49
plastinalarni yalang`ochlanishi, razryadlangan akkumulyatorlar batareyalarini uzoq muddat saqlash,
elektrolit zichligini juda kattaligi, dvigatelni yurgizishda startyorni ko‘p vaqt ishlatish. Kam
miqdordagi sulfatlanishni batareyalarni qayta tiklash zaryadi bilan bartaraf qilish mumkin. plastinalar
ko‘p miqdorda sulfatlanganda va buning natijasida akkumulyatorlar batareyalarini normal
Ekspluatatsiya qilish imkoniyati bo`lmaganda ular almashtiriladi.
Musbat shtirlarni oksidlanishi tashqi zanjirda qarshilikni ko‘payishiga va hatto tok
o`tmasligiga olib keladi. Bu nosozlikni bartaraf qilish uchun uzatmalar klemmalari shtirlardan olinadi,
shtirlar va klemmalar metalsimon yaltirashgacha tozalanadi va klemma shtirga o`rnatiladi. SHundan
so`ng klemmalar va shtirlartashqi tomonidan VTV-1 texnik vazelini yoki boshqa kislotaga chidamli
moy bilan yupqa qatlamda moylanadi.
Korpusdagi darzlardan
elektrolitni to`kilishini kuzatish bilan aniqlash mumkin. Uzatmalar
klemmalarini qo`‘ol ajratib olish natijasida darzlar ko‘pincha batareyalarni shitirlari atrofida hamda
korpus mexanik shikastlanganda paydo bo`ladi. plastmassali korpusdagi uncha katta bo`lmagan darzni
polietilen ‗archasini kavsharlash qurilmasi yordamida berkitiladi. Korpusidagi shikastlanish sezilarli
bo`lsa, batareya almashtiriladi. Darzi bor akkumulyatorlar batareyasini majburiy Ekspluatatsiya
qilishda shikastlangan batareyaga doimiy elektrolit quyish lozim, distillangan suv quyish mumkin
emas.
Quruq zaryadlangan akkumulyatorlar batareyalarini ishchi holatga keltirish uchun qo`yidagi
ishlarni bajarish lozim:
-batareyani shamollatish teshiklaridagi germetizatorlar olib tashlanadi;
-kerakli zichlikdagi elektrolit talab etilgan sathgacha quyiladi;
-elektrodlar elektrolitga to`yinguncha batareyalar ikki soat davomida turadi;
-batareyani texnik holati tekshiriladi: elektrolitni zichligi va harorati tekshiriladi;
-lozim bo`lganda batareyani zaryadlash va elektrolit zichligi va sathiga o`zgartirish kiritish
bilan uning texnik holatini tekshirish.
Qo`rg`oshinli akkumulyatorlar batareyasida elektrolit sifatida maxsus akkumulyatorli yoki
kimyoviy toza CHDA markali oltingugurt kislotasini suvdagi eritmasi ishlatiladi.
quruq zaryadlangan batareyalarga quyish uchun sotuvda mavjud 1,27 yoki 1,28 g/sm
3
li
elektrolitdan foydalanish mumkin. Lekin elektrolitni o‘timal zichligi Ekspluatatsiya sharoitiga
bog`liqligini hisobga olib, kerakli zichlikka ega bo`lgan elektrolitni tayyorlash va uni to`g`rilash lozim
bo`ladi.
Kislota bilan ishlaganda uni odamni ochiq badaniga tushishi natijasida kuyish ehtimoli
borligini hisobga olib elektrolit tayyorlashda qo`yidagi ehtiyot choralarini koprish lozim.
Kislotani distallangan suv bilan aralashtirishda asosiy qoida kerakli miqdordagi distillangan
suvga yupqa oqimli kislotani asta-sekin quyiladi, quyish vaqtida plastmassa kaltakcha yoki qoshiq
bilan aralashtirib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: