Microsoft Word yonilgi mahsulot zapasorg doc



Download 4,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/153
Sana31.12.2021
Hajmi4,17 Mb.
#213437
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   153
Bog'liq
neft mahsulotlarining fizik va kimyoviy tahlili

Kreking 

  neftning  yirik  molekulali  uglevodorodlarini  oson 
qaynaydigan  maydaroq  molekulali  uglevodorodlarga  parchalash-
dan  iboratdir.  Uglevodorodlarning  2

7  MPa  bosim  ostida  va 
yuqori      haroratda  (470°C÷540°C)    parchalashga  termik  kreking 
deyiladi.  Uglevodorodlarning  yuqori  haroratda  (450°C  ÷  500°C) 
va  past  bosim  (0,06÷0,14  MPa)  ostida  va  katalizator  yordamida 
parchalanishiga katalitik kreking deyiladi.  
Termik krekinglash jarayoni 3 xil bo‘ladi: 
1.  Yuqori bosim (20÷70 atm.)  ostida termokrekinglash.  
Bu  usulda  470÷540°C  da  nisbatan  yengil  fraksiyalar 
(ligroin)ni  qayta  ishlab,  avtomobil  benzinini  olish  uchun  ishla-
tiladi.  


 
22 
2. Neft qoldiqlarini past bosimda termokrekinglash (kokslash, 
ya’ni  struktura  o‘zgarishi  bilan  boradigan  haydash  jarayoni).  Bu 
jarayonda neft qoldiqlaridagi asfaltsmola moddalari qattiq holdagi 
mahsulot koksda yig‘iladi. Shu bilan birga vodorodga boy bo‘lgan 
gazoyl, benzin va gaz hosil bo‘ladi.  
3. Suyuq va gaz shaklidagi neft xomashyolarini piroliz qilish. 
Bu jarayon  termokrekingning qattiq rejimda, olib borilishi bo‘lib, 
har  xil  xomashyodan  foydalanish  mumkin.  Bunda  harorat  
700÷900°C,  bosim  esa  atmosfera  bosimiga  yaqin  bo‘ladi.  Bu 
ko‘rsatilgan jarayonlar  reaksiya zonasida  yuqori haroratni  (450°C 
÷1200°C  gacha)  qo‘llash  bilan  xarakterlanadi.  Yuqori  harorat 
ta’sirida  neft  xomashyosi  parchalanadi  (kreking),  hosil  bo‘lgan 
uglevodorod molekulalari zichlashadi. 
Тermik kreking benzin tarkibida  to‘yinmagan uglevodorodlar 
borligi bilan to‘g‘ri  haydalgan benzindan farq qiladi hamda oktan 
soni 30–40% (68÷70)ga yuqoriroq bo‘ladi, lekin bu benzinni uzoq 
vaqt  saqlab  bo‘lmaydi,  chunki  vaqt  o‘tishi  bilan  undagi 
to‘yinmagan uglevodorodlar oksidlanib smolalar hosil  qiladi. 
Katalitik  kreking  jarayonining  asosiy  vazifasi  yuqori  sifatli 
(oktan soni  yuqori bo‘lgan) benzin olishdir. Katalizatorlar sifatida 
alyumosilikatlar ishlatiladi. Harorat rejimi (470÷540°C) termokre-
kingnikiga  o‘xshash  bo‘lib,  lekin  reaksiya  tezligi  yuqori  va 
olinadigan benzin sifati ham ancha yuqori bo‘ladi. 
Kreking  usulida  neftdan  benzin  fraksiyalarining  ajratib 
olinishi  50–60%  ni  tashkil  etadi.  Katalitik  kreking  450–590°C 
haroratda  va  0,1–0,2  MPa  bosimida  katalizatorlar  (alyumino-
silikatlar  va  boshqa  moddalar)  ishtirokida  o‘tkaziladi.  Bunda 
xomashyoni  kreking  qurilmasidan  bir  marta  o‘tkazishda  40–50% 
benzin,  30–40%  dizel  yonilg‘isi  va  10–15%  gaz  fraksiyalari 
olinadi.  
Katalitik  kreking  texnologiyasi  termik  krekingga  nisbatan 
takomillashgan  bo‘lib,  bunda  hosil  bo‘lgan  to‘yinmagan 
uglevodorodlarning  bir  qismi  to‘yingan  ko‘rinishga  o‘tadi.  Shu 
sababli,  bu  usulda  olingan  benzin  sifati  yuqori  bo‘ladi.  Тermik 


 
23
kreking  usulida  olingan  benzinlarni  saqlashda  turg‘unlik  xusu-
siyatini yo‘qotadi va detonatsiyaga chidamliligi pasayadi (15-rasm).  
 
