Kislota-ishqor bilan tozalash. Bu jarayonda mahsulotga
kislota bilan ishlov berilib, ishqor bilan neytrallanadi. Kislota-ish-
qor bilan tozalanganda to‘yinmagan uglevodorodlar va smolalar
yo‘qotiladi.
Tozalash 1.6-rasmdagi sxema bo‘yicha olib boriladi. Toza-
lanishi kerak bo‘lgan benzin 1/3 balandligi ishqor bilan to‘ldi-
rilgan kolonnaga haydaladi.
1.6-rasm. Benzinni ishqor bilan tozalash sxemasi:
1–sovitgich; 2–nasos; 3–injektor; 4–tindirgich; 5–tozalangan benzin.
27
Benzin o‘tayotgan trubaga injektor o‘rnatilgan bo‘lib, undan
benzin o‘tayotganda o‘zi bilan kolonnadagi ishqorni olib ketadi.
Aralashma kolonnaning tag qismiga beriladi. Solishtirma
og‘irligi katta bo‘lgan ishqor kolonnaning pastki qismiga tushadi,
benzin esa ishqor orasidan
yuqoriga ko‘tariladi. Dizel
yonilg‘ilarning qotish haroratini pasaytirish uchun parafindan
tozalash (deparafinlash) usulidan qo‘llaniladi. Bunda mahsulot
karbamid bilan kompleks hosil qiladi va ajratiladi.
Katalitik kreking jarayonida olingan benzinlarning sifatini
yaxshilash uchun alyumosilikat katalizatorlari ishtirokida foydala-
niladi. Bu usulda to‘yinmagan uglevodorodlar miqdori kamayadi
va izomer parafin uglevodorodlar miqdori oshadi.
Neftning og‘ir qoldig‘i tarkibidagi oltingugurt miqdorini
kamaytirib, sifatini yaxshilash uchun vodorod ishtirokida oltingu-
gurtdan tozalanadi. Masalan, tarkibida 1,0÷1,3% oltingugurt
bo‘lgan dizel distillyatlari tozalangandan so‘ng, tayyor mahsu-
lotdagi oltingugurt miqdori 0,02÷0,06% dan oshmaydi va 97÷98%
kimyoviy barqaror yonilg‘i olinadi.
Moyli distillyatlarning ishlatilish xususiyatini yaxshilash
uchun tozalashda selektiv tozalash usulidan foydalaniladi.
Ma’lumki, neftdan olinadigan moy fraksiyalarining tarkibi
parafinlardan, naftenlardan va aromatik uglevodorodlardan
iboratdir. Bular bilan birga har xil chiqindilar - smolasimon
birikmalar ham bor.
Neft moylari har xil sharoitda ishlaydi. Moylarning sifatiga
qo‘yiladigan talablardan biri – moylar issiq va sovuq sharoitlarda
o‘z qovushqoqligini o‘zgartirmasligidir. Parafin uglevodorodlar
issiq sharoitida o‘zlarining qovushqoqligini pasaytiradi, sovuq
sharoitda esa, kristallana boshlaydi. Aromatik uglevodrodlar ham
past haroratda amorf holatga o‘tadi. Bular moylarning sifatini
yomonlashishiga olib keladi. Naften uglevodrodlar esa, o‘z
28
qovushqoqligini kam o‘zgartiradi. Shu sababli neft fraksiyalaridan
sifatli moylar olish uchun fraksiyalar tarkibidagi yuqori molekulali
qattiq aromatik va parafin uglevodorodlardan tozalanadi.
Moylarni tozalashda bir necha usul ketma-ket ishlatilishi
mumkin. Selektiv tozalash usulining 2 xil yo‘nalishi mavjud:
1) moy tarkibidagi har xil kerakmas aralashmalar erituvchilar
bilan reaksiyaga kirishib tozalanadi;
2) moyning asosiy qismi ajralib chiqadi va uning sifatini
yomonlashtiruvchi aralashmalar esa qoladi. Bunday ishlanganda
mahsulot ikki qavatga ajraladi. Birinchi qavatda erituvchi bilan
tozalanuvchi moy aralashmasi, ikkinchi qavatda esa moydan
chiqarib yuboriluvchi zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Olingan
qatlamlar ajratilgach, erituvchi haydaladi va qaytadan ishlatiladi.
Birinchi usulda erituvchi aralashmalar, ikkinchi usulda esa
uglevodorodli moylar haydaladi. Selektiv erituvchilar sifatida
suyuq propan, fenol, furfurol kabi organik birikmalardan foydala-
niladi. Selektiv tozalashda olingan mahsulotlarning xossalari va
miqdori ko‘p jihatdan xomashyoning tarkibiga, erituvchining
miqdoriga hamda sarfiga, haroratiga va ishlov berishning davom
etish vaqtiga bog‘liq.
Qotish harorati past bo‘lgan qishki sort motor moylarini olish
uchun, mahsulot selektiv tozalangandan so‘ng deparafinlanadi,
ya’ni suyuqlik harorati – 20°C dan yuqori bo‘lgan qattiq
parafinlardan tozalanadi. Deparafinlash uchun qotish harorati past
bo‘lgan atseton, dixloretan, suyuq propan kabi organik birikmalar
ishlatiladi. Moy erituvchi bilan birgalikda kerakli haroratgacha
sovitiladi va filtrlanadi. Parafinlar filtrda qoladi, erituvchi esa
moyda haydaladi. Neft moylarining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshi-
lash maqsadida maxsus moddalar, shu jumladan, qo‘shilmalardan
(moy xossalarini yaxshilash maqsadida qo‘shiladigan har xil
moddalardan) foydalaniladi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |