7.1-rasm. Plastik surkov moylarini tayyorlash jarayoni.
Ishqalanuvchi qismlarga surtish uchun mo‘ljallangan moylar-
ning ko‘pi sovun bilan quyultiriladi. Sovunli quyultirgichlar turli
yuqori molekulali yog‘li kislotalarning tabiiy yoki sun’iy
tuzlaridan iborat bo‘lib, asosan, kalsiyli, litiyli, natriyli, bariyli va
aluminiyli sovunlar ishlatiladi. Quyultirilgich sifatida sovundan
tashqari uglevodorodlardan ham foydalaniladi. Bunday surkov
moylari namlikka chidamli bo‘lib, past haroratlarda ishlatishga
yaroqli.
173
Do'stlaringiz bilan baham: |