 
 
1.5-rasm. Katalitik kreking sxemasi:   
1

pech; 2

bug‘latgich; 3

katalizatorli bunker; 4

radiator; 5

regenerator;  
6

rektifikatsiya kolonnasi; 7

gazoseparator.
 
 
Katalitik  kreking  yordamida  og‘ir  neft  mahsulotlaridan  gazo-
yildan tortib mazutgacha 8–15% miqdorida benzin olish mumkin: 
 
С
2n
Н
4n+2   
 
    C
n
Н
2n+2
   +   С
n
Н
2n 
Masalan, 
C
16
H
34          
      C
8
H
18      
 +   C
8
H
16 
 
                     
geksadekan                 oktan             okten 
 
Katalitik  krekingda  yuqori  sifatli  (oktan  soni  motor  usulida 
72÷82)  benzin  olish  imkoniyatini  beradi.  Katalitik  krekingda 
parchalanish  reaksiyalari  bilan  birga  izomerlanish  reaksiyalari, 
ya’ni  normal  tuzilgan  zanjirli  uglevodorodlarning  tarmoqlangan 
uglevodorodlarga  aylanishi  ham  kamroq  hosil  bo‘ladi.  Shu 
afzalliklari  uchun  hozirgi  vaqtda  asosan  katalitik  krekingdan 
foydalaniladi. 




 
24 
Benzin  sifatini  yaxshilash  uchun  reforming  usulidan  foyda-
laniladi. Bu jarayon ham 2 xil yo‘nalishda bo‘ladi: 
- termik reforming; 
- katalitik reforming. 
Тermik  reformingda vodorod ishtirokida (480
0
C÷520
0
C haro-
ratda  va  3MPa  bosim  ostida)  to‘yinmagan  uglevodorodlar 
to‘yingan holga o‘tishi bilan benzin sifati yaxshilanadi. 
 Katalitik  reforming  natijasida  naften  va  parafin  uglevo-
dorodlar  aromatik  uglevodorodlarga  aylantirilib,  benzin  tarkibi-
dagi  aromatik  uglevodorodlar  miqdori  ortadi.  Mahsulot  sifatida 
yuqori  oktanli,  ya’ni  aromatik  uglevodorodlari  ko‘paygan  benzin 
olinadi.  Katalitik  reformingda  katalizator  sifatida  platinadan  foy-
dalaniladi. Jarayon 480°C ÷540°C da  va 2÷4MPa bosim ostida  alu-
moplatinali katalizatorlar (platforming) ishtirokida olib boriladi.  
Bundan  tashqari,  uglevodorodlarni  –  katalitik  izomerlash 
(aromatizatsiyalash)  ham  yuqori  oktanli  benzin  olish  imkonini 
beradi. Benzin tarkibidagi  yengil normal parafin uglevodorodlarni 
(
N
-pentan, 
N
-geksan)  izomerlab  oktan  soni  oshiriladi  va  yuqori 
oktanli  benzinga  komponent  sifatida  qo‘shiladi.  Reformingdagi 
kabi bu jarayon ham alyumoplatina katalizatorlari ishtirokida olib 
boriladi.  
Uglevodorodlarni  aromatizatsiyalash  ham  yuqori  oktanli 
benzin olish  imkonini beradi. Bunda to‘yinmagan uglevodorodlar 
yoki sikloparafinlar aromatik uglevodorodlarga aylanadi. 
Masalan: geptan va siklogeksanning benzolga aylanishi: 
 
 


 
25 

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish