2.2. Maktab repertuari fani bo’yicha ta’limning o’quv-uslubiy
imkoniyatlari.
Oliy pedagogik ta’lim tizmidagi ,,Musiqiy ta’lim’’ yo’nalishi mutaxassislik
fanini o’zlashtirish o’quv mashg’ulotlarini olib bo’rish jarayonida fanni
o’zlashtirishda qo’yilgan talablarga mos bo’lishligi uchun muayyan
38
imkoniyatlardan maksimal darajada foydlangan holda ish tutishni taqozo
etadi. Bizning tadqiqiy izlanishlarimiz davomidagi ayrim xulosalarimizga
ko’rsatmaga mana shunday imkoniyatlardan biri maktab repertusri asarlarini
o’zlashtirishda ular ustida bosqichma-bosqich ishlashdir desak xato
bo’lmaydi. Lekin, bu bosqichlar ,,shartli’’ bo’lishini unutmaslik kerak.
Chunki, hozirgi kunda ,,musiqiy ta’lim ixtisosliklari o’quv rejasiga ko’ra
,,maktab repertuari’’ predmeti musiqa o’qitish metodikasi fani tarkibida 3-
bosqichning 6-smestri va 4-bosqichning 7-smestrida o’tilishi belgilangan.
2008-yilga qadar yakka trtibda o’tilib kelingan ushbu fan endilikda guruh
holida o’tilmoqda. Bunday dars o’tish shaklida talabalarga ularning
imkoniyatlarini to’g’ri baholagan holda ularga vazifalar berish, ular bilan faol
muloqot o’rnatish, berilgan topshiriqlarni bajarilishi xolatini talab darajasida
nazorat qilish, baholash kutulgan natijaga erishish imkoniyatini bermaydi.
Ya’ni bunday tarzdagi mashg’ulotlar umumta’lim maktablari ,, musiqa
madaniyati ’’fani o’quv dasturiga kiritilgan musiqiy asarlarni o’quv rejada
belgilangan muddat va fanga ajratilgan soatlar davomida yetarli darajada
o’zlashtirish uchun mutloqo to’g’ri kelmaydi.
Bu o’rinda yana bir etibor talab jihat maktab repertuarini o’zlashtirishda
har bir talabaning o’quvi, qobilyati, fanga munosabati bir xil bo’lmasligidir.
Bu holatda o’qituvchi qay yusunda ish tutmog’i, qanday pedagogoik
imkoniyatlardan foydalanmog’i, o’quv jarayonini samrali kechishi uchun
qanday shart-sharoitga tayanmog’i lozim bo’ladi.
Biz o’z tatqiqotlarimizni olib borish jarayonida maktab repertuarini
imkon qadar mukammal o’zlashtirishga yordam beruvchi qo’shimcha
imkoniyatlarni aniqlashga harakat qildik va bu boradagi izlanishlarimizda
shunday foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjudligiga amin bo’ldik.
39
Bu o’rinda eng avvalo, umumta’lim maktablarining 1-7 sinf dasturidan
o’rin olgan kuylash va tinglash faoliyati uchun tavsiya etilgan repertuarni
mavzusi, janri, tarbiyaviy ta’sirchanligi nuqtai-nazardan tahlil qilib chiqdik.
Chunki, dasturga kiritilgan barcha asarlar kuylanishi, tinglanishi shart qilib
qo’yilmagan, har bir semestrda nechta nechta qo’shiq o’rganish va musiqa
tinglash me’yorlari mavjud.
Shundan so’ng har bir chorakda va o’quv yili davomida musiqa
tinglash, jamoa bo’lib kuylash faoliyatlarida o’ganish mumkin bo’lgan asar
soni, ularni murakkablik darajasi (bu yerda asarni necha dars davomida
o’rganishning taxliliy hisobi ko’zda tutiladi) o’rganib chiqildi.
Musiqa darslarida o’quvchining sinf imkoniyatidan va o’quvchilarning
qiziqishlari, yagitdan yartilgan asarlar hisobiga mustaqil asar tanlash
huquqini hisobga olgan holda talabalarning ,,asosiy cholg’u asbobi’’,
,,dirijtorlik’’, ,,vokal ijrochiligi’’ fanlari bo’yicha o’zlashtirgan asarlari,
asarlarning murakkablik darajasi, janrlari xilma-xilligi, shu o’rinda ushbu
darslarda talabalarga maktab repertuari bo’yicha namunalar berilish holati
ham o’rganiladi.
O’qituvchining xoxish-irodasiga ko’ra tanlangan namunalarni o’qib
dasturda korstilgan qaysi asar o’rnida, unga har jihatdn mos kelishi nuqtai-
nazaridan qo’llqsh mumkinligini aniq asosli dalillarga tayangan holda ish
yuritish, talabalard bunday ish tutishga ijodiy yondoshuv ko’nikmalarini
shakllantirish kerakki, bu ham ularni maktab faoliyatiga tayyorlashda o’ziga
xos ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
,,Maktab repertuari’’ni o’zlashtirishning yana bir imkoniyati bu ta’lim
yo’nalishi o’quv rejqsidagi yakka tartibdagi yoki kichik guruhchalarga bo’lib
o’tladigan amaliy mashg’ulotlar tarzida tashkil etiladigan fanlarning semestr
bo’yicha dasturlariga qo’shimcha tarzda ,,mustaqil ta’lim’’ soatlari hisobidan
40
maktab repertuariga hos asarlarni muntazam ravishda kiritib borilishiga
erishish va ushbu asarlarni o’zlashtirilishi yuzasidan bilishini baholashga
alohida reyting ballarini ajratish, talabalarda mustaqil ta’limga fanning
tarkibiy qismi sifatida qarash ko’nikmalarni qaror toptirish lozim. Bunday
imkoniyatdan samarali foydalanish o’z navbatida yaxshi natijalarga olib
keladi.
,,Musiqiy ta’lim’’ yo’nalishida tahsil oladigan har bir talabani birinchi
bosqichdan boshlab amaliy fanlarni o’zlashtirish jarayonida fan dasturi bilan
birlikda ,,qo’shimcha’’ tarzda ( mustaqil ta’lim soatlari hisobiga) maktab
repetuari bo’yicha asarlarni o’rganib borishlari va shu tariqa o’zlarining
,,shaxsiy repertuarlarini’’boyitib borishlarini yo’lgs qo’yish ularni ham
tegishli fanni zarur darjada o’zlashtirishlariga, shu bilan birga ,,mustaqil
ta’lim soatlaridn malakalarini mustaqil ravishda boyitib takomillashtirib
borishlariga samarali ta’sir etadi.
,,Maktab repertuari’’ fani mashg’ulotlarida asosiy e’tiborni talabalarning
vokal
ijrochiligi,
dirijorlik
va
cholg’u ijrochiligifanlari bo’yicha
mashg’ulotlarida berilgan “maktab repertuariga” tegishli asarlarni
o’zlashtirishlarini
nazorat
qilish,
kamchiliklar
yuzasidantahliliy
suhbatlashish, ularni bartaraf etish yuzasidan maslahatlar berish, ko’rsatib
berish, namoyish qilish bo’yicha amaliy bilim va tushunchalar berishga
qaratish to’g’ri bo’ladi.
Bizga ma’lumki “musiqiy ta’lim” ixtisosligi o’quv rejasiga binoan 3-
bosqichda “ananaviy ijrochilik va maqom asoslari” va “o’zbek mumtoz
qo’shiqchiligi” shuningdeg pedagogika institutlarida esa 4-bosqichida tanlov
fani sifatida “o’zek xalq musiqa merosi” fanlari o’rganiladi. Ushbu fanlar
o’quv predmeti mazmunida talabalar o’zbek xalq musiqasining shakillanish
yo’llari, og’zaki ananadagi folklor hamda og’zaki ananadagi kasbiy (ustoz
41
shogirt) musiqaning paydo bo’lishi, shakillanishi, o’ziga xos xusisiyatlari,
yetakchi janrlari, maqom musiqasi, uning milliy mumtoz musiqasining asosi
sifatidagi musiqa madaniyatimizda tutgan o’rni, tuzilishi, turkumlari,
ularning shubalari cholg’u va nasr yo’llari mashhur ijrochilari, shash maqom,
Xorazim maqomlari, Farg’ona Toshkent maqom yo’llari, ularning o’ziga xos
va mushtarak hamda farqli jihatlari haqida umumiy bilim va tushunchalar
bilan tanishib boradilar. Oz-o’zidan ravshanki ushbu yo’nalishdagi bilimlar
umum ta’lim maktablari dasturiga ham mustaqil mavzular sifatida kiritilgan.
Oliy ta’lim jarayonida esa talabalar ushbu mavzular bo’yicha ancha keng
doiradagi, maxsus fanlar doirasida tizimlashtirilgan ma’lumotlarni, zarur
darajada amaliy ijrochilik bo’yicha ham malakalarni egallashadi.
Yuqoridagi fanlarga oid bilimlar maktab “musiqa madanyati” faning 6-
7 sinflari dasturidan joy olgan o’zbek musiqasining madaniy uslublari,
Surxandaryo-Qashqadaryo, Farg’ona-Toshkent, Samarqnad-Buxoro, Xorazm
musiqa uslubidagi mumtoz va maqom san’ati, dostonchilik ijodiyotiga oid
mavzular bo’yicha darslarni tashkil etish va o’quvchilarga zarur bilimlarni
yetkazishda qo’l keladi. Shu o’rinda 6-7 sinflardagi “musiqa tinglash” va
“jamoa bo’lib kuylash” faoliyati uchun tavsiya etilgan asarlar muviqa
san’atining murakkab va yirik shakillari hisoblanmish mumtoz va maqom
ijrochiligiga oid namunalardan iborat bo’lib, ularni cholg’u asbobida yoki
o’qituvchining “jonli ijrosida” namoyish etishi hamma o’qituvchining ham
qo’lidan keladi deb bo’lmaydi va bu narsani talab qilish ham pedagogik
jihatdan unchalik bo’lmaydi. Chunki, mumtoz va maqom qo’shiq-
kuylarimuaxsus mutaxasisliklar, muayyan tajriba mahorat va kasbiy
tayyorgarlikni talab etedi.
Shu bois ham umum ta’lim maktablarining yuqori sinflarida qo’shiq
kuylashga nisbatan musiqa tinglashga etibor qaratiladi. Asarni tinglash
42
tahlilqilish, ularga haqida qo’shimch malumotlarga keng o’rin beradi. Oliy
pedagogik ta’lim jarayonida maktab musiqa darslariga tegishli yuqori
sinflarda o’rganiladigan mavzular bo’yicha namunalarni tahliliga asosiy
etiborni qaratish o’z navbatida talabalarni maktab faoliyatiga tayyorlash, yani
maktab repertuarini o’zlashtirish imkoniyatlarini yuzaga chiqarishning
samarali yo’llaridan hisoblanadi.
Musiqiy ta’lim yo’nalishidagi ,,Musiqaning elementlar nazariyasi’’ kursi
uchta fan tarkibida (musiqa nazariyasi, musiqa asarlari tahlili, garoniya)
kkkkkkk va oldingi yillarda ushbu fan uchun o’quv muddati 1kurs bilan
cheklab qo’yildi. O’qishga kirib o’qiyotgan talabalarni asosiy ko’pchiligini
to’g’ridan-to’g’ri umumta’lim maktablarining bitiruvchilari ekenligini
hisobga oladigan bo’lsak, bu muddat va ajratilgan soatlarda fanni
o’zlashtirish kutilgan natijani bermasligi isbot talab qilmqydigan haqiqatdir.
Musiqiy ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash uchun ushbu predmetni
o’qitilishini kamida ikki o’quv yiliga o’zgartirish va soatlar hajmini
ko’paytirish kachiktirib bo’lmaydigan vazifalardandir. Garmoniya, ayniqasa
,,musiqa asarlari tahlili’’ bo’yicha talabalarga kengroq va atroflicha puxta
berish ularni o’qtuvchilik faoliyatida muhum omil bo’lib hisoblanadi.
Chunki, maktab musiqa darslarining yetakchi faoliyati bo’lgan ,,musiqa
tinglash’’ mashg’ulotlari mazmunida musiqa asarlarini tahlili ustuvor
maqsadlardandir. Tinglanadigan, kuylanadigan asarlarni o’rganish davomida
ular haqidagi musiqiy-nazariy bilimlar o’quvchilar va talabalarni musiqiy-
nazariy savodxonligini shakllantirishni ko’zda tutadi va musiqiy ta’limning
eng asosiy vazifalari sanaladi.
Fan o’qituvchilari o’z sinfida o’qiyotgan talabalarni fan bo’yicha va
maktab repertuari bo’yicha o’zlashtirishlarini, undan tashqari mustsqil
ravishda musiqa san’atining qaysi sohalariga qiziqishi, shu bo’yicha mustaqil
43
ravishda nimalarni o’rganayotganligi, yoki o’ganishga ishtiyoqi borligini,
mustaqil tarzda qanday kuy va qo’shiqlarni o’rganayotganligini, qisqasi
undagi ijodkorlik qobilyatlarini, bilib olish, asarlar ustida ishlashga ijodiy
yondoshuvchanlik malakasi va iqtidorlarini rivojlantirib birishga doimiy
e’tibor berib borishi, bu uning pedagogik faoliytining uzviy-tarkibiy bo’lishi
lozim. Bu o’rinda nimaga va ta’limning qaysi jihatlariga diqqatni qaratish
to’g’ri va maqsadga muofiq bo’ladi?
Sir emas, hozirgi kunda pedagogika oliy o’quv yurtlarining ,,musiqiy
ta’lim’’ yo’nalishlariga qabul qilinayotga abuturientlarni maxsus musiqiy
tayyorgarlikka ega bo’lganlari (musiqa maktabi, pedagogik kollejlarning
,,musiqa’’ yo’nalishida o’qimaganlar) ning nihoyatda ozchilikni tashkil etishi
(15-20% atrofida) sababli to’g’ridan-to’g’ri o’rta maktabni bitirib kelayotgan
yoshlarni o’qishga kirib o’qishayotganligi chiqarilalayotgan kadrlarni
ma’lum darajada musiqaning eng muhum sohalari, ayniqsa cholg’u ijrochiligi
va vakal, dirijyorlik, xor bilan ishlash, kabilardan yetarli darajada malakaviy-
kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lmayotganliklariga sabab bo’lmoqda. Musiqa
o’qtuvchilarining kasbiy Shuning uchun ham biz o’zimizning mazkur
tatqiqot ishimizda ta’kidlab o’tganimizdek, maktab repertuarini faqat shu
predmet doirasida o’rganish, o’zlashtirish bilan cheklanib qolmasdan, bu
yo’nalishdagi ishlarni ushbu ta’lim yo’nalishning barcha asosiy mutsxasiskil
fanlar (cholg’u ijrochiligi, vokal ijrochiligi, xor-dirijyorligi, xor va
xorshunoslik asoslari) o’qitilishini, buishga ma’lum kafedralarning
e’tiborlarini qaratgan holda yondoshish lozimligini, shudagina kutulgan
maqsadga bir qadar bo’lsada erishish mushkilligini isbotlashga urindik.
Bizning tanlagan mavzu bo’yicha pedagogika oliy o’quv yurtlarida
ta’limni aytib o’tilgan tarzda yo’lga qoyish orqali bolajak musiqa
o’qituvchilariniularni kasbiy tayyorgarligiga qo’yiladigan zamonaviy
44
talablarga javob bera oladigan darajada tayyorlash imkoniyati yaratiladi.
Buning uchun ushbu yo’nalishidagi ta’lim mazmuni va mohiyatini yangich
asoslarda shakillantirish, o’quv mashg’ulotlarining yangicha kompleks
tizimini ishlab chiqish lozim boladi. Toki uning amaliyotda qo’llanilish, joriy
qilinilishi oliy ta’lim olib, umum ta’lim maktablarga yo’l olayotgan “yosh
mutaxasislar” ni maktab dasturidan o’rin olgan maktab repertuarini dars
jarayonida hechbir qiyinchiliksiz ijro etishlari va darslarni pedagogik va
metodik jihatdan to’g’ri va sifatli tashkil qilishlariga olib keladi.
Bizning tadqiqiy izlanishlarimiz, olib borilgan tajriba kuzatuvlarimiz va
chiqarilgan xulosalar bu yo’ldagi dastlabki urinishlar bolib, u bilin tanishish
shu soha mutaxasislarini “maktab repertuari” bilan ish olib borishlarida
yangicha munosabat, yondashuv va etiborni yuzaga keltirsa ajab emas.
Repertuar tanlash musiqiy estetik tarbiyaning barcha yo’nalishlarida
doimiy diqqat va etiborga molik va ta’lim-tarbiya ishlari bilan uzviy bog’liq
faoliyatdir. Bu o’rinda sinfdan tashqari ishlar-badiiy havaskorlik yoki
ommoviy-musiqiy tadbirlar bilan bog’liq ishlarda bo’lmasin musiqa
o’qituvchisining o’z kasbiga ota ma’sulyat, nozik did va tashabboskorlik,
talabchanlik bilan yondashuvni taqozo etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |