Microsoft Word yonilgi mahsulot zapasorg doc


Avtomobil uzellari uchun ishlatiladigan plastik surkov



Download 4,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/153
Sana31.12.2021
Hajmi4,17 Mb.
#213437
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   153
Bog'liq
neft mahsulotlarining fizik va kimyoviy tahlili

 
Avtomobil uzellari uchun ishlatiladigan plastik surkov 
 moylarining   ishlatish talablari
 
 
 
Sirpanish 
tayanchlarida 
Plastik –
surkov 
moylarining 
xossalari 
Germetik-
lanmagan 
Germetik 
yopiq  
Тebranish 
tayanch-
larida 
Kardan 
sharniri- 
ning ninali 
tayanch- 
larida 
Burchak 
tezligi teng 
bo‘lgan 
kardan 
sharnirlarida 
Mexanik 
mustah- 
kamlik 
Past 
Yuqori 
Yuqori 
O‘rta 
O‘rta 
Yuqori 
haroratda 
ishlay olish 
qobiliyati 
Past 
O‘rta 
O‘rta -
Yuqori 
O‘rta 
O‘rta 


 
175 
7.1-jadvalning davomi 
 
Oksidla- 
nishga 
turg‘unligi 
Past 
O‘rta -
Yuqori 
Yuqori 
O‘rta 
O‘rta 
Yeyilishga 
va yedi-
rilishga 
qarshi 
xosslari 
Past 
O‘rta 
O‘rta 
O‘rta -
Yuqori 
Yuqori 
Uzelda 
saqlanib 
turish 
qobiliyati 
Past 
O‘rta- 
Past 
Yuqori 
O‘rta -
Yuqori 
O‘rta 
Himoya-
lash 
qobiliyati 
Past 
Past 
O‘rta -
Yuqori 
O‘rta -
Yuqori 
O‘rta 
Suv bilan 
yuvilishga 
qarshi mus-
tahkamligi 
O‘rta -
Yuqori 
O‘rta 
Yuqori 
Yuqori 
Yuqori 
 
7.4. Plastik surkov moylarining turlari 
 
Harorat o‘zgarishiga bardosh beruvchi ko‘rsatkich (tomchilab 
tushish  harorati)  qiymatiga  ko‘ra  surkov  moylar:  qiyin 
suyuqlanadigan  (Litol-24,  YaNZ-2,  Smazka  №158,  SIATIM-201 
va  boshqalar);  O‘rtacha  suyuqlanadigan  (Solidollar  va  grafitli 
surkov  moyi),  oson  suyuqlanadigan  (himoya  surkov  moylari) 
xillariga bo‘linadi. Surkov moylarining suvga bo‘lgan munosabati 
har  xil  bo‘lib,  masalan,  suvda  erimaydigan  litiyli  (Litol-24)  va 
kalsiyli  sovunlar  (Solidollarning  barcha  markalari)  asosida 
tayyorlangan  surkov  moylari  nam  ta’siriga  chidamlidir.  Uglevo-
dorodli  quyuqlashtirgichlar  asosida  tayyorlangan  himoya  surkov 
moylari suvda mutlaqo erimaydi. Kalsiy- natriyli sovunlar asosida 
tayyorlangan antifriksion surkov  moylari, masalan, YaNZ-2 moyi 
namga chidamasligi bilan ajralib turadi. 


 
176 
Ishlatilish  sharoitiga  (vazifasiga)    qarab  surkov  moylari  uch 
turga bo‘linadi: 
1. Antifriksion surkov moylari – ishqalanishni kamaytirish va 
yedirilishning oldini olish uchun ishlatiladi. 
2.  Konservatsion  surkov  moylari  –  metallarni  korroziyadan 
saqlash  uchun  (himoya  moylari)  mashina  va  mexanizmlarni 
saqlash  va  ishlatish  vaqtida  korroziyadan  saqlash  uchun  ishla-
tiladi. 
3.  Germetiklash  uchun  ishlatiladigan  –  zichlov  surkov  moy-
lari. 
Antifriksion  surkov  moylari  tarkibidagi  quyultiruvchi  sovun 
turiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi va quyultirgich - sovun 
tarkibiga  kiradigan  metallning  dastlabki  2  ta  harfi  bilan 
belgilanadi. 
1.  Kalsiyli  surkov  moylari  (Ka)  .  Bularga  asosan,  solidollar 
kiradi.  Bu  moylar  arzon  va  ishlatish  tasniflari  qoniqarli  bo‘lgani 
uchun  mamlakatimizda  keng  tarqalgan.  Solidoldan  ishqalanuvchi 
qismlarni moylashda ham, himoya  moyi sifatida ham foydalanish 
mumkin.  Solidollar  sun’iy  va  yog‘li  bo‘lishi  mumkin.  Yog‘li 
solidollar  uzoq  saqlanganda  qotib  qolmasligi  uchun  ko‘proq 
ishlatiladi.  Sun’iy  va  yog‘li  solidollarning  tashqi  ko‘rinishiga 
qarab  ajratish  qiyin.  Ular  och  jigarrangdan  to‘q  jigar  ranggacha 
bo‘ladi. Ularning ekspluatatsion xossalari taxminan bir xil bo‘lib, 
bir-birining o‘rnida ishlatilishi mumkin. 
Solidollar 2 xil ko‘rinishda ishlab chiqariladi: oddiy solidol va 
press  solidollar.  Pressolidollar  yumshoqroq  bo‘lib,  past  haroratda 
moydonga(moy  solinadigan  idishga)  to‘ldirish  oson  bo‘ladi. 
Solidollarning  suvga  chidamliligi  va  kolloid  barqarorligi  yaxshi, 
lekin  ular  80°C  gacha  ishlatilganda  qizib  -  parchalanib  ketadi  va 
tiklanmaydi.  Bunday  solidollar  g‘ildirak  gupchagida,  suv  naso-
sining  podshipnigida,  o‘t  oldirish  taqsimlagichida  ishlatilishi 
mumkin emas.  


 
177 
2.  Natriy    va    natriy  -  kalsiyli  surkov  moylariga:  Uniol-1,  1-
13,  Yanz-2,  Uniol-3,  Uniol-3M  moylari  kiradi.  Bu  moylar 
solidollarga nisbatan termik quyuqlashadigan xossaga ega. 
Bu  moylar  suyuqlanish  harorati  ancha  yuqori  bo‘lganligi 
uchun  keng  tarqalgan  bo‘ladi.  Biroq  ularning  qo‘llanish  sohasi 
cheklangan, chunki ular suv ta’siriga chidamsiz - suvda eriydi, suv 
bilan yuvilib ketadi. 
3. Litiyli surkov moylarini  ishlatilish sifati  yaxshi bo‘lganligi 
tufayli  dunyo  miqyosida  yildan  yilga  keng  qo‘llanilmoqda.  Ular 
orasida  Litol-24  birinchi  o‘rinda  turadi.  U  yagona  universal  moy 
bo‘lib, avtomobillarning asosiy ishqalanuvchi qismlariga surtiladi-
gan barcha turdagi moylarning o‘rnini bosishi mumkin.  
Fiol-3-  yumshoq  yashil moy  bo‘lib, Litol-24 bilan deyarli bir 
xil, uni Litol-24 ga aralashtirib surtish mumkin. 
Siatim-201  -  yumshoq,  sariq  yoki  och  jigarrang  moy  bo‘lib, 
past  haroratda  ishlatiladigan  yagona,  asosiy  moy  hisoblanadi. 
Solishtirma  yuklanish  kam  tushadigan  va  siljish  zo‘riqishi  kichik 
bo‘lgan  (masalan,  spidometrning  elastik  valida)  barcha  tipdagi 
uzellarda ishlatiladi. 
158-raqamli moy-  yumshoq, silliq, ko‘k rangda, u avtotraktor 
vositalarning uzoq muddat ishlaydigan podshipniklariga surtiladi. 
4. Bariyli surkov  moylari – haroratda tavsiflari bo‘yicha ham, 
suvga chidamliligi bo‘yicha ham litiyli moylardan keyin turadi.  
ShRB-4-bariyli  surkov  moyi  bo‘lib,  u  sariq,  yopishqoq  moy, 
korroziyadan  yaxshi  himoya  qiladi.  Suv  tushganda  ham  o‘zining 
ishlash xususiyatini  yuqori darajada saqlaydi. Shu xossalari  tufali 
bu  surkov  moyi  avtomobilning  zoldirli  sharnirlari  uchun  eng 
yaxshi  moy  hisoblanadi.  Uni  100000  km  yurguncha  almash-
tirmasa ham bo‘ladi.  
ShRUS-4 - sariq  yoki jigarrang moy bo‘lib, avtomobillarning 
bir  xil  burchak  tezliklarida  ishlaydigan  sharnirlarga  surtish  uchun 
ishlatiladi. 
Aluminiy  kompleks  moylar  –  chet  ellarda  ham  ishlatiladigan 
surkov  moylarining  progressiv  turi  hisoblanadi.  Ularning  narxi 


 
178 
solidolnikidan  qimmat  emas,  shu  bilan  birga  bu  tipdagi  moylar 
yuqori mexanik, termik va fizik-kimyoviy turg‘unlikka ega, suvga 
chidamliligi yuqori bo‘ladi. 
Uglevodorodli  surkov  moylari  –  juda  yuqori  suvga  chidam-
lilikka  va  konservatsion  xossaga  ega,  shuning  uchun  konser-
vatsion  moy  sifatida  ham  ishlatiladi.  Avtomobillarning  metall 
sirtlarini  atmosfera  ta’sirida  korroziyalashdan  saqlash  uchun 
himoyalovchi  plastik  surkov  moylari  va  suyuq  konservatsion 
moylar ishlatiladi.  
 
7.2-jadval 

Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish