Классические законы г



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/65
Sana31.12.2021
Hajmi1,05 Mb.
#213816
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
Bog'liq
islom dini asoslari va manaviyati

Ikkinchi  omil  Umaviylar  davrida  (661-750)  arablarning  mahalliy  aholi  tarafidan 

islom  dinini  qabul  qilishga  monelik  qilishlari  bilan  bog’liqdir.  Chunki  arablar  ilk 

davrda  talay  imtiyozlarga  ega  edilar.  Bu  davr  qoidalariga  ko’ra,  islom  dinini  qabul 

qilgan  kishi  «arab»ga  aylanar,  ya’ni  jamiyatda  arablar  kabi  imtiyozlarga  ega 

bo’lardilar. 

Bu  holda  mahalliy  musulmonlardan  jizya  olmaslik,  arab  va  arab  bo’lmagan 

musulmonlarning  teng  huquqliligi  uchun  kurash  olib  borgan  islom  dini  ichidagi 

murji’iylar  diniy-siyosiy  harakat  g’oyalari  Movarounnahrda  keng  tarqalish 

imkoniyatlariga  ega  bo’ldi.  Chunki  o’lkada  arab  bo’lmagan  musulmonlarning  haq-

huquqlari  arablar  tomonidan  poymol  etilardi.  Murji’iylarning  faol  harakatlari  VII 

asrning  20-40  yillariga  to’g’ri  keladi.  Murji’iy  al-Horis  ibn  Surayj  qo’zg’oloni  (734-

746)  Movarounnahr  aholisi  tarafidan  qizg’in  qo’llab-quvvatlandi.  I/VII  asrda 

shakllana  boshlagan  murji’iylarning  aynan  imon  va  amalning  ayri-ayri  ekanligi 

haqidagi  qarashlari  bu  hududda  yerli  aholining  hech  bir  qiyinchiliksiz  islomni  qabul 

qilishlariga,  shuning  barobarida,  yangi  shakllanayotgan  islom  jamiyatida  teng 



 

 

22 



huquqlilikka  erishishlariga  qulay  sharoit  yaratib  berdi;  keyinchalik  esa  –  ular  garchi 

arab tilini, qiyin diniy amallarni, o’zlariga butkul yot muhitni to’la anglab yetmasalar-

da,  ijtimoiy  mavqelari  va  milliy-madaniy  qadriyatlarini  saqlab  qolishga  muvaffaq 

bo’ldilar.  Abu  Muslim  (749  yil)  harakati  g’alabasi  oqibatida  arab  bo’lmagan 

musulmonlarning  arablar  bilan  teng  huquqlilikka  erishishi  natijasida  murji’iylik 

g’oyalari siyosiy-ijtimoiy sohadan ilohiyot fani jabhasiga ko’cha boshladi. 

G’arbda    Shom  va  Misrning  Sharqda  Eron  va  Markaziy  Osiyo  mamlakatlarining 

islom  ta'siriga    o’tishi    Yangi  tamaddun    shakllanishini  tеzlashtirdi.  Zеro,    bu 

mamlakatlarda    ma'naviy  madaniyat,    ayniqsa,    ilm-fan,  adabiyot  va  san'at  hamda 

iqtisodiyot,  savdo-sotiq,  hunarmandchilik  va  siyosiy  institutlar  Xijozga    nisbatan 

ancha  rivojlangan    va  qadim  an'analarga  ega  edi.  Arab  xalifaligi  bu    borada  o’z 

tarkibiga    kirgan  mamlakatlarda    ilgari  erishilgan  yutuqlarning  ko’pchiligiga    voris 

bo’ldi. Ular islom mafkurasiga  moslashtirilib Yangi tamadduning asosiga  qo’ydi. 

 

Islom tamadduning shakllanishi  va ravnaq topishiga bizning ajdodlarimiz  ham 



munosib    hissa  qo’shdilar.    Bu    moddiy  madaniyatning  dеhqonchilik,  chorvachilik 

tarmoqlarning  ba'zi  sohalarga,  gеodеziya,  yer  o’zlashtirish,  irrigatsiya  va 

mеlioratsiya,    sug’orish  inshootlari    qurish,    shaharsozlik  bilan  bog’liq  ayrim 

yutuqlarga  tеgishli.  Ipakchilik, paxtachilik,  to’qimachilik,  polizchilik,  bog’dorchilik,  

qishloq xo’jaligi va chorvachilik  maxsulotlarini qayta ishlash bo’yicha ajdodlarimiz  

to’plagan tajriba, shuningdеk parvarish qilinadigan  o’simliklarning ba'zi turlari arab 

mamlakatlariga  tarqaldi. 

 

Davlat  boshqaruv  va  harbiy    san'atni    rivojlantirishga    ham    ajdodlarimiz  



qo’shgan    hissa  bеnihoya  katta.  X    asr  oxiridan  boshlab  XVII  asrgacha    islom 

mamlakatlarining  aksariyati  (aholisi    turkiy    bo’lmaganlari    ham),    ayrimlarini  esa 

XIX-XX  asrgacha  turkiy    sulolalar  boshqargan,    Mahmud  Gaznaviy,  Jaloliddin 

Mangubеrdi,  Amir  Tеmur  kabi  buyuk  sarkardalar  bobokalonlarimiz  orasidan  

chiqqani  buning  dalilidir.    Somoniylar,  Gaznaviylar,  Qoraxoniylar,  Saljuqiylar,  

Xorazmshoxlarning  davlat  tizimi,  Nizomulmulkning  “Siyosatnoma”si,    Tеmurning 

«Tuzuklar»i,    Tеmur  va  tеmuriylar  davrida  yеr,    mulk    munosabatlari,    suvdan 

foydalanish    tartibi,    bojxona  va  soliq    tizimi,    savdo    yo’llarining,  bozorlarning  

davlat  himoyasida    bo’lishi,    aholini    ijtimoiy    muhofaza  qilish    tizimi  davlat 

vazifalarini kеngayishiga va takomillashuviga  xizmat qildi. 

 

Islom  ilmi  birdaniga    yetuk  holda    shakllanib    qolmagan.  Muhammad  



payg’ambar  (s.a.v)  vafotidan    kеyin  bir  oz    muddat  o’tkach,    islomning    asosi 

bo’lmish  Qur'oni  Karimni    kitob  holatiga    kеltirib,    unga    tartib  bеrish,    so’ngra  

Qur'onga,  payg’ambar  ko’rsatmalariga  muayyan    misollar  bo’yicha    bildirilgan 

fikrlar,    mulohazalari,    amaliy  qarorlariga  tayanib,    islomiy  dunyoqarashni    hamda  

islom  ibodati,   axloq  huquq    mе'yorlarini,    ya'ni  shariatni va  fiqhni  yaratish  zarurati  

tug’ildi. 

 

Islom  bizga    yеtib    kеlib,    bir  ikki  avlod  davomida  xalq  ongida    mahkam 



o’rnashgunga    qadar,  Qur'onga    tartib  bеrilgan  fiqh  maktablari  (mazxablar), 

shariatning  ko’pchilik  mе'yorlari  bеlgilangan  va  jadal    sur'atlarda    rivojlanishi, 

boyishi,  takomillashuvi  davom  etmoqda  edi.  Bu    davrda    islom  olimlarining  asosiy 



 

 

23 



e'tibori payg’ambar hadislarini to’plab,  ular nеgizida ibodat,  axloq va huquq,  ya'ni 

shariat masalalarini yoritishga  qaratilgan edi. 

 

Yuksak madaniy,  ilmiy-intеllеktual  salohiyatga  ega bo’lgan Markaziy Osiyo 



xalqlari  islomni qabul qilgach, ular orasidan  yеtishib chiqqan olimlarning bir  qismi 

islom ilmini rivojlantirish bilan shug’ullana boshladi va ulardan  eng  buyuklari  o’z  

sohalarida  yetakchi o’rinlarga chiqib oldi. 

 

Xadis    ilmida  tan  olingan    6  ta  buyuk  muhaddisning    to’rttasi  Markaziy 



Osiyodandir.  Ular    orasidan    uchtasi  Muxammad  ibn  Ismoil    al-Buxoriy  (824-898), 

Abu    Abduraxmon    an  Nasaiy  (830-915)    aynan  hozirgi    O’zbеkiston  hududidan  

yеtishib  chiqqan. 

 

Imom  al-Buxoriy    to’plagan    xadislar  «Al  Jomе'    as-saxix»  yoki  «Saxixi 



Buxoriy» dеb ataladi  va dunyo musulmonlarining 90 foizi uchun  Qur'ondan  kеyingi 

eng  mo'tabar  va  asosiy    manba  hisoblanadi.  Al-Buxoriy,    at-Tеrmiziy,  an-Nasoniy 

xadislari  to’plamlari  va  boshqa    asarlari  ham  kamida  12  asrdan  buyon  nеcha 

avlodning    dunyoqarashi,    axloqi,  imon-e'tiqodi,    hayotga  munosabati  –  ma'naviyati 

shakllanishiga, takomillashishiga bеvosita yoki bilvosita ta'sir ko’rsatib kеlmoqda. 

 

Fiqh  (islom  huquqi)  ilmini  rivojlantirishda  katta  xizmat  qilgan  Burxoniddin 



Marg’iloniy (1197 y  vafot  etgan),  Abu  Lays Samarqandiy, Abdul Hasan Xorazmiy, 

Najmiddin  an-Nasafiy  va  boshqalar  nomi  mashhur.    Ayniqsa,  Burxoniddin 

Marg’iloniyning  «Hidoya-fil-furuz»    asari    xanafiya    mazxabi  bo’yicha  islom 

huquqshunosligining  eng    tеran  asarlaridan  biri    sifatida    nafakat  islom    olamida 

balki, G’arbda ham  mashhur. 

 

Islom ilohiyot ilmi (islom diniy-falsafiy ilmi)  kalom – yakka xudolik,  tavhid, 



olam,  borliq,  inson  ularning  yaratilishi,    mohiyati,    mavjudligi,  e'tiqod  mazmuni, 

olamning, insonning o’zgarishi, taqdiri va  h.k.  masalalarni qamrab oladi. Shu  bois 

«At –tafsir al-Qur'on»  ilmi dastlab  kalomning tarkibiy qismi hisoblanadi. 

 

Kalom    ilmini  rivojlantirishda    ajdodlarimiz    munosib  hissa  qo’shdilar. 



Muhaddislik  va  fiqh    sohalari    kabi    kalom    ilmi  borasida  atoqli    va  daho  olimlarni  

mutakallimlari  yеtishtirdi.    Bu  daho  olimlardan  Abu  Mansur  al-Moturidiy    va  Abul 

Mu'in an-Nasafiy nomlarini eslash  kifoyadir. 


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish