23
borgan past kuchlanishli tok im‘ulsi tekshiriladi. Buning uchun kommutatorni yondirish g`altagiga
ulangan uzatmasi uziladi va unga indikatorni yoki lampochkani bitta kontakti ulanadi, ikkinchi kontakt
«massa» ga ulanadi. Dvigatel tirsakli valini startyor bilan aylantirganda indikator yoki lampochkani
li‘-li‘ etib yonib-o`chishi kommutatorni sozligini va yondirish g`altagiga past kuchlanishli tok im‘ulsi
uzatishni ta`minlashini bildiradi. So`ng maxsus razryadlovchi yordamida yuqori kuchlanish zanjirini
tekshirishga o`tiladi. Eng oddiy razryadlovchi elektr ihotalovchi material ichiga bir-biridan 7...10 mm
uzoqlikda joylashgan va uchlari o`tkirlangan ikkita metall o`zakdan (sterjendan) iborat. Birinchi
o`zakka yondirish shamidan yechib olingan yuqori kuchlanishli uzatgich, ikkinchisiga avtomobil
«massasi» ulanadi va dvigatel tirsakli valini startyor bilan aylantirganda razryadchi elektrodlari orasida
uchqun borligi aniqlanadi. YOndirish shamlarida uchqun yaxshi (me`yorida) bo`lganda yondirishni
ilgarilanish burchagi tekshiriladi. So`ng karbyuratorni ish hajmi ko‘proq operatsiyalariga o`tiladi.
Buning uchun karbyuratordan yonilg`i filtri shtutseri yechib olinadi va filtr damlash nasosi
yordamida ‗udab iflosliklardan tozalanadi. Agar bu yetarli bo`lmasa karbyurator qo‘qog`i olinadi,
po`kakli kameradagi yonilg`i sathi tekshiraladi va sozlanadi, jiklyorlar ‗udab tozalanadi. Agar bunda
ham karbyuratorni me`yorida ishlashi ta`minlanmasa, unda karbyuratorni ta`mirlash uchun avtomo-
bildan yechib olinadi.
YOnmayotgan dvigateldagi nosozlikni to‘ishda shuni unutmaslik kerakki, yonilg`i me`yorida
uzatilayotganda va uchqunlanish buzilganda dvigatel tirsakli valini startyor bilan aylantirganda
yondirish shamlari benzin bilan namlanadi va ular me`yorida ishlashi buziladi. SHuning uchun
dvigatelni ko‘p marta yondirishda tsilindrlarni «shamollatish» bilan dvigatelni o`t oldirishdan foyda-
lanish lozim. Buning uchun gaz pedalini oxirigacha bosish bilan karbyuratorni drossel zaslonkasi
hamda havo zaslonkasi to`liq ochiladi. Tirsakli valni startyor bilan aylantirganda «alanga» paydo
bo`lishi bilan dvigatelni ishga tushish momentigacha havo zaslonkasi yo‘ilib boradi.
YOnilg`i tizimini (yonilg`i nasosi, karbyurator) nosozligida yonilg`i yetarlicha uzatmasligi va
yondirish tizimi elementlarini nosozligi yoki yondirishni ilgarilanish burchagini buzilishida uchqunlan-
ish me`yorini buzilishi hamda gaz taqsimlash mexanizmi detallarini yeyilishi tufayli
dvigatel turg`un
Do'stlaringiz bilan baham: