99
Videotizimning tezligi videoadapter ulangan axborotni uzatish interfeysiga bog'liq. Videoadapter
prosessori qanchalik tez ishlamasin, agar unga muvofiq markaziy prosessor, operativ xotira va qo'shimcha
videoqurilmalar orasidagi axborot almashish kanallari ta'minlanmasa, uning imkoniyatlari chegaralanib
qoladi. Asosiy axborot almashishi kanali bo'lib ona plataning interfeys shinasi xizmat qiladi. Bu shina orqali
markaziy prosessor va operativ xotira bilan axborot almashadi. IBM PCda birinchi bo'lib 4,77 MGs
chastotada ishlaydigan, ma'lumot razryadligi 8 bit va manzil razryadligi 20 bit bo'lgan XT-Bus shinasidan
foydalanilgan. Keyinchalik 8 MGs chastotada ishlaydigan 16/24 razryadli ISA (Industry Standart Architecture
— arxitektura promshlennogo standarta) shinalaridan foydalanildi. O'tkazuvchanlik qobiliyati 5,5 MBayt/s.
Shundan keyin, o'tkazuvchanlik qobiliyati 40 MBayt/s, razryadligi 32/32 bit bo'lgan MCA (Micro Channel
Architecture) shinasi keng qo'llanila boshladi. Videoadapter axborot almashinuvini yuqori tezligini talab
qilgandan keyin, Pentium prosessorlari uchun takt chastotasi 33 MGs va o'tkazuvchanlik qobiliyati 133
MBayt/s, razryadligi 32/32 bit bo'lgan PCI (Periferal Component Interconnect — ob'edinenie vneshnix
komponentov) shinasi ishlab chiqarildi. Intel Pentium II prosessorlarining qo'llanishi bilan yuqori unumdorlik
ish stansiyalar vujudga keldi va uch o'lchamli grafik o'yinlarga bozorda talab kuchaydi. Bu talabga binoan
Intel firmasi grafik tizimlar uchun alohida PCI shinasining yaxshilangan ko'rinishi bo'lgan AGP (Accelerated
Graphics Port — uskorenny graficheskiy port) shinasini ishlab chiqardi. AGP shinasining razryadligi 32 bit
bo'lib, chastotasi 66 MGsdir. Zamonaviy videoplatalar AGP 8x interfeysi bilan o'tkazuvchanlik qobiliyati 2,1
GBayt/s dir. AGP shinasi talab qilingan ta'minot quvvatini ta'minlab berolmagani uchun PCI shinasining
kengaytirilgan ko'rinishi bo'lgan axborot uzatishi ketma – ket, o'tkazuvchanlik qobiliyati esa 8 GBayt/s
bo'lgan PCI Express shinasini ishlab chiqdi.
Tovush platalari, sintezlashtirish, analog – raqamli o'zgartkich, raqam – analogli o'zgartkichlari,
raqamlashtirish, diskretlash oralig'i, FM– sintezator, WT – sintezator, miksher, analog (analog) kartalar.
Formant, sintezator, termenvoks, birovozlik, monofonik, polifonik, ko'ptembrli, additiv usul, subtraktiv usul,
sekvensor, aktiv akustik tizimlar, passiv akustik tizimlar, reverberasiya, xorus effekti, chastotali
modulyasiya, jadvalli WT – sintez, jismoniy modellashtirish, faza modulyatori, asosiy ton, oberton,
operatorlar, FM – algoritmlar, sempl, patch, sempler. MDA (Monochrome Display Adapter), ruxsat berish
qobiliyati, HGC (Hercules Grafics Card), CGA (Color Graphics Adapter), VGA (Video Graphics Array), VGA
standarti, SVGA standarti, BIOS (Basic Input/Output System), videoxotira, videodrayver, AGP shina. Nutqni
anglatish tizimlari, nutqni sintez kilish tizimlari, aloxida so'z, buyruq va savollarni anglatishga yo'naltirilgan
tizimlar, uzun gaplar va bog'langan nutqni anglatish tizimlari, nutq namunasiga qarab identifikasiya qilish
tizimi, ekstraktor, komparator, interpretator, taxlil moduli, fonetik modul, tovushni qayta ishlash moduli.
Multimedia, virtual borliq tizimi, interfaollik, immersivlik, audio (nutqli) va videokiritish. Standart
Multimedia Personal Computer, rastrli tasvirlar, multimedia periferiyalari, kodlashtirish tizimi va axborotni
sikish. Raqamli audiokanal , miksher, interfeyslar moduli, raqamlashtirilgan tovush, speakers, MIDI – fayl,
analog – raqamli o'zgartirgich, kvantlash shovqini, diskretlash chastotasi, raqamli – analogli o'zgartirgich,
impuls – kodli modulyasiya, zich – impulsli modulyasiya
Do'stlaringiz bilan baham: