YUrish qismi. Rama, osma tarmoq va detallari, shatakka olish qurilmasi holati tekshiriladi. Lo-
zim bo`lganda stremyankalar, ressor va g`ildirak barmoqlari mustahkamlanadi. SHina holati va undagi
havo bosimi tekshiriladi, lozim bo`lganda uni me`yoriga keltiriladi, protektorga qadalib qolgan begona
predmetlar olib tashlanadi.
Kabina, platforma (kuzov) va old. Ilgak mexanizmi, chetlagich tayanchi, kabinani ag`darish
qurilmasi sug`urtasi eshikni qulfi, petlyasi va ushlagichini holati va ishi tekshiriladi. Lozim bo`lganda
platforma hamda qanot, oyoq qo`ygich va g`ildirak moy to`skichi avtomobil ramasiga mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |