriladi. Bolalar va  o‘smirlar sport maktablari soni yanada ko‘paytiriladi. 
Yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga 
o‘rgatish masalalari bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar asosida barcha hududlarda Raqamli texnologiyalar o‘quv 
markazlari  tashkil  etiladi.  Bu  maskanlarda  elektron  tijorat  va  dasturlash  bepul  o‘rgatiladi,  axborot 
texnologiyalari sohasida bisnes bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar shakllantiriladi, «startap» loyihalarga yordam 
ko‘rsatiladi. Shuningdek, 2021-yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar 
va  yuqori  tezlikdagi  internet  tarmog‘i  bilan  ta’minlash  bo‘yicha  chora-tadbirlar  rejasi  ishlab  chiqilib, 
bosqichama-bosqich amalga osiriladi. Yangi tashkil etiladigan kompyuter o‘yinlari markazlari yosh avlodning 
bilim va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan test, viktorina, rivojlanish strategiyalari va boshqa foydali 
dasturlar bilan ta’minlanadi. 
Yoshlarda  kitobxonlik  ko‘nikmalarini  mustahkamlash  maqsadida,  yangi  tashabbus  doirasida 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  va barcha  viloyatlarga 1  million nusxadan  kam  bo‘magan  miqdorda  kitoblar 
yetkazib berildi. Shuning barobarida, har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob do‘koni tashkil 
etiladi, ko‘chma kitob pavilyonlari joylashtirilib, «Bibliobus»lar orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona 
xizmatlari ko‘rsatib boriladi. 
Umuman,  yoshlarning  ta’lim  olishi,  kasb-hunar  egallashi,  yetuk  insonlar  bo‘lib  ulg‘ayishi  yo‘lida 
zamonaviy, ilg‘or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini 
ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, 
vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, 
unung  samarasi  ham  shuncha  yuqori  bo‘ladi.  Shu  bois  O‘zbekiston  jamiyatning  faol  qatlami  sifatida  e’tirof 
etiluvchi   yoshlar  qatlamiga  «muammo»  deb  emas,  balki  yurt  ravnaqini  ta’minlovchi  katta  kuch,  davlatning 
strategik resursi sifatida qaramoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga 
ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti. 
Ta’lim inson rivojlanishining muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanib, jamiyatning muhim muammolarini 
hal  etishda  ham  u  asosiy  o‘rin  egallaydi.  Ta’lim  inson  rivojlanishining  muhim  tarkibiy  qismi  sifatida  qator 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va gumanitar muammolarni bartaraf etishga mislsiz ta’sir ko‘rsatadi. 
Ta’limga nisbatan inson hayotining ajralmas bir bo‘lagi va unga o‘zining jamiyat hayotida muhim o‘rin 
tutishini anglab  yetishida  muhim  vosita  sifatida qarash asrlar davomida o‘zgarib bordi. Biroq  ta’limning  bu 
borada tutgan o‘rni ko‘pincha ma’naviy-intellektual nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan. 
So‘nggi yillarda ta’limning jadal sur’atlarda rivojlanishi uni inson va jamiyatni rivojlantirishning muhim 
omillaridan  biriga  aylantirdi.  Ta’limning  insonning  ma’naviy  va  aqliy  ehtiyojlarini  qondirish,  qobiliyatini 
shakllantirishga ta’sirini aniqlashda uning muhim jihatlarini bir-biri bilan bog‘liq holda davlat, jamiyat va shaxs 
nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish mezoni qabul qilingan. 
Shaxsiy darajada — bu shaxsning o‘z qobiliyat va iste’dodlarini to‘liq namoyon etish. Ayni paytda, bu 
insonga mehnat faoliyatida o‘zini namoyon etish imkonini beradigan umumiy va kasbiy bilimni egallashdir. 
O‘qimishli kishining ma’naviy olami nisbatan boy, hayoti faqat moddiy farovonlik bilan cheklanib qolmaydi. 
Ta’lim  insonga  o‘zining  ma’naviy  ehtiyojlarini  amalga  oshirish,  hayotini  to‘laqonli  va  mukammal  qilish 
imkonini beradi. 
Davlat darajasida — davlat mamlakat aholisining aqliy salohiyatini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lishi 
darkor. «Iqtisodiy fanlar»ni keng joriy etishda zarur bilimga ega bo‘lish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish 
va  uning  milliy  boyligini  to‘plashning  muhim  tarkibiy  qismiga  aylanadi.  Aholining  ma’naviy  boyligi 
mamlakatda huquqiy madaniyatni, shuningdek, xalqning ozod, demokratik, huquqiy davlatda yashash va mehnat 
qilish, o‘z huquq va erkinliklarini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaati yo‘lida foydalanish 
qobiliyatini uzviy hamda oson shakllantiradi. 
Jamiyat  darajasida  –  ta’lim  jamiyatni  rivojlantirishga  qaratilgan  alohida  global  ma’naviy  qadriyatlar, 
o‘ziga  xos  ijtimoiy  mentalitet  va  inson  dunyoqarashini  shakllantirishga  yo‘naltirilishi  lozim.  Chunki  faqat 
o‘qimishli va ma’nan boy odamlargina muammolarni urushlar yordamida hal qilishni mutlaqo rad etishga qodir 
jamiyatni shakllantirishi mumkin. 
Tarixan qisqa davr ichida ta’lim sohasini tubdan yangilash va isloh qilish borasida salmoqli natijalarga 
erishildi. Yurtimizda yoshlarning umumta’lim va kasb tayyorgarligini ta’minlashning zamonaviy modeli amalga 
oshirilib,  pirovardida  har  tomonlama  barkamol  va  mustaqil  fikrlovchi,  mehnat  bozorida  talab  katta  bo‘lgan 
kasblarni  egallagan,  qat’iy  fuqarolik  pozitsiyasiga  ega  yoshlar  tarbiyalanmoqda.  Bugun  yoshlarimiz 
mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish, uni yangilash va ravnaq toptirishning hal qiluvchi 
harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqda. 


 
64 
 
Ta’lim  tizimini  boshqarishni  xalqaro  tajribani  hisobga  olib,  ta’lim  tizimini  markazlashtirilgan  va 
markazlashtirilmagan  holda  boshqarishni  muvozanatli  muvofiqlashtirish  orqali  yanada  takomillashtirish 
mumkin. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish