O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi


Kuzov  va  kabinalarni  qismlarga  ajratish



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

Kuzov  va  kabinalarni  qismlarga  ajratish.  Avtomobil  birga  sirtlari  yuvilgan  kuzov  va 
kabinalar shassidan ajratib olinadi va avval qisman qismlarga ajratiladi, bunda korpusni ichki va tashqi 
tomonlardan  berkitib  turuvchi  barcha  detallar  olinadi.  Olingan  detallar  holatiga  qarab  komplektlash, 
ta`mirlash yoki util omboriga tushirish uchun tegishli ishlab chiqarish uchastkalariga jo`natiladi. 
Kuzov  (kabina)  korpusidan  eskirgan  bo`yoq  qo`lda  metall  qirg`ich  va  cho`tkalar  yordamida 
yoki bo`yoqni ketkazuvchi pasta va suyuqliklar ishlatib kimiyoviy usul bilan yoxud ‗itra otish usulini 


 
19 
qo`llab  ketkaziladi.  Oxirgi  usul  lok-bo`yoq  pardani  yuzadan  tozalab  tushiradi  va  bo`yaladigan  kuzov 
yuzasini oldindan sifatli qilib bo`yashga tayyorlashga mos keluvchi g`adir-budurlik hosil qiladi. 
Kuzov  (kabina)  butunlay  detallarga  ajratilmaydi,  chunki  uning  ko‘p  qismi  payvandlab 
yasalgan. Kuzovni (kabinani) tekshirish va zarur bo`lganda tutib turuvchi hamda boshqa shikastlangan 
elementlarini almashtirish mumkin bo`ladigan darajada qismlarga ajratiladi. panellarni biriktirib turgan 
boltlar  burab  olinib,  nuqsonli  payvandlanadigan  joylari  qirqiladi,  parchinlangan  choklari  parchin 
mixlar  kallaklarini  olib  tashlab,  ajratiladi.  Ko‘zdan  kechirish  mumkin  bo`lgan  detallar  birikmasi 
shikastlanmagan bo`lsa, qismlarga ajratilmaydi. 
Kuzovlar  (kabinalar)  korpuslarining  asosiy  nuqsonlari:  korroziyalanib  shikastlanadi; 
deformatsiyalanadi, pachoqlanadi, eziladi, teshiladi va yirtiladi; payvand birikmalar yemiriladi; toliqib 
darz  ketadi;  ishqalanish  oqibatida  material  yupqalashadi;  detallar  mahkamlanadigan  joylardagi 
rezbalar shikastlanadi. 
Detallarning  geometrik  o`lchamlariga  qarab  ularning  yaroqliligini  aniqlash  imkonini  beruvchi 
nazorat  andaza va konduktorlar  yordamida kuzovlarning (kabinalar) nuqsonlari aniqlanadi.  O`tqazish 
joylari  shikastlangan  detallar,  to`g`rilab  tiklashning  iloji  bo`lmagan  deformatsiyalangan  detallar, 
shuningdek  korroziya  natijasida  ko‘p  yemirilgan  detallar  yaroqsizga  chiqariladi.  Detal  qisman 
korroziyalangan bo`lsa, u tiklanadi. 
Kuzovlarni (kabinalar) qismlarga ajratish, nuqsonini to‘ish va ta`mirlash qulay bo`lishi uchun 
stendlardan  (rasm)  foydalaniladi.  Kabina  stendning  buriladigan  ramasiga  9  o`rnatilib,  ikki  joyidan 
mahkamlanadi. Kabinani ta`mirlashda u dasta yordamida A-A o`qi atrofida aylantiriladi va uning holati 
stopor bilan qotirib qo`yiladi.  
Kuzovlar  (kabinalar)  va  qanotlarning  shikastlangan  joylarini  bartaraf  etish.  Kuzovlar 
(kabinalar) va qanotlarni tiklash texnolognk jarayoni ma`lum tartibda bajariladigan operatsiyalarni o`z 
ichiga oladi  
Kuzov  va  kabinalarning  deformatsiyalangan  korpuslarini  kuch  gidrotsilindrlari  bilan 
ta`minlangan stendlarda yoki uzaytirgichlar to`‘lami yordamida qisman to`g`rilanadi. Kuzov korpuslari 
ko‘p deformatsiyalanganda qizdirib to`g`rilash, kam deformatsiyalanganda esa sovuqlayin to`g`rilash 
usuli  qo`llaniladi.  Dastlabki  to`g`rilash  payvandlash  ishlari  boshlanishi  oldidan  bajariladi,  chunki 
uzaytiruvchi  kuch  qo`llanilganda  detal  darz  ketishi  yoki  yorilishi  mumkin.  Bu  nuqsonlar  payvandlab 
bartaraf etiladi. 
Kuzovlar va kabinalarning shikastlangan joylari gaz payvand yordamida kesib yoki pnevmatik 
yuritmali  «qaldirg`och  dumi»  shaklidagi  keskich  bilan  kesib  olib  tashlanadi.  Kesishdan  oldin 
shikastlangan  joylar  andazalar  yordamida  bo`r  bilan  rejalanadi,  andazalar  shakli  qo`shimcha  ta`mir 
detallariga mos kelsada, biroq ulardan har tomonga 25 mm kichikdir. 
Qo`shimcha ta`mir detallarini tayyorlash odatda varaq ‗rokatni belgilashdan boshlanadi. Unga 
detalning  tashqi  konturi,  ichki  kesmalar  konturlari  va  teshiklar  o`rni  chiziladi,  shuningdek  bukish 
joylari  ham  koprsatiladi.  Varaq  ‗rokat  to`g`ri  va  doira  ‗ichoqlar  bilan  jihozlangan  gilotina  qaychida 
reja  buyicha  kesiladi.  Zagotovkalarni  tayyorlashning  aniqroq  va  samaraliroq  usuli  ‗rokatni  gilotina 
qaychi va press-qaychida tayanchdan foydalanib rejasiz yoki quyma andazalar yordamida kesishdir. 
Zagotovkalarni  bukish  odatda  universal  bukish  shtam‘larida  ekstsentrik  yoki  friktsion 
presslarda,  kamdan-kam  hollarda  esa  profil  bo`yicha  bukish  dastgohlarida  profillangan  asbobdan 
foydalanib bajariladi. 
Havol  fazoviy  detallar  qo`lda  va  urib  chiqarish  mashinasida,  maxsus  matritsalarda  (qoli‘-
bloklarda) qoli‘lab, bosqonlarda shtam‘lab, presslarda cho`zib tayyorlanadi. 
QTD  dagi  teshiklar  presslarda  andazalar  yoki  bo`lish-nusxa  kopchirish  qurilmalari  yordamida 
shtam‘larda presslab ochiladi. Teshiklarni parmalab ochish unumsiz va tejamsiz usuldir. 
Darzlar, teshiklar va yoriqlar gaz payvand yordamida yoki karbonat angidrid gazi muhitida yoy 
yordamida  payvandlab  bartaraf  etiladi.  Darzning  ko‘payib  ketishiga  yo`l  qo`ymaslik  uchun 
payvandlash oldidan uning uchlari parmalanadi, so`ngra payvandlanadigan joylar to`g`rilanadi. 
payvand  choklarni  bolg`alash  va  tozalash  payvandlanadigan  joyni  puxtalash,  germetiklnkni 
yaxshilash hamda kuzovni  zarur profilga keltirish  maqsadida bajariladi.  Bolg`alash uchun pnevmatik 
to`g`rilash  bolg`asi  va  tirgaklar  komplektndan  foydalaniladi.  payvandlangan  joylar  pnevmatik  yoki 
elektr jilvirlash mashinalariga o`rnatilgan jilvir toshlar yordamida tozalanadi. 
Kuzov va kabinalarni pardozlash ularga to`g`ri geometrik shakl va zarur g`adir-budurlik berish 
uchun  mo`ljallangan.  Eyilgan  va  do`ppaygan  joylar  pnevmatik  to`g`rilash  bolg`alarida  yoki  qo`lda 
bartaraf  etiladi.  qoplamalar  sirtidagi  bir  oz  ezilgan  joylar  kavsharlab  yoki  plastik  massalar  bilan 
tekislanadi. 
Kuzov  yoki  kabinaning  tekislangan  joylari  korroziya  izlaridan,  payvandlashda  hosil  bo`lgai 
kuyundi  va  g`uddalar  pnevmatik  yoki  elektr  jilvirlash  mashinalari  yoxud  elektromexanik  cho`tkalar 
yordamida  tozalanadi.  Kuzov  yoki  kabina  sirti  ishqorli  eritma  bilan  yog`sizlantirilgach,  suv  bilan 


 
20 
yuviladi,  issiq  havo  bilan  quritiladi,  keyin  grunt  qatlami  surkaladi,  shpaklyovkalanadi  va  pnevmatik 
yoki  elektr  jilvirlash  mashnnalari  yordamida,  shuningdek  qo`lda  pemza  va  jilvir  qog`oz  yordamnda 
jilvirlanadi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